Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə16/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Antropogen omil – odam va uning maishiy-xo‘jalik faoliyati tufayli organizmlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar, landshaftlar va biosferaga ko‘rsatiladigan ta’sirlar majmui (masalan, muhitning ifloslanishi, tuproqlar eroziyasi, turlarning yo‘qolishi va sh.k.). Bu omil tufayli biosferada antroposfera, ya’ni odam faoliyati ta’sir ko‘rsatadigan sfera (doira) shakllangan. Bu doirada energiya yoki moddalar ko‘payib, ekotizimlar faoliyati susayishiga sabab bo‘ladi-gan vaziyatlar - antropogen stresslar paydo bo‘lishi mumkin.



Организмлар адаптацияси
Adaptatsiya – tirik organizmlarning muayyan muhitdagi tabiiy shart-sharoitlarda barqaror yashab ketishini ta’minlaydigan morfologik, fiziologik va boshqa xususiyatlari majmui. Boshqacha aytganda, orga-nizmning yashash muhitiga moslashuvi (ko‘nikishi) adaptatsiya deyi-ladi.
Organizmlarning umumiy adaptatsiyasi - muhitning keng ko‘lamli sharoitlariga moslashishi, xususiy adaptatsiyasi - muhitning mahal-liy yoki o‘ziga xos sharoitlariga moslashishi farqlanadi.
Adaptatsiya tirik organizm va uning organlari tuzilmasida, ular tomonidan bajariladigan ish-vazifalarda o‘z aksini topadi. Orga-nizm darajasidagi adaptatsiyaning asosiy tuzilmalari (2.8-rasm):

  • morfo-anatomik adaptatsiya – organizm tuzilmasidagi o‘zga-rishlar (masalan, kaktuslarda suv (nam) yo‘qotishni kamaytirish uchun bargning tikan ko‘rinishiga aylanishi, gullarning changlatuvchilarni jalb qiluvchi yorqin ranglari va sh.k.). O‘simlik va hayvonlardagi mor-fologik adaptatsiyalar muayyan hayotiy shakllarning paydo bo‘lishiga olib keladi;

  • fiziologik adaptatsiya – organizm fiziologiyasidagi o‘zgarish-lar (masalan, tuyaning yog‘ zahirasini to‘plab, organizmni nam bilan ta’minlash qobiliyati);

  • etologik (hulqiy) adaptatsiya – fe’l-atvordagi o‘zgarishlar (ma-salan, sut emizuvchilar yoki qushlarning mavsumiy migratsiyasi, qush-larning juftlashish davridagi o‘yinlari va sh.k.). Etologik adapta-siya faqat hayvonlarga xos bo‘ladi;


  • Yüklə 39,43 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə