Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə15/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Turlararo munosabatlar xilma-xil bo‘lib, biotsenoz hayotining asosi hisoblanadi. YOnma-yon yashovchi ikki yoki undan ortiq turga man-sub organizmlar bir-biriga umuman ta’sir ko‘rsatmasligi, qulay yoki noqulay ta’sir ko‘rsatishi mumkin (2.4-, 2.5-, 2.6-, 2.7-rasm).
Turlararo muno­sabatlarning quyidagi turlari farqlanadi:

  • betaraflik (neytrallik, xolislik) – turlar mustaqil bo‘ladi, ya’ni bir-biriga qaram bo‘lmaydi va hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi;

  • raqobat (kurash, konkurensiya) – turlarning har biri boshqasiga

noqulay ta’sir ko‘rsatadi;

  • birga yashash (mutuallik) – simbiozning bir turi bo‘lib, turlar bir-birisiz yashay olmaydi; har xil turga mansub ikki organizmning bir-biriga manfaat keltirib, birga yashashi;

  • hamkorlik (ittifoq, kooperatsiya) – simbiozning bir turi bo‘lib, har ikkala tur uyushma (to‘da) hosil qiladi, garchi to‘da har ikka-lasiga manfaat keltirsa ham, ular ayrim yashashi mumkin;

  • turg‘unlik (kommensallik, hamxo‘raklik) – simbiozning bir turi bo‘lib, birga yashashdan faqat bitta tur foyda ko‘radi, ikkinchi tur (xo‘jayin) hech qanday manfaat yoki zarar ko‘rmaydi;





2.5-расм.Антибиоз: бўри ва тулки

2.4-расм.Бетарафлик: буғу ва олмахон





2.7-расм. Симбиоз: дарахт ва лиана

2.6-расм. Симбиоз: носорог ва қуш



  • jabrdiydalik (amensallik) – jabrdiyda turlar o‘sish va ko‘pa-yishda boshqa turlardan jabr-zulm ko‘radi, eziladi;

  • tekinxo‘rlik (parazitlik) – simbiozning bir turi bo‘lib, te-kinxo‘r tur o‘z xo‘jayining o‘sishi va ko‘payishiga xalal beradi, hatto o‘limiga sababchi bo‘lishi mumkin;

  • yirtqichlik – yirtqich tur o‘z o‘ljasi bilan oziqlanadi.

Organizmlarda abiotik muhitga ham muayyan darajada ta’sir ko‘r-satish qobiliyati mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘rmonda o‘simliklar qop-lami ta’sirida ochiq dalaga nisbatan o‘ziga xos harorat-namlik reji-mi: qishda biroz iliq, yozda salqin va namli mikroiqlim yoki mikro-muhit yaratiladi. SHuningdek, qishda 30-50 sm qalinlikdagi «qor ko‘r­pasi» tagida taxminan 2-5 sm qatlamda qulay haroratli (0-2°C gacha) mikromuhit vujudga kelib, mayda kemiruvchi hayvon­lar faol hayot kechiradi. Qor ostida boshoqli o‘sim­­liklar (masalan, bug‘­­doy, jav-dar) maysalari sovuqdan saqlanadi, qishning sovuq kunlarida ayrim hayvonlar ham qordan panoh topadi (masalan, quyon, tulki, bo‘ri). Da-raxtlarning kova­gi, qushlarning in­lari va tog‘lardagi g‘orlarda ham o‘ziga xos mikromuhit shakllanadi.
Ayrim ekologik omillar vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat o‘zga-rish­lariga uchraydi. Masalan, harorat yoki yorug‘lik omili bir kecha-kunduz, fasllar va yillar davomida o‘zgarib turadi. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi muntazam takrorlanib turadigan omillar davriy omillar deyiladi. Ularga iqlim va gidrografik omillar (masalan, suvning ko‘tarilishi va qaytishi) misol bo‘ladi. To‘satdan paydo bo‘ladigan omillar (masalan, vulqonlar otilishi, yirtqichlar hujumi) nodavriy omillar deyiladi. Bu omillar organizmlarning yashash shart-sharoit-lariga moslashishida muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə