Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,68 Mb.
tarix28.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#107543

Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo'nalishi 16-20 guruh talabasi Bosimbekova Zarinaning kimyo o'qitish metodikasi fanidan tayyorlagan slaydi.

Mavzu:Kislatalar haqida dastlabki tushuncha.

Reja:

1. Kislota.

2. Kislota tuzilishi.

3. Kislota turlari

Kislota (rus. кислота - "nordonlik") asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir. Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi (akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi.

Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o‘zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo‘lgan modda deb ta'rif berish mumkin.


Biz o‘zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o‘ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o‘sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo‘yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba'zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma'lum.

Yuzaki jihatda ularni o‘zaro farqlash unchalik ham qiyin emas. Kislotalarning ta'mi nordon bo‘ladi va indikator qog‘ozni (lakmus qog‘ozini) qizil rangga bo‘yaydi. Asoslar esa, qo‘lga tekkanda, sovun singari sezgi uyg‘otadi va indikator qog‘ozni ko‘k rangga bo‘yaydi. Lekin, kimyogarlar bu kabi fenomenologik aniqlash usullari bilan kifoyalanmaydilar. Ular, moddaning aynan kislota yoki, asos bo‘lib qolishiga molekulyar darajadagi sabab nima ekani haqidagi savol bilan ko‘proq qiziqadilar. Mana, deyarli bir asrdan ko‘proq muddat o‘tibdi-ki, kimyogarlar kislotalar va asoslarni eng fundamental miqyosda farqlash ustida kalla qotirib kelmoqdalar.

Kislotalarga ta'rif berishga qaratilgan birinchi urinish - 1778-yilda Antuan Lavuaze tomonidan amalga oshirilgan edi. U, o‘sha paytda trendda bo‘lgan flogiston nazariyasini inkor etuvchi qator ilmiy tekshirishlar olib borgan va yonish jarayonida aynan qanday fizik-kimyoviy hodisalar sodir bo‘lishini ko‘rsatib bergan edi. Lavuaze, moddalar yonayotganda ular bilan birikib oladigan havodagi gazni kislorod (oxygen) deb atagan. Bu so‘zning ma'nosi "kislota tug‘diruvchi" degani bo‘lib, lekin, Lavuaze nom tanlashda biroz adashgan edi. U barcha kislotalar tarkibida albatta kislorod bo‘ladi deb ishongan va shu sababli, havoda 21% ulushda mavjud bo‘lgan, hamda, yonishga yordam beradigan gazni aynan "kislota tug‘diruvchi" deb nomlab qo‘ygan.

Kislota tushunchalarini farqlashning zamonaviy yondoshuvini shved kimyogari Svante Arrenius (1859-1927) boshlab bergan. Uning kislota tushunchasiga bergan ta'rifi juda oddiy va lo‘nda edi: agar biror modda suvda eritilganda vodorod ioni (ya'ni, proton - H+) ajralib chiqishiga sabab bo‘lsa, u - kislota bo‘ladi. Agar, basharti, modda suvda erish jarayonida gidroksid-ion (OH–) ajralib chiqishiga sabab bo‘lsa, u - asos bo‘ladi.

pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb taʼriflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir. Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib O-H yoki N-H qismlarini oʻz ichiga oladigan spirt yoki aminlarni olish mumkin. Lewis taʼrifi esa kimyoda kam ishlatiladi. Lewis kislotalari elektron juftlari akseptorlaridir. Lewis kislotalariga metall kationlari hamda bor triftoridi va aluminiy trixloridi kabi elektroni kam molekulalar kiradi. Gidroksoniy ionlari keltirilgan uch taʼrifga binoan kislotalardir

Qiziqarlisi shundaki, spirt va aminlar ularning kislorod va azot atomlaridagi yolgʻiz elektronlar tufayli Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra kislota, Lewis taʼrifiga koʻra esa asos, deb qaraladi.



Agar sof suvga kislota aralashtirilsa, undagi vodorod konsentratsiyasi ko‘tariladi. Masalan, sof suvga xlor kislotasi (HCl) qo‘shib borib, pH=1 gacha yetkazilsa, ya'ni, 1 litr aralashmadagi vodorod konsentratsiyasi 10–1 gacha tushirilsa, oshqozon shirasining pH ko‘rsatkichiga taxminan teng bo‘lgan kislota hosil qilamiz. Xuddi shu tarzda, sof suvga gidroksid-ionlar qo‘shib borish orqali, eritmaning asoslik darajasini orttirish mumkin. Masalan, maishiy foydalanish uchun chiqariladigan ammiakdagi OH– konsentratsiyasi 10–11 tashkil qiladi. Ya'ni, uning pH ko‘rsatkichi 11 ga teng. 11 soni esa, 7 dan katta ekanligini siz yaxshi bilasiz va demak, ammiak bu - asos bo‘ladi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə