Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


CHeklovchi ekologik omillar



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə19/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

CHeklovchi ekologik omillar – ehtiyojga nisbatan kamligi yoki ko‘p-ligi tufayli organizmlarning rivojlanishini cheklab turadigan ekologik omillar. Boshqacha aytganda, cheklovchi omil deganda atrof-muhitning salbiy ta’siriga organizmning bardosh bera olish, ya’ni ekologik chidamlilik chegarasiga etgan yoki undan oshgan har qanday shart-sharoit tushuniladi.
Atrof-muhitdagi turli xil ekologik omillar organizmga birga-likda ta’sir ko‘rsatishiga qaramasdan, ular bir-birining o‘rnini bo-sa olmaydi. Bu holat V. Vilyams aniqlagan omillar sarbastligi yoki omillarni almashtirib bo‘lmaslik qonunida o‘z aksini topgan: hayotiy sharoitlar bir xil qimmatga (ahamiyatga) ega; hayot omil-laridan birortasini boshqasi bilan almashtirish mumkin emas. Ma-salan, namlik­ ta’sirini yorug‘lik ta’siriga almashtirib bo‘lmaydi.
Organizmning hayotiy faoliyati (oziqlanishi, o‘sishi, ko‘­payishi,
tarqalishi va sh.k.) ekologik omillar majmuining o‘z­garishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bahorda o‘sim­liklar uyg‘onib, ko‘k maysalar hosil qiladi, yozda esa sifat o‘zga­rishlari ro‘y berib, mevalar tugadi va sh.k.
Har bir ekologik omilning organizmga ta’sir ko‘rsatish che­garasi bo‘ladi. Omil etishmasa yoki ko‘p bo‘lsa, organizm hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi. Agar omil organizmning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, eng maqbul (optimal) sha­roit vujudga kela-di. Agar omil qanchalik cheklansa, uning organizmga salbiy ta’siri shunchalik kuchayadi. Demak, organizm ekologik omilning eng yuqori va quyi chegaralari doirasida, ya’ni chidamlilik chegara­sida hayot kechi-rish imkoniyatiga ega bo‘ladi, agar bu me’yordan chetga chiqilsa, orga-nizm nobud bo‘ladi. Bu bog‘liqlik V. SHelford tomonidan aniqlangan chidamlilik qonuni deb ataladi. Organizm bitta ekologik omilga chi-damli bo‘lsa, boshqasiga chidamsiz bo‘lishi mumkin. Ko‘p omillarga chi-damli bo‘lgan organizmlarning tarqalish imkoniyati ham keng bo‘ladi.
Atrof-muhitdagi xilma-xil sharoitlarda biologik turning yashay olish xususiyati yoki tirik organizmning tashqi muhit shart-sharoit-lari o‘zgarishiga moslashish darajasi ekologik valentlik deyiladi (2.9-rasm).
Tashqi muhitning juda keskin shart-sharoitlarida yashay oladigan
chidamli organizmlarga evribiontlar deyiladi (eyros – keng doira-li). Masalan, chumchuq, qarg‘a, qo‘g‘a, qamish, ajriq va sh.k. Atrof-muhit-dagi ma’lum shart-sharoitlarda yashay oladigan, biroq keskin o‘zga-rishlarga chidamsiz organizmlarga stenobiontlar deyiladi (stenos - tor doirali). Masalan, sayg‘oq, koala, chinnigul, va sh.k.
SHu nuqtai nazardan organizmlarning bir necha guruhlari farqla-nadi:
1) harorat bo‘yicha - evriterm va stenoterm organizmlar;
2) suvdagi tuzlar bo‘yicha – evrigalin va stenogalin organizmlar;
3) yorug‘lik bo‘yicha - evrifot va stenofot organizmlar;
4) namlik bo‘yicha - evrigidrid va stenogidrid organizmlar;
5) ekovalentligi bo‘yicha - evritop va stenotop organizmlar.
Deyarli bir xil sharoitda yashaydigan turlarda stenobiontlik xu-susiyati kelib chiqadi.



Ekologik omillar (ha­rorat, nam­lik va sh.k.) o‘zgarishiga bardoshli va bardoshsiz organizmlar farqlanadi. Masalan, ko‘pchilik donli o‘simliklar­ning urug‘lari, odatda, tuproq harorati 2-3°C bo‘lganda unib chiqa boshlaydi, biroq tuproq haro­rati 10-16°C dan ko‘tarilsa, urug‘ning unib chiqish jarayoni sekinlashadi; 30°C dan oshganda esa urug‘ unishdan umuman to‘xtaydi..


Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə