Umumiy tarix


Ustrushonaning tarixshunosligiga doir ma`lumotlar



Yüklə 227,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.02.2023
ölçüsü227,72 Kb.
#100644
1   2   3   4   5
5b27799774a1a

 
2.3. Ustrushonaning tarixshunosligiga doir ma`lumotlar 
 
O`zbekistonning markaziy qismida joylashgan Jizzax vohasining tog` va 
tog` oldi mavzelari qadimdan aholisi zich joylashgan tarixiy madaniy o`lkalar 
tarixiga kirgan. Sangzor va Zominsuv daryolari ko`plab soy va buloqlar xavzasida 
hosil bo`lgan vodiylarda lalmikorlikdan tashqari suniy sug`orish tizimlariga 
asoslangan dehqonchilik va o`troq xayot ancha qadimdan boshlangan. 
Shuningdek, vohaning shimoliy va shimoli-g`arbiy sarxadlarida yasangan cho`l-
dasht mavze Mirzacho`lda arxolik va ilk antiq davrdagi ko`chmanchi chorvadorlar 
faoliyati arxealogik materiallarda o`z aksini topgan. Bu mavzelardan neolit va 
bronza davri jamoalarning moddiy madaniyat namunalari qayd etilganini xisobga 
olsak bu mo`jaz tarixiy madaniy o`lkada inson istiqomati va xo`jalik yuritish 
faoliyati ancha qadimdan yo`lga qo`yilgani tasdiqlash mumkin bo`ladi. 
1951 yilda O`zbekiston FA tarix va arxealogiya institutining Ya. 
G`.G`ulomov raxbarligidan Zarafshon ekspeditsiyasi Jizzax shaxridan 500km 
shimolda joylashgan Tuzkon va uning atrof xududini arxealogik qidiruv asosida 
o`rganib chiqadi. Natijada,Tuzkon, Xonchorbog`, qolgan sir manzillaridan neolit 


16 
davriga oid chaqmoqtoshdan yasalgan tosh qurollar va Bronza davriga taaluqli 
archasimon to`rsimon naqshli sapol idish parchalari topilgan.
9
1956 yil mazkur institutning Mohandaryo ekspeditsiyasini vohadagi 
arxealogiya yodgorliklarini o`rganishishini davom ettirdi va Jizzax shaxridan 
30km shimol tomonda, qadimgi ko`chmanchi chorvadorlar bilan chegara cho`l 
mavzeyida qurilgan, IX-X asrlarda faoliyat ko`rsatgan Qulpisar rabodiva 
Dunyotepa qal`asaini ochib o`rgandi.Ekspeditsiya raxbari Ya.G`. G`ulomovning 
yozishicha, “Qulpisar rabodi muhim xarbiy strategik joyda qurilgan. Unda 
ko`chmanchi qabilalarning talonchilik yurishlariga zarba beruvchiu xarbiy kuch 
jamlangan. Qulpisar so`zi ham shundan kelib chiqqan bo`lib, talonchilar yo`lini 
yozuvchi “bosh qulf” “asosiy qulf” ma`nosini anglatgan. Xaqiqatdan ham, 
Qulpisar rabodi Jizzax vohasiga shimoli-g`arb tomondan yo`nalgan yilning 
boshida joylashganligini xisobga olsak, bu fikrlar haqiqatga yaqindir. Chunki 
yozma 
manbalarning 
ma`lumotiga 
qaraganda 
IV-V 
asrlarda 
Jizzaxda 
ko`chmanchilarning talonchilik yurishlariga zarba beruvchi “islom lashkari” 
“g`oziylar”ning bir qancha qarorgohlari mavjud bo`lgan. 
Ekspeditsiya tomonidan aniqlangan Qulpisar Mavzeyidagi qiziqarli 
topilmalaridan yana biri Dunyotepadan 100-120m chamasi janubiy sharq tomonda 
joylashgan 
tosh 
inshoat-dolmendir. 
Dolmenning 
ustki 
qismi 
o`rtasi 
xovuzchasimon botiq tosh bilanyopilgan bo`lib, Ya. G`ulomov fikricha bu yerda 
qadimgi diniy urf-odatlardan biri, ma`budlar, ajdodlar ruhiga atab qilinadigan 
qurbonlik marosimi o`tkazilgan. Dunyotepa qal`asining ilk qurilish davri milodiy 
eraning I-II asrlari bilan sanalangan. Takidlash joizki, maxaliy aholi tomonidan 
hanuzga qaqdar bu yerda qurbomlik marosimini o`tkazish an`anasi saqlanib 
qolgan.
10
Ushbu 
1956 
yilning 
kuz 
oylarida 
mazkur 
ekspeditsiyaning 
A.R.Muxammadjonov rahbarligidagi otryadi Jizzax shahrining janub tomonidan 
joylashgan Morguzar tog`ining sharqiy qismida joylashgan Taqatosh manzilidan
9
I.A.Anboyev. Drevnosti golodnoy stepi. // Y.M.M.T. 4-nashr. T., 1963. 55-str. 
10
Ya.G’.G’ulomov. Кладбище кулписар. // U.M.M.T. 2-nashr. T., 1961, 92-96 str. 


17 
qoyatoshlarga o`yib chizilgan “suratlar galeriyasi’ ni topishga muvofiq bo`ladi. 
Neolit va Bronza davridan rivojlangan o`rta asrlarigacha bo`lgan uzoq o`tmish 
bilan sanalangan mazkur qoyatoshsuratlarida turli xayvonlar –oxu, bug`u, arxor, 
ot, qanlon, it tasvirlari odamlar va ularni olomon bo`lib ov qilishlari diniy 
ma`rosimlarni o`tkazish manzaralari aks ettirilgan.
1957-59 yillarda Mohandaryo ekspeditsiyasi tarkibida Jizzax vohasi 
Kanpirak devori tarixini o`rgangan X. Muxammedovning aniqlashicha 
Sangzorning o`rta oqimi vodiysida joylashgan muayyan, mo`jaz hudud yoysimon 
shakldagi devor bilan o`rab olingan. Devor Jizzax shahridan 12km masofa janubiy 
sharq tomonda joylashgan Olmachi qishlog`idagi o`rta asr qishloq makoni 
Siypanchiq otatepadan boshlangan va ikki yo`nalishi bo`yicha tarmoqlangan. 
Devorning dastlabki tarmog`i janubiy-sharqqa ayrim mutaxasislar tomonidan 
Burnamad rustoki sifatida talqin qilinayotgan Ravot qishlog`idagi Qo`rg`ontepaga 
undan To`rtko`ltepaga qadar qariyb 15 km masofa cho`zilib borgan va bu 
ko`rpasoy darasining old qismidagi Uchqiztepa borib tutashgan. Voha devorining 
Siypanchiqtepadan bosh olgan ikkinchi tarmog`I esa dastlab shimol tomonga 
yo`nalgan va vohaning eng qadimgi vaulkan shahar yodgorligi Qaliyatepaning 
sharq tomonidan o`tib yoysimon shaklda g`arbga burilgan. Devor Qaliyatepadan 
8km shimolda joylashgan Xudoysar raboti sifatida talqin qilinayotgan ko`krabot 
yodgorligining shimoliy sharq tomonidan o`tib butunlay g`rbga yo`nalgan 
vaJizzaxning o`rta asrlardagi o`rni O`rdaning shimolidan janubga burilib 
Kuyovboshi qishlog`I orqali Yetimtoqqa borib taqalgan. Bu devorning uzunligi 
qariyb 50km ga yetgan Devorning davomi tog`ning janubiy yon bag`ridagi 
Oqtepadan boshlanib Xarakana rustoki (hozirgi G`allarol0sari yo`nalgan. 
Keyingi yillarda o`tkazxilgan arxealogik qidiruv qazuv tadqiqotlari 
natijalariga ko`ra Jizzax kanpirak devori V-VIII asrlarda faoliyat ko`rsatgan va 
bir necha maqsad, vazifalarda undan foydalanilgan. Xususan Jizzaxga va 
Sug`dning markaziy xududlariga uyushtiriladigan ko`chmanchilarning talonchilik
tajovuzlari amalga oshiriladigan ikki asosiy yo`nalish Ilono`tdi (Temir darvoza) 


18 
darvoza va ravot orqali Morguzarni ustidan o`tadigan Ko`rpasoy darasi yo`llari 
yopilgan. Bundan tashqari, devor Jizzax shahri va uning tegrasidagi sug`orma 
dehqonchilikka asoslangan ziroatkor yerlar bilan cho`l dash hudud o`rtasidagi 
chegara cvazifasini o`tagan. Devor o`ramasi ichida 40 ga yaqin ilk o`rta asrlarga 
oid turar joy makonlari faoliyat ko`rsatgan. Va albatta Jizzax vohasi devoridan 
yaqin paykallartini Mirzacho`l tomondan esadigan issiq shamol garseldan 
muayyan darajada ihota qilish uchun ham foydalangan. 
1964 yil M.Aminjonov rahbarligida Samarqand otryadi O`zbekiston 
arxealogiya yodgorliklari majmuasini tuzish xaritasini yarastish mavzusi bo`yicha 
Jizzax vohasi Zomin tumani hududida qidiruv ishlarini o`tkazadi. Shuningdek, 
otryad o`z oldiga Ustrushonaning o`rta asrlardagi Zomin rustaki bosh shahrini 
o`rnini aniqlashni ham maqsad qilib qo`ygan edi. O`rta asr Zomini sifatida talqin 
qilingan O`rdatepada qazuv ishlari o`tqazgan M.Aminjonova arxealogik 
topilmalarga asoslanib O`rdatepa IX-X asrlarda tashlab ketilgan Zomin madinasi 
bo`lishi mumkinemas, yangi shahar (Sarsanda-M.P) ni Zominsuvning yuqori 
oqimidan tog`dan chiqish qismida joylashgan to`rtta shahasr o`rnidan izlash kerak. 
–degan fikrni bildiradi.Xududi shu nuqtai nazarni keyinchalik A.Berdimurodob 
ham qo`llab quvatlaydi.
11
Qadimgi Ustrushonaning O`zbekiston qismidagi diqqatga sazovar shov-
shuvli farazlar, ilmiy qarashlarga sabab bo`lgan G`allarol tumanidagi Shaxidtepa 
yodgorliklaridir. O`zbekiston SSR madaniyati vazirligining san`atsdhunoslik 
Instituti olimlari P.I. Rempel va E.V. Rtveladze rahbarligidagi ilmiy guruh ushbu 
g`alati qurilmaning markaziy shoh qo`g`oni Shahidtepada qazish ishlarini boshlab 
yuborishadi. 
Lekin, qazuv-tadqiqotlari davomida Shaxidtepa va unga aloqador boshqa 
tepaliklarda madaniy qatlam qoldiqlari uchramaydi va ularni sohta qo`rg`onlar 
ekanligi ayon bo`ldi. 
11
M.Aminjonova. Arxiologicheskaya razvedka v Zaaminskom rayone. // U.M.M.T. 8-nashr, T., «Fan», 1969, 137-
142 str. 


19 
O`sha paytda bir qancha tarixiy ma`lumotlar va taqqoslashlar asosida bu 
ulkan g`aroyib inshoat Shoxidtepani san`atshunoslik Prafessori M.Bulatob 
qadimgi Sak qabilalari taqvimi dev talqin qilgan uning gipotezasi bo`yicha 
birinchidan, shoh qo`rg`on Shaxidtepa o`troq sug`diylar va ko`chmanchi saklar 
uchun birgalikda sig`inadigan va ilmi nujimni o`rganadigan sajdagoh rasadxona
ikkinchidan, asosan ko`chmanchi qabilalar orasida zardushtiylik dinini tarqatish 
uchun ideologiya markazi uchinchidan shaxidtepa kompleksining tashkil etuvchi 
365 ta tepa yil xisobi fasllar almashinuvini belgilashda foydalanadigan taqvim 
kalendar sifatida faoliyat ko`rsatgan. 
Shaxidtepa 
kompleksi 
atrofini 
o`rgangan 
mutaxasisl;ar 
mazkur 
territoriyadagi jarlik qirg`og`ining yer sathidan 5m chuqurlik joyidan 
mozorqo`rg`on katakombasi qoldig`ini va chalqancha yotgan odam suyaklari 
hamda shamshir topishadi E.V. Rtveladzening fikricha bu tepasiga tuproq 
uyulmagan laxad go`r bo`lib, u yangi eraning I asriga oiddir.
1970 yillarda Jizzax vohasiga turli mavzu vailmiy maqsadlarni o`z oldiga 
maqsad qilib qo`ygan ko`plab ekspeditsiyalar otryadlarning xizmat safarlari 
uyushtirilgan.
Jumladan, 1973 yil O`zR FA Arxealogiya institutining Sh.S. Toshxo`jayev 
raxbarligidagi otryadi Jizzax dashtining yangi O`zlashtirilayotgan mavzelarida 
qidiruv ishlari ni o`tkazadi va 31ta ko`hna obida xarobalarini 20ta yaqin 
mozorqo`rg`on o`rnini topib qayd qiladi.
Aynan shu 1973 yil yana bir ilmiy guruh O`zbekiston Madaniyat vazirligiga 
qarashli San`atshunoslik instituti va Toshkent Davlat Unversiteti arxealogiya 
kafedrasining qo`shma otryadi Jizzax viloyati Zomin tumani xududida qidiruv 
tadqiqot ishlarini o`tkazadi. Natijada, qadimgi va o`rta asrlar Ustrushonasi 
tasarufidagi 40 ta arxealogiya yodgorligi o`rganiladi vatadqiqot natijalari bir 
muncha kechikib yani, 1986 yili ilmiy jamoatchilikka elon qilindi.
12
12
N.B.Nemseva, G.Ya.Drevyanskaya. Pamyatniki Zaamina i yego okrugi (k arxeologicheskoy karte svernoy 
Ustrushanы) // U.U.M.T. 20-nashr, T., «Fan», 1986, 221-229 str. 


20 
Shuningdek mazkur tumanning tog` qismi 1977 yil O`zbekiston 
san`atshunosligi ekspeditsiyasining sayyor otryadi tomonidan o`rganildi va asosan 
tog` soylari havzalarida joylashgan 20 ga yaqin qadimgi moddiy madaniyat
qoldiqlari o`rni aniqlanadi.
1978 yil O`zbekiston FA Arxealogiyasi institutida viloyat hududida muhim 
ish olib borish maqsadida Jizzax otryadi tuzildi.E.B Qodirov rahbarligidagi 
mazkur otryad maxsus mavzu varejaga asoslangan muntazam qazuv ishlarini 
boshladi Bu faoliyatning dastlabki natijasi sifatida G`allarol tumani Obiz 
qishlog`idagi Qing`irtepa qal`asini 20 ga yaqin xonalari ochib o`rganildi va35 
dona tangalar xazinasi topildi. Xazinada turk malikalari tomonidan VIII asrda zarb 
qilingan tangalarni uchrashi diqqatga sazovardir Keyinchalik Qing`irtepas 
yaqinida joylashgan Almantepani yuqorigi va pastki madaniy qatlamlari ya`ni 
VII-VIII asrlar qal`asini tiroq tishlarisimon yonma-yon joylashgan uzun va tor 
xonalari ochib o`rganildi. 
1987 yilda Instituti qoshida Jizzax viloyatining asosam janubiy, yuqori tog` 
qisminiu o`rganuvchi Baxmal otryadi tuzildi. Otryad boshlig`i L.M.Sverchkov bir 
necha mavsum Zomin qo`riqxonasi xududidagi Miq tosh qal`asida qazuv ishlarini 
o`tkazdi va bu yerdan o`rta asr metlurglarining temir rudasi eritadigan 
ko`nalg`alarni topishga muvaffaq bo`ldi.


21 
XULOSA 
Ustrushonada, xususan uning g`arbiy viloyati Jizzax vohasi hududida 
o`tkazilgan arxealogik qazuv tadqiqotlar bo`yicha quyidagi xulosalarni qilish 
mumkin:
1. O`rta Osiyuoning bir qancha tarixiy madaniy vohalari kabi Ustrushonada, 
uning Jizzax vohasida ham qadimdan sug`orma dehqonchilikka asoslangan o`troq 
xayot qaror topgan. Bunga vohaning tabiiy iqlim sharoiti, qulay geografik 
joylashuvi sabab bo`lgan. 
2. Qazuv tadqiqotlar o`tkazilgan Qaliyatepa shahar yodgorligining 3-rabodi 
stratigrafik shurf qatlamlari va topilmalari taxlili mil. Avv. II-I asrlardayoq Jizzax 
shahrining sharqiy qismida shahar xayoti faol ravishda davom etganligini 
ko`rsatmoqda. Stratigrafik shurf materikgacha (yer sathigacha) yetkazilgani yo`q, 
ya`ni ilk shahar qurilganligi bo`yicha topilmalar olingani yo`q, Qazuv ishlari 
davom ettirilsa Qaliyatepa shahrining ilk qurilishi davri aniqlanadi va 
qadimiylashadi.
3.Mustaqillik yillarda o`tkazilgan arxealogik tadqiqotlarda vohaning 
sug`orma dehqonchilik mavzelari aniqlandi, irrigatsiya shahobchalarining 
xususiyatlari o`rganildi, voha dehqonchiligi tarixiga bir qator ilmiy yangiliklar
qilindi. Izlanishlarning ko`rsatishicha, vohada shahar madaniyati paydo 
bo`lgandan so`ng sug`orma dehqonchilik sohasi rivojlanishi kuchaydi.
4. Jizzax vohasi o`troq dehqon aholi bilan ko`chmanchi chorvadorqabilalar 
o`rtasidagi “ retranslyator” mavze hisoblangan. Vohada bu ikki xil turmush 
tarzidagi aholining madaniyatida umumiy o`xshahslik va o`zaro qorishuv sezilarli 
darajada kuchli bo`lgan. 2007 yilda G`ulbo mozorqo`g`onlarining ochilishi Jizzax 
qadim tarixi uchun o`ziga xos ilmiy yangilik bo`ldi.
5.Qiziltepadagi tadqiqotlar esa rivojlangan o`rta asrlarda (IX- XII) “shrq 
renessansi” davrida Ustrushona, xususan Jizzax vohasi ham rivojlanishning 
yuksak cho`qqisiga erishganidan, shahar qishloqlarda iqtisodiy va madaniy xayot 
rivojlanganidan dalolat beradi. 


22 
6.Qazuv- tadqiqotlari asosida Ustrushonada va uning Jizzax vohasida 
shahar xayoti va turmush tarzi O`rta Osiyodagi mavjud qadimgi shahar hamda 
madaniy vohalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, 
maxaliy iqlim sharoiti va geografik omillar asosida, taraqqiyotining O`rta Osiyoga 
xos yaxlitligining o`zida mujassam qilgan holda yuzaga kelganligi va 
shakillanganligi isbotlandi.
Jizzax shahrining qadimiyligini isbot talab qilmaydigan haqiqat aksioma 
sifatida qabul qilish mumkin. So`zsiz shaharning tarixiy yoshi 2000 yildan oshdi. 
Eng so`ngi rasmiy, tarixiy sanani arxealogiya qazuv ishlarini davom ettirib, 
qaliyatepa, o`rda, Qo`rg`ontepa kabi shahar yodgorliklarini eng qadimiy 
qatlamlarini ochib taxlil qilgan holda aniqlash mumkin. Bu esa vohada 
arxealogiya qazuv-tadqiqotlarini davom ettirishni taqazo qiladi.


23 

Yüklə 227,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə