Umumiy tarix


  I-BOB: USTRUShONADA RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA SIYoSIY



Yüklə 227,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.02.2023
ölçüsü227,72 Kb.
#100644
1   2   3   4   5
5b27799774a1a

 



I-BOB: USTRUShONADA RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA SIYoSIY 
VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYoT 
 
1.1.Ustrushonaning rivojlangan O`rta asrlardagi siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy tarixi
Antiq davri uzoq davom etgan jimjitlikdan so`ng Ustrushona haqidagi 
dastlabki ma`lumotlar ilk o`rta asrlarga (VI-VII) taluqli xitoy yilnomalarida 
Sudiyshana, Shuayduana, Sudushina, Szebuyueyuyna, Sharqiy Sao, Sudulishina, 
Sao, arab, fors manbalarida: Surushona, Sutrushona. Osrushona, Surushna, 
Oshrusena, Usrushana, Ustrushane, Ushrusona, Istarafshan tarzida uchraydi. Tarix 
fanida mazkur atamalarning eng maqbuli Ustrushona nomi qabul qilingan.
1
Ustrushona davlati tabiiy-geografik hamda strategik jihatdan joylashuvi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Arab geograflari va Xitoy mualliflarining Ustrushona 
va uning chegarasiga doir ma’lumotlari asosan IX-X asrlarga taalluqli bo’lib, 
davlatning VII-VIII asrlardagi chegarasidan deyarli farq qilmagan. Agar bugungi 
kun ma’muriy xaritasiga nisbatan olinsa, unda Ustrushona tarkibiga Tojikiston 
Respublikasi Sug’d (avvalgi Leninobod) viloyatining Ayniy, Matchin, Shahriston, 
O’ratepa, Nou tumanlari, O’zbekiston Respublikasining Jizzax (Fag’non), Xavas, 
G’allaorol (Xarakana), Zomin, Qirg’iziston Respublikasining Laylak tumanlari va 
janubdan Turkiston tog’ tizmalari bilan chegaralangan hududlarni o’z ichiga 
olgan.
2
Yuqoridagi 
matnda 
keltirilgan 
Szebudana 
transkripsiyasi 
A.T. 
Malyavkinning fikricha Sharqiy sao haqidagi malumotlarga tasodifan tushib 
qolgan. Bundan tashqari Tan saroyida sharqiy saoni Layviy yani O`rta podsholikni 
qudratini tan olib bo`ysingan davlat deb ham atashgan. 
V.V.Bartoldning fikricha, Ustrushonaning eng qadimgi nomi Sutrushona 
shaklida bo`lgan. Hozirgi paytda o`rta asrdagi arab manbalariga asoslanib 
Ustrushona nomi qabul qilingan.
1
N.N.Negmatov. Ustrushana v drevnosti i rannem srednevekovьye, Stalinabad, 1957, 15-str. 
2
O’sha joyda. 



Darhaqiqat, Ustrushona haqidagi batafsil ma`lumotlarni arab yozma 
manbalaridan topish mumkin. Bu manbalardagi berilgan izohlarga ko`ra 
Ustrushona davlati hududi g`arb sharq yo`nalishida Xo`janddan, Samarqandgacha 
shimol 
janub 
yo`nalishi 
bo`yicha 
Sirdaryo 
Mirzacho`ldan 
Xisor 
tog`tizmalarigacha bo`lgan hududni o`z ichiga olgan.
X asrda yashab o`tgan arab sayyohi va tarixchisi Istaxriyning yozishicha 
“Ustrushonaning katta qismini tog`lar egallaydi unda kemalar suza oladigan 
daryolar va ko`llar yo`q. Muallif Ustrushona chegaralari va shaharlari to`g`risida 
batafsil xabar berib yozadi. Ustrushona sarhadlari Mag`ribda Samarqand bilan, 
Mashrixda Farg`ona bilan, Shimolda shosh, Sag`aniyon shuman Bashjird va Rasht 
madaniy vohalari bilan chegaralanadi. Ustrushona shaharlari –Arsbanikat, Kurkat, 
Gazak, Vag`ket, Sabat, Zomin, Dizak, Nujkat, Xarkana bo’lib, davlat rahbarlari 
ushbu shaharlarda yashagan. Xuddi shu shaharlarni Ibn Xavkal (X asr) ham sanab 
o`tadi va ularni katta –katta rustoklarni (tuman) markaziy shahri bo`lgan deb 
Istaxriy malumotlariga qo`shimcha kiritadi. Ibn Xavkalning takidlashicha, tog` 
mavzelarida joylashgan rustoklarda shaharlar bo`lmagan.
Ustrushona tarixi va arxealogiyasi bo`yicha mutaxasis taniqli olim 
N.Negmaton fikricha Ustrushonaning tekislik qismidagi rustoklar Bunika, Sabat 
Zomin, Xarkana, Burnmand Xavos, Shavkat, Fag`kat, Feknon (bosh shahri 
Dizak), deb atalgan tog’li bo`lsa, qismidagi rustoklar Mink, Asbanikart, Biskar, 
Bangam, Vakr, Shagar, Maschon, Burgar va Buttam deb nomlangan. Ibn 
xavkalning yozishicha Ustrushona Movarounnahrning boshqa viloyatlari singari 
bog` va poliz ekinlarining ko`pligi va turli-tumanligi bilan shuhrat qozongan. Bu 
qishloq xo`jalik nematlari chet o`lkalarga, qo`shni shaharlarga xususan ko`proq 
Xo`jjandga olib borib sotilgan. Ustrushona shaharlarining ko`pchiligida bozorlar 
va har doim faoliyatda bo`lgan yarmarkalar tashkil qilingan. Yarmarkalarda uzoq 
ellardan ko`plab sotuvchi va oluvchilar qatnashgan. Lekin Ustrushonaliklarning 
asosiy g`ururi Mink rustoki va Maremond shaharlarida tayyorlanadigan temir 



qurol aslahalarda edi. Aytishlaricha bu qurol aslahalar bilan deyarli butun 
Xuroson va Bog`doddan Iroqqacha bo`lgan jangchilar qurollanishgan.
3
Ustrushonaning bosh shahri Bunjnkat xisoblanadi. Istaxriy va ibn 
Xavkalning ma`lumotiga ko`ra shahar atrof` (aylanas I Farsaxga yaqin bo`lgan. 
Uylar va boshqa imoratlar paxsa, xomg`ish va yog`ochdan qurilgan shaharikki 
qator xalqasimon mudofaa devori bilan o`ralgan bo`lib uning hududida shoh 
saroyi qasrlar hovlilar, bog` uzumzorlar shuningdek, jome masjidi va zindon 
bo`lgan. Shahar ichimlik suvi bilan miqdoridan ham ziyod taminlangan bo`lib, shu 
suv manbai sifatida ko`plab tegirmonlar ishlab turgan. Bunjikat aholisining 10-
20ming nafarini katta yoshli erkaklar tashkil qilgan. Shaharning 4ta darvozasi 
bo`lib, Ular Zomin darvozasi Marsmand darvozasi Nuikad darvozasi va Kohlabod 
darvozasi deb nomlangan. Hozirgi paytdagi tarixchi va arxealog olimlar 
tomonidan isbot qilinishicha Tojikiston mamuriyatiga qarashli O`ratepa 
shahrining 
shahriston 
qishlog`idagi 
Qalai-qahqaha 
ishahar 
xarobalari 
Ustrushonadavlati bosh kenti Bunjikatning aynan o`zidir.
4
Ustrushona davlatida kattaligi jihatdan ikkinchi o`rinda turadigan shahar-
Zomindir. Zomin shu nomli rustokning bosh shahri bo`lib, u Farg`ona bilan 
sug`dni bog`lovchi katta karvon yo`li yoqasida tog` oldi mavzeyi joylashgan. Bu 
shaharni yana Srsanda yoki Susanda deb ham nomlashgan. Yoqut esa uni o`z 
esdaliklarida Sabaa deb han ataydi. Ibn Xavkal Zominga kelgan paytda eski 
shahar xarobaga aylanganbo`lib, bozorlar va jome masqidi Sarsaandaga
ko`chirilgan ekan. Shunga qaramay Zominda ko`plab sayyohlar va savdogarlar 
to`xtashgan, ular asosan arab va ajam mamlakatlaridan, shuningdek Sug`d va 
Farg`onadan turli xil molu matoxlar olib kelishgan. Zominda suv, bog`, uzumzor, 
bug`doyzor va chorva mollari ko`p bo`lgan. Yer haydab ekin ekish bo`yicha 
Zomin Ustrushona davlatida yetakchi o`rinni egallagan
5
.
3
A.A..Gritsina. Arxeologicheskiye pamyatniki Sirdarbinskiy oblasti. T., «Fan», 1992, 15-22 str. 
4
A.A.Gritsina. Umtrushanskiye bыli. T., 2002, 70-76 str. 
5
Drevniy Zaamin. T., «Fan», 1994, 82-84 str. 



Dizak kattaligi jihatdan Ustrushonada uchinchi shahar bo`lgani ehtimoldan 
holi emas. Chunki yozma manbalarda u har doim Bunjikat va Zomindan keyin 
tilga olinadi. Dizak shahri Feknon rustokining bosh shahri bo`lib u So`g`d va 
Shosh madaniy mintaqalarini bog`lovchi shimoliy karvon yo`li yoqasida, cho`llik 
ko`chmanchi chorvador o`g`iz qabilalari bilan chegara zonasida joylashgan. 
Muqaddasiyning yozishicha, shaharda aholi zich joylashgan uning havosi toza 
suvi xushtam bog` va ekinzorlar ko`p bo`lgan Dizakliklar ayniqsa mun va tivitdan 
kiyim-kechak ti`kishga, gilam to’qishga va namat bosishga nihoyatda usta 
bo`lishgan.
6
IX-X asrlarda Dizak shahri muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo`lgan. 
Dizakni bu davrda ko`chmanchi cho`lliklarni talonchilik yurishlariga qarshi zarba 
beruvchi islom lashkarlari G`oziylar to`planadigan qarorgohga aylangan. Shu 
sababli Faknon rustokida va Dizak atrofida ko`plab rabotlar va –X mudofaa 
istexkomlari qurilgan. Bu qurilishlarda va xarbiy yurishlarda nafaqat 
Ustrushonaliklar balki Samarqandliklar ham faol ishtirok etishgan. Chunki 
ko`chmanchilarning talonchilik yurishlari Samarqand shahri va uning kentlariga 
faqat ikki yo`nalish Dizak-temir darvoza va Nurota tog`lari orqali davom ettiradi 
shu sababli chegara mavzelari mudofaasining mustaxkamlanishidan ular ham 
manfaatdor bo`lishgan. Umuman bu davrda Dizak rabotlarining ovozasi, shuxrati 
uzoq yillarga qadar ma`lum bo`lgan. Shunday memorchilik osoru atiqalaridan biri 
IX asrning birinchi choragida Dizakdan I farsa uzoqlikda Ustrushona hukmdori 
Qovusning o`g`li Haydar say-harakati bilab bunyod etilgan Xudaysar rabodidir. 
Xudaysar Movarounnahrning eng ko`rkam katta va mashhur ravodlaridan biri 
xisoblangan. Ibn Xaqalning malumotiga ko`ra Xudaysardan yaxshiroq rabod xatto 
Samarqand rabotlari orasida ham yo`qdir.
7
6
Ubaydullayev I.H. Fag’non rustoqining IX-X asrlar tarixiga oid ayrim mulohazalar. // O’zbekiston tarixining 
dolzarb muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida. Samarqand, 2010, 73-75-betlar. 
7
M.H.Pardayev, S.S.Suyunov, A.H.Pardayev. Shimoliy-g’arbiy Ustrushonada sug’orma dehqonchilik 
xo’jaligining paydo bo’lishi va taraqqiyot bosqichlari. // U.M.M.T. 30-nashr, Samarqand, 1999, 234. 


10 

Yüklə 227,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə