Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə17/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

biokimyoviy adaptatsiya – hujayra ichidagi jarayonlarning o‘zga-rishi (masalan, fermentlar ishi yoki ular sonining o‘zgarishi);

  • ontogenetik adaptatsiya – sharoit o‘zgarganda omon qolishga im-kon beruvchi individual rivojlanish tezlashishi yoki sekinlashishi.


    2.8-расм. Организмлар адаптациясининг асосий тузилмалари

    Adaptatsiya jarayoni gomeostaz hodisasiga, ya’ni organizm yoki eko-logik tizimning o‘z ichki holati doimiyligini saqlab qolish qobili-yatiga va o‘z-o‘zini tartibga solishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
    Adaptatsiya hamisha uch asosiy omil: o‘zgaruvchanlik, irsiyat, tabiiy
    tanlanish (va odam tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy tanlash) ta’sirida shakllanadi. Organizmlarning tashqi muhit sharoitlariga
    umumiy adaptatsiyasi, ya’ni tabiiy muhitning keng ko‘lamli shart-sha-roitlariga ko‘nikishi (moslashishi) ir­siy shartlangan bo‘ladi. Umu-miy adaptatsiya biotaning tarixiy-tadrijiy rivoj­lanishida shaklla-nadi, biroq ekologik omillar davriy ravishda o‘zgarib turishi bilan ular ham o‘zgaradi.
    Organizmlar o‘zlariga doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi dav­riy omillar-ga moslashgan bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi davriy omillar farq-lanadi. Birlamchi davriy omillar – Erda hayotning paydo bo‘lishiga qadar mavjud bo‘lgan omillar (masalan, harorat, yorug‘lik va shu kabi-lar). Organizmlarning bu omillarga adaptatsiyasi eng mukammal bo‘la-di. Ikkilamchi davriy omillar birlamchi omillarning o‘zgarishi tu-fayli vujudga keladi (masalan, haroratga bog‘langan havo namligi va sh.k.).
    Ikkilamchi davriy omillar birlamchi davriy omillardan keyin vujudga keladi va ularga tirik organizmlarning moslashishi hamma vaqt ham aniq sezilmaydi. Organizmlarning barqaror hayot kechirishi uchun yashash joyidagi mo‘‘tadil shart-sharoitlarda faqat davriy omil­lar amal qilishi, nodavriy omillar bo‘lmasligi kerak.

    Yüklə 39,43 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə