Asosiy sotsiologik paradigmalar reja so



Yüklə 462,05 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü462,05 Kb.
#180052
  1   2   3
Asosiy sotsiologik paradigmalar


Asosiy sotsiologik paradigmalar


REJA
1. Sotsiologiyada paradigma va nazariya tushunchalari
2. Metanazariya va metasotsiologiya
3. Sotsiologik paradigma va sotsiologik nazariya
4. Zamonaviy ta’lim paradigmalari
5.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Paradigma (grekcha — „namuna, andoza“) — ilmiy yutuqlar majmui. Paradigma u yoki bu davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va yangi ilmiy tadqiqot uchun namuna asos boʻlib xizmat qilishi zarur. Mazkur tushunchani ilmiy muomalaga keng yoyilishida amerikalik tarixchi Tomas Kunning „Ilmiy inqiloblar strukturasi“ asari asosiy oʻrinni egallaydi. Tomas Kunning fikricha, paradigma ilmiy jamoatchilik birligini taʼminlaydi. Ilmiy namunani, universal qonunlarni konkret hodisalarga tadbiq etish asosida fan rivojlanadi. Umuman olganda, paradigmani ilmiy tan olingan va qaysidir davrda ilmiy tadqiqot uchun yoʻnaltirilgan bir yoki bir nechta fundamental yigʻindisi, deb taʼriflash mumkin. Shu boisdan ham ilmiy paradigma vositasida ilmiy muammolar oʻrtaga tashlanadi va uni yechish modeli namoyon boʻladi. Geosiyosiy paradigma esa tan olingan geosiyosiy nazariyalar orqali dunyoning geosiyosiy manzarasini ilmiy jihatdan aniqlash modelidir. Yunon tilidan tarjima qilingan ushbu ibora - misol, namuna yoki model degan ma'noni anglatadi. Ta'kidlash joizki, kontseptsiya turli sohalarda qo'llaniladi: fan, tilshunoslik, falsafa, dasturlash va hk.Oddiy so'zlar bilan aytganda, paradigma - bu muayyan tarixiy davrda muammolarni hal qilishda qanday yondashishning o'ziga xos modeli yoki namunasi. Ya'ni, paradigma ma'lum bir sohadagi o'ziga xos universal standart bo'lib, unga asoslanib siz to'g'ri qarorga kelishingiz mumkin.
Masalan, qadimgi davrlarda odamlar sayyoramiz tekis, deb o'ylashgan, shuning uchun ular uchun bu paradigma edi. Ularning olamga oid barcha xulosalari ushbu paradigma asosida qilingan.1
Keyinchalik haqiqatda Yer sharning shakliga ega ekanligini isbotlash mumkin edi. Shu sababli zamonaviy paradigma "sharsimon" bo'lib qoldi. Shunday qilib, har qanday vaqt uchun mutlaqo har qanday sohada paradigma mavjud.
Paradigma inkor etish uchun etarli dalillar mavjud bo'lgunga qadar "haqiqiy" hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, paradigma siljishi juda normal hisoblanadi.
1. Zamonaviy fanshunoslik tasdiqlashicha har qanday fan etuklikka erishadi, ya’ni mustaqillikka erishadi, bunda u paradigmal mavqega o’tadi. Fanning rivojlanish kontseptsiyasiga ko’ra, ushbu rivojlanishning u yoki bu sifatga oid rivojlanishi – evolyutsiyaning emas, balki inqilobning natijasidir. Mazkur kontseptsiyaning negizida paradigma tushunchasi yotadi.
“Paradigma” tushunchasi ko’p ma’noli bo’lib, shu bois, olimlarning ushbu tushunchaga bo’lgan munosabati ham turlicha. T.Kunning “Ilmiy inqiloblar tuzilmasi” (1975 y) kitobida paradigma tushunchasining yigirma bitta ta’rifi mavjud. Biroq uning urinishlarining mohiyati –“paradigma” tushunchasining turlicha ta’riflanishida emas, balki u bugungi kundagi paradigma tomonidan belgilanuvchi, ya’ni har qanday fanning predmeti borasida mohiyatan turlicha bo’lgan tasavvurlarni qamrab oluvchi tuzilma, tadqiqotning o’ziga xos usullari sifatida o’rganishidan iborat.
Fanning rivojlanishini T.Kun to’rt bosqichni ajratib ko’rsatadi: uning me’yoriy va anomal holati, inqirozi va inqilob.
Fan rivojlanishidagi me’yoriy holat – mavjud paradigma doirasidagi mavjud bilimlarni jamlash davri. Mazkur davr muqarrar ravishda anomal holatga o’tish bilan yakunlanadi. Bunda olingan ilmiy bilimlar majmui mavjud paradigma nuqtai nazaridan izohlanishi mumkin. Inqiroz davri inqilobga olib keladi. Eski paradigma olib tashlanadi va uning o’rniga ilmiy faktlar, nazariyalar va usullarning yangi tizimini izohlash imkoniyatiga ega bo’lgan yangi paradigma keladi.
Fanning paradigmal mavqei bir yoki bir nechta aniq va tushunarli tarzda ifodalangan paradigmalarning mavjudligi bilan ifodalanadi. Bizning ta’rifimizda biz paradigmani fanning, bizning holatimizda sotsiologiyaning falsafiy, umumilmiy va metanazariy asoslari majmui sifatida tushunilishidan kelib chiqamiz. Ko’rsatilgan asoslar sifatida turli ko’rinishdagi kontseptsiyalar, tamoyil va yondashuvlar, masalan, determinizm kontseptsiyasi, tizimli yondashuv, tarixiylik printsipi namoyon bo’ladi. Olimlarning u yoki bu paradigmaga sodiqligi bir ilmiy yo’nalishni ikkinchisidan ajratish imkonini beradi.
Odatda fan sotsiologiyasida paradigmaning uchta turi ajratib ko’rsatiladi: birinchidan, u yoki bu fanning mustaqil mavqeini asoslovchi, bir ilmiy bilimni boshqasidan sifatga oid darajada chegaralovchi (falsafani sotsiologiyadan, sotsiologiyani iqtisodiyotdan va boshqa) paradigmalar; ikkinchidan, fan rivojlanishining tarixiy bosqichlari o’rtasidagi ahamiyatli darajadagi farqlarni amalga oshiruvchi paradigmalar (masalan, sotsiologiyada pozivitizm, neopozivitizm, postpozivitizm); uchinchidan, rivojlanishning aynan bir bosqichida,aynan bir fan doirasida ilmiy uyushmalarga birlashtiruvchi paradigmalar
(zamonaviy G’arbiy Yevropa sotsiologik paradigmasi).
Agar fan paradigmal mavqega ega bo’lmasa, bu uning hali o’z predmetini boshqa ilmiy fanlardan ajratib olmaganligi va shu sababli u mustaqil fan bo’la olmasligini anglatadi. Fan mazkur ilmiy uyushma tomonidan tan olingan paradigmaga ega bo’lsa, paradigmal mavqega ega bo’ladi. Bu fanning monoparadigmal mavqeidir. Ilmiy inqilobdan so’ng odatda paradigmal dualizm vaziyati vujudga keladi: yangi paradigma tan olinishga erishdi, biroq eskisi ham qo’llanilib kelinmoqda. Shu qatorida, ko’p variantli paradigmalar mavjud bo’lgan fanlar ham mavjud. Qator holatlarda fanning paradigmal mavqei uning rivojlanishining tarixiy qonuniyati bilan mos kelishi mumkin.
“Paradigma” tushunchasi “nazariya” tushunchasiga nisbatan kengroq hodisa hisoblanadi. Har qanday paradigma o’z tuzilmasiga ega. Avval ko’rsatib o’tilgan elementlardan tashqari mazkur fan ob’ektining birinchidan, ushbu paradigmani boshqasidan ajratib turuvchi, ikkinchidan, mazkur paradigma doirasida nazariyalarning turli ko’rinishlarini qurish uchun asos bo’lib xizmat qilish tabiatini aks ettiruvchi asosiy ilmiy toifalarni qamrab oladi. Sotsiologiyada bu kabi toifalarga “jamiyat”, “madaniyat”, “Shaxs”, “ijtimoiy xulq”, “ijtimoiy guruhlar”, “ijtimoiy institutlar”, “ijtimoiy tashkilotlar”, “ijtimoiy faktlar” va boshqalar kiradi.
Nazariya – bu paradigmaning asosi sifatida qabul qilingan asosiy ilmiy ko’rsatkichlarni qamrab oluvchi muayyan fan ob’ekti tuzilmasining mavhum modelidir. Shuningdek, u yoki bu darajadagi aniq va mantiqan o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan, ular orasidagi dastlabki toifalar, aloqalar va munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi fikrlar (qonunlar, tamoyillar yoki umumiy nazariyalar Shaklida ifodalanuvchi) majmuidir.2
Shunday qilib, nazariyada quyidagilar ajratib ko’rsatiladi: birinchidan, mazkur fan predmeti strukturasini tashkil etuvchi asosiy ilmiy toifalar, aloqa va munosabatlar; ikkinchidan, ushbu toifalarni ta’riflash uchun qabul qilingan tushunchalar tizimi, vositasida tushunchalar orasidagi aloqa va munosabatlar ifodalanuvchi fundamental qonun va tamoyilla; uchinchidan, nazariyaning fundamental qonunlari va tamoyillaridan kelib chiquvchi mantiqiy oqibatlar majmui.
Sotsiologik paradigmada sotsiologiyaning ob’ekti ijtimoiy voqelik va uning asosiy elementlari hisoblanadi. Sotsiologik nazariya – bu vositasida ijtimoiy voqelikning u yoki bu elementlarini va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarining tabiati (tuzilmasi va genezisi) tushuncha va tamoyillarning mantiqan o’zaro bog’langan tizimidir.
Sotsiologiya paradigmalarini chegaralash me’zonlari (ko’p variantli paradigmal mavqe) sifatida bir-biridan mohiyatiga ko’ra farq qiluvchi asosiy sotsiologik toifalar va ijtimoiy voqelikning ularga mos keluvchi tuzilmaga oid elementlari namoyon bo’ladi.
2. U yoki bu fanning paradigmal maqomini falsafiy va umumilmiy asoslashning boshqa darajasi – metanazariya sanaladi. Metanazariya jamlab ulgurilgan bilimlarning qandaydir majmuining belgilab beruvchi printsiplarini tanqidiy jihatdan o’rganish demakdir. Mazkur darajada mavjud ma’lumot, usul vanazariyalarning atrof muhit voqeliklariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) darajasi aniqlanadi. Agar bu kabi muvofiqlik aniqlanmasa yoki o’ta ahamiyatsiz darajada aniqlansa, u holda bu mazkur fan hali etuklikka erishmaganligini, paradigmal mavqe darajasiga ko’tarilmaganligini ko’rsatadi.
Odatda metanazariyaning sotsiologik nazariya ishlanmalari uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi va uning kelgusidagi rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ikki asosiy turi ajratib ko’rsatiladi. Har ikki metanazariyaning o’zaro tengligini tan olgan holda turli olimlar odatda ulardan birini ustun qo’yadilar. J.Terner fikriga ko’ra, metanazariy tahlil nazariy tahlil tugagan joyda boshlanadi. Nazariya qurilishi yakunlanishi bilan metanazariya boshlanadi, ya’ni ushbu nazariyaning farazi, strategiya va hokazolari tahlili boshlanadi. Ayni vaqtda, “fundamental”, epistemologik va metafizik masalalarni hal etmasdan turib yakunlangan nazariyani qurishga kirishish mumkin emasligini ta’kidlovchi olimlarning dalil-isbotlarni e’tiborga olmaslik mumkin emas.
J.Ternet metanazariyaning mazkur turini keskin tanqid qiladi, biroq uni inkor qilmaydi. U quyidagicha yozadi: “...metanazariyalashtirish odatda ahamiyatli falsafiy muammolarga bog’liq bo’ladi va ushbu nazariyalarni qurishga safarbar qiladi... u nazariyalarni ichki jihatdan hal etish mumkin bo’lmagan va odatda muhokama qilinadigan ziddiyatlarini qamrab oladi”.
3. Sotsiologiyadagi metanazariya va metatahlilning turli ko’rinishlarini
“metasotsiologiya” degan umumiy tushunchaga birlashtirish mumkin.
Metasotsiologiya – bu sotsiologiyaning turli tarkibiy qismlari – kontseptsiyalar, nazariyalar, andozalar, usullar va hokazolar kabi, umuman sotsiologiyaning mavjud epistemologik va metodologik tuzilmalarini tahlil qilishdir. Metasotsiologiyaning sotsiologiyadan farqi shundaki, sotsiologiyaning o’rganish ob’ekti ijtimoiy voqelik bo’lsa, metasotsiologiyaning ob’ekti – sotsiologiyaning o’zidir. Shu sababli “metasotsiologiya” tushunchasi bilan bir qatorda “sotsiologiya sotsiologiyasi” va “refleksiv sotsiologiya” tushunchalarini qo’llash to’g’ri hisoblanadi. Birinchi tushuncha ilmiy doiraga R.Fridrixs tomonidan kiritilgan.
Metasotsiologiya sotsiologiyani ichkaridan va tashqaridan tahlil qiladi. Tashqi nuqtai nazardan sotsiologiya – o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, uni boshqa hodisalar kabi sotsiologik tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu mazkur sotsiologik nazariyaning ijtimoiy rolini o’rganish, uning muayyan siyosiy tizimga nisbatan (xizmatga oid yoki tanqidiy) vazifalarini, tor ixtisoslikdagi muhitdan tashqarida jamiyatga ta’sir ko’rsatishini o’rganish bo’lishi mumkin.
Ichki nuqtai nazardan sotsiologiya alohida ilmiy fan, muayyan muammolar, tushunchalar, nazariya va usullar majmui sifatida ijtimoiy kontekstdan ajratgan holda o’rganiladi.
Metasotsiologiya – bu sotsiologiya kabi fandir. Biroq sotsiologiyadan farqli ravishda u sotsiologiya tomonidan yaratilganlarni tahlil qilish printsiplarini ishlab chiqish bilan bog’liq. U o’rganish ob’ekti sifatida sotsiologiyaga murojaat qiladi. Sotsiologik bilimning mohiyati va aniqligini o’rganish sotsiologiyaning – uning nazariyasi va metodolgiyasini takomillashtirish va rivojlanish, uning ilmiy mavqeini mustahkamlashning zarur Sharti hisoblanadi.3
4. Sotsiologiyadagi paradigmalarning ko’p variantli mavqei. Boshqa fanlar (falsafa, antropologiya, iqtisodiyot va boshqa) qa’rida dunyoga kelgan sotsiologik bilim rivojlanishning paradigmaga qadar bo’lgan davrdan paradigmal mavqega erishishga qadar bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Uning o’ziga xosligiga madaniy an’analar va turli mamlakatlardagi ijtimoiy va gumanitar rivojlanishining notekisligi ta’sir ko’rsatdi. Ushbu yo’lning ibtidosi K.Marks (Germaniya), G.Spenser (Buyuk Britaniya), O.Kont, F.Le Ple (Frantsiya), F.Tennis, G.Zimmel (Germaniya), U.Samner, L.Uord (AQSH), N.Ya.Danilevskiylarning asarlarida keltirilgan. So’ngra, bir variantli, ko’p paradigmal mavqega erishmagan holda, paradigmal dualizm maqomini, shuningdek ko’plab maktab va yo’nalishlarning tezkor sur’atlarda shakllanishi va yo’qolib borishining murakkab tarixiy davrini Chetlab o’tgan holda sotsiologiya ko’p variantli, poliparadigmal mavqega o’tdi. To’rtta ijtimoiy paradigma shakllandi va tan olindi: ijtimoiy faktlar, ijtimoiy ta’riflar, ijtimoiy xulq, ijtimoiy-tarixiy determinizm.
“Ijtimoiy faktlar” paradigmasi ijtimoiy voqelikni ijtimoiy faktlarning ikki guruhiga – ijtimoiy tuzilmalarga va ijtimoiy institutlarga bog’laydi, e’tiborini ularning tabiati va o’zaro munosabatlariga qaratadi. Ijtimoiy tuzilmalar va ijtimoiy institutlar ushbu paradigmada haqiqiy narsalar tushunchasi bilan tenglashtiriladi.
Ijtimoiy voqelik haqidagi boshqa bir tasavvur “ijtimoiy definitsiya(ta’rif)lar” paradigmasida qamrab olingan. Uning asosiy elementlari ijtimoiy faktlarning o’zi emas, balki ularni asoslovchi usullardir. Agar insonlar faktlarni haqiqiy deb hisoblasalar, ular haqiqatga aylanadi va ularning oqibati hisoblanadi.
O’rganishning muhim ob’ekti sifatida sub’ekt ichi va sub’ektlararolik va ularning natijasi sifatida – harakat namoyon bo’ladi. “Rag’bat-ta’sir” bixevioristik kontseptsiyasidan farqli ravishda odamlarning ijtimoiy xulqi ularning ijtimoiy voqelikni baholashi yoki tushunishiga muvofiq ravishda quriladi. Mazkur paradigmada ijtimoiy voqelikda harakatlanayotgan Shaxslar o’z atrof-muhitlarini baholovchi bu kabi omillarning (qiymatlar, ramzlar va h.k.) majmui sifatida namoyon bo’ladi. Ushbu turli ramz va qiymatlardan tashkillashtirilgan mazkur voqelik ularning ijtimoiy harakatlarini determinatsiya qiladi.
“Ijtimoiy xulq” paradigmasining ildizlari amerika sotsiologiyasining psixologik an’anasiga borib taqaladi. Ijtimoiy bixevioristlar “ijtimoiy fakt” va “ijtimoiy definitsiya” paradigmalarini metafizik, deb hisoblaydilar, Chunki ular yagona ijtimoiy voqelikni aks ettiruvchi “inson xulqini” e’tiborga olmaydi. Bunda istalganni taqdirlash va ta’qiqlanganni jazolash muammosiga, ya’ni nomaqbul ijtimoiy xulqqa e’tibor qaratiladi.
“Ijtimoiy-tarixiy determinizm” paradigmasining asosiy elementlari ijtimoiy voqelikning tuzilmaga oid va shaxsga oid elementlari hisoblanadi. Ularning ichki va tashqi aloqa va munosabatlari o’zaro birgalikda ijtimoiy voqelikni tashkil qiladi. Mazkur paradigma tizimidagi harakatlanuvchi shaxslar ijtimoiy voqelikning ob’ekti va sub’ekti sifatida namoyon bo’ladilar.
Paradigmalarning ushbu turlarining tarixiy ildizlari Dyurkgeym, M.Veber, B.Skinner, K.Markslarning asarlariga borib taqaladi. Ijtimoiy voqelikning mazkur paradigma tomonidan asosiy sifatida o’rganiluvchi elementlari o’rtasidagi munosabatlarni izohlovchi tushunchalarning o’ziga xos va qonuniy tarzdatashkillashtirilgan komplekslari ularning o’zaro munosabatlarining nazariy anglanishining yoki sotsiologik nazariyalarning turli ko’rinishlarini tashkil etadi.
Sotsiologiyadagi nazariy vaziyat eng umumiy ko’rinishda nazariy plyuralizm, nazariy yo’nalishlarning turlari, sotsiologik tafakkurdagi ikki – divergentsiya va integratsiya – qarama-qarshi yo’nalishlar bilan ifodalanadi. YAgona to’g’ri nazariy yo’nalishini izlash bilan bir qatorda ilmiy jamiyatda sotsiologiya kabi fan predmetining bir turli emasligi juda ko’plab turli nazariyalar ko’pligiga hayot bax Shida qiladi, degan fikr tobora keng tarqalmoqda. Aytib o’tilgan qarashlarning oxirgisini odatda “tanqidiy plyuralizm” deb ataydilar.
Asosiy sotsiologik (ijtimoiy faktlar, ijtimoiy definitsiyalar, ijtimoiy xulq)
paradigmalarga ijtimoiy nazariyalarning muayyan turlari muvofiq keladi.
“Ijtimoiy faktlar” paradigmasi tuzilmaga oid-funktsional, tizimli va nizoli nazariyalar nuqtai nazaridan izohlanadi. (Tizimli nazariyalar g’arb sotsiologiyasida odatda tuzilmaga oid funktsional nazariyalarning tarkibiy qismi yoki turlari sifatida o’rganiladi). “Ijtimoiy definitsiya” paradigmasi ijtimoiy harakat, ramziy interaktsionizm, fenomenologik sotsiologiya, etnometodologiya nazariyalaridan kelib chiqadi. “Ijtimoiy xulq” paradigmasi ijtimoiy voqelikni bixeviorizm, bixevioristik sotsiologiya va ijtimoiy almashinuv nazariyasi nuqtai nazaridan ta’riflaydi.
Biroq sotsiologiya boshqa har qanday ilmiy fan kabi o’zi uchun xos bo’lgan o’zaro bog’liq muammolarning ahamiyatli darajadagi ko’pligining mustaqilligiga nisbatan o’z tadqiqot yo’nalishini belgilab oladi. Ular nazariy tafakkur predmetiga aylanadilar. Ushbu fan muammolari o’rtasida muayyan aloqalar mavjud. Boshqalari qiyoslanishi mumkin bo’lgan bir yoki bir nechta markaziy muammolarni ajratib olish imkoniyati mavjud. Sotsiologiyaning bu kabi markaziy muammolari sifatida ikkita muammo ilgari surildi. Ulardan birinchisi J.Terner tadqiqotlarida asoslangan bo’lib – bu ijtimoiy tartibdagi muammodir. Ijtimoiy voqelik darajasidagi ikkinchi muammo D.Rittserning asarlarida rivojlantirilgan. Muvofiq ravishda yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari yana ikki paradigma – “ijtimoiy tartibdagi” va “interfaol ijtimoiy paradigma”larning Shakllanishiga asos solingan.
Ilmiy bilimning markaziy muammolari tuzilmasini shakllantirish g’oyasi noto’g’ri emas. Shakllanayotgan va shakllanib ulgurgan sotsiologik paradigma va nazariyalarning sotsiologiyani rivojlanishidagi o’rnini etarli darajada baholash zarur. Ijtimoiy paradigmalar ijtimoiy voqelikning turli asosiy elementlarining mavjudligi va ularning ahamiyatini asoslab beradi. Sotsiologik nazariyalar ushbu elementlarning turli kombinatsiyalarining o’zaro munosabatlariga izoh beradilar va ularning jamiyat hayotidagi o’rnini ochib beradi. Ilmiy paradigma tushunchasi Tomas Kunning 1962 yilda yozgan "Ilmiy inqiloblarning tuzilishi" klassik asarida batafsil bayon etilgan.
Bu ishda u paradigmani ilmiy jamoalar a'zolarini birlashtiradigan g'oyalar va tasavvurlar tizimi sifatida belgilaydi, bu jamoalar a'zolari tomonidan tizim sifatida e'tirof etilgan ilmiy yutuqlar.4
Biroq, bizni, birinchi navbatda, bu kabi paradigma emas, fan inqirozlari va falsafiy va sotsiologik ma'noda, Kuhn tasvirlab bergan paradigma o'zgarishlari emas, balki zamonaviy psixologiya va psixoterapiyada keng tarqalgan paradigmalar qiziqtiradi.
Paradigmani zamonaviy psixologik ilmiy jamiyatda qabul qilingan qoidalar va standartlar deb tushunib, psixologlarni boshqaradigan bir nechta shunday paradigmalar mavjud.V. A. Yanchuk "Zamonaviy ijtimoiy psixologiya va personologiyada metodologiya, nazariya va metod: integral-eklektik yondashuv" (Minsk, 2000) monografiyasida quyidagi paradigmalarni aniqlaydi: xulq-atvor, biologik, kognitiv, psixodinamik, ekzistensial, gumanistik, germenevtik, ijtimoiy konstruktivist., tizimli, faoliyatga asoslangan, jinsi (feministik) va sinergistik.
Taxmin qilish mumkinki, o'zlarini turli psixologik maktablarga havola qiladigan psixologlar ham turli paradigmalarga amal qilishadi: psixoanalistlar - psixodinamik, rojerlar - gumanistik va boshqalar. Albatta, bu muammoning soddalashtirilgan ko'rinishi. Shunday qilib, masalan, kognitiv -xulq -atvorli yondashuvda ishlaydigan psixologlar, hatto ism bilan ham, bir vaqtning o'zida ikkita paradigmada - kognitiv va xulq -atvorda ishlaydigan mutaxassislarga tegishli bo'lishi mumkin; gestaltistlar, menimcha, ekzistentsial va gumanistik va tizimli paradigmalardan foydalanadilar.
Umuman olganda, psixologiya sohasidagi har qanday amaliyotchi bir paradigma doirasida bo'la olmaydi, lekin u yoki bu shaklda ularning ko'pchiligidan foydalanadi.
Odatda, psixologik yondashuvlar va maktablarning xilma-xilligi uchta katta guruhga bo'linadi: psixodinamik, kognitiv-xulq-atvorli va ekzistensial-gumanistik, ba'zida (masalan, V. A. Kagan Sankt-Peterburgda "Psixologiya ufqlari" konferentsiyasida. 2016 yil 23 aprel d) transpersonal yondashuvni qo'shish. Shu nuqtai nazardan, psixologiyada uchta yoki to'rtta asosiy paradigma haqida gapirish mumkin (biz transpersonal yondashuvni ilmiy uslub bilan bog'liqligini tan olishimiz yoki tanlamasligimizga bog'liq).
Masalan, psixodinamik paradigmaning asosiy qoidalarini quyidagicha nomlash mumkin.
51. Tadqiqot predmeti - inson ruhiyati.
2. Tadqiqotning asosiy yo'nalishi - behushlik sohasi (uning mavjudligi apriori sifatida qabul qilingan).
3. Tarixiylik printsipi - bu alomat, muammo vaqt o'tishi bilan rivojlanadi, odamning o'tmishda sabablari bor va hokazo.
Gumanistik paradigma
1. Tadqiqot predmeti - shaxs, shaxs munosabatlarining tizimi.
2. Diqqat diqqat sub'ektiv sohaga, birinchi navbatda, his -tuyg'ularga va boshqalarga qaratilgan.
Ushbu kichik maqolada men hozirda psixologiyada qabul qilingan paradigmalarning batafsil tavsifini bermoqchi emasman - misol sifatida faqat eskiz.
Kuhn terminologiyasiga asoslanib, psixologiya hozirda metaparadigmatik fan hisoblanadi. Bir -biriga kiradigan, bir -biri bilan sintezga kiradigan ko'p sonli paradigmalar mavjud. Eng aniq misol-bu kognitiv-xulqiy yondashuvda kognitiv va xulq-atvor paradigmalarining birlashishi.
Shuningdek, yangi paradigmalarning paydo bo'lishi va tobora keng tarqalishi - eklektik va integral (yoki hatto Yanchuk singari - integrativ -eklektik), qanchalik g'alati tuyulsa ham - metaparadigmatik paradigmalar.
Tilshunoslikda paradigma atamasi - so'zning o'ziga xos grammatik toifalariga muvofiq modifikatsiyasini aks ettiruvchi bitta so'z shakllari tizimi; pasayish yoki konjugatsiya turining namunasini bildiradi. "Paradigma" tushunchasi so'z yasalishida, leksikologiyada va sintaksisda ham qo'llaniladi. Paradigma - bir xil leksemaga mansub, ammo grammatik ma'nolari turlicha bo'lgan so'zlarning tartiblangan to'plamidir.
"Paradigma" atamasi yunoncha «parάδεiγma» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tarjimasi «namuna, namuna, model» degan ma’nolarni ifodalaydi.

Birinchi marta "paradigma" atamasi 19-asr oxiri - 20-asr boshlaridagi shveytsariyalik tilshunos Ferdinand de Sossyur tomonidan bir xil xususiyatlarga ega bo'lgan elementlar sinfini belgilash uchun ishlatilgan.


Tilshunoslikdagi paradigma ma'lum bir leksemalar sinfi uchun grammatik ma'noning o'zgarishini (holatlar, sonlar, jins va boshqalarni) namoyish etishga imkon beradigan jadvallar shaklida ishlab chiqilgan (ya'ni bitta so'zning turli shakllarini o'zgartirmasdan ma'nosi).
Paradigmalar Yevropa tillarida ham qo'llaniladi. Masalan, ingliz tilida noto’g’ri
fe'llarni quyidagi shakllar bilan bog'lashingiz mumkin: Infinitive - go;
Oddiy o'tgan zamon fe'l-went; O'tgan zamon sifatdoshi-gone.
Agar lingvistik birliklar taqqoslash va qarama-qarshilik munosabatlari bilan
o'zaro bog'liq bo'lgan elementlardan tashkil topgan tizim sifatida qaralsa, unda bu holda paradigmatika sodir bo'ladi.
Morfologik nazariyalarni o'rganadigan ba'zi tilshunoslarning fikriga ko'ra, paradigmalar morfologiyaning markaziy tushunchasi bo'lib, so'zni alohida morfemalarga ajratish ixtiyoriy ma'noga ega.
Tilshunoslikda paradigmalarning turlari Tilshunoslikda to'rt xil paradigmalar ajratiladi: Morfologik paradigma;
Leksik paradigma;
So'z yaratish paradigmasi; Sintaktik paradigma.
Morfologik paradigma (ba'zan "grammatik" deb ham yuritiladi) - bu bitta ildizdan grammatik ma'nolarini o'zgartirish orqali hosil bo'lgan so'zlar tizimi. Ba'zi hollarda rad qilingan yuqoridagi "bosh" so'zi morfologik paradigmaning namunasidir.
Leksik paradigma semantik jihatdan bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan so'zlarni (antonimlar, sinonimlar, paronimlar, omonimlar, guruhlar, semantik maydonlar va boshqalar) birlashtiradi (masalan, do'st yoki dushman, uy qurish).
So'z yasalish paradigmasi - bu bitta o'zakdan (hosiladan) kelib chiqqan, ammo turli xil semantik va grammatik ma'nolarga ega bo'lgan so'zlar to'plamidir (masalan, "tajriba" so'zidan to'rtta hosila hosil bo'lishi mumkin: tajribali, tajribali, tajribasiz, tajriba). Sintaktik paradigma - bu bir xil so'zlardan tuzilgan, ammo grammatik ma'no jihatidan farq qiluvchi jumlalar tizimidir.
An'anaviy ravishda sintaktik paradigma sakkiz muddatli hisoblanadi: sintaktik indikativning uchta shakli (hozirgi, kelajak, o'tmish) va sintaktik haqiqiy bo'lmagan kayfiyatning beshta shakli (rag'batlantiruvchi, subjunktiv, kerakli, shartli, majburiy).

Yüklə 462,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə