Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə25/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

gigrofitlar – ortiqcha namlik sharoitida yashaydigan yoki ser-nam muhitda, botqoq va nam tuproqlarda o‘suvchi namsevar o‘simliklar (masalan, nam tropik o‘rmonlarning o‘t o‘simliklari, begoniya va sh.k.). Gigrofitlar guruhida gidrofitlar – tanasining pastki qismi suvga botgan, tuproqqa mahkam yopishgan o‘simliklar (masalan, sholi, qamish,

qo‘g‘a, elodeya), gidatofitlar – tanasining katta qismi yoki butunlay suvda joylashgan o‘simliklar (masalan, suv nilufari), gelofitlar – botqoq o‘simliklari (masalan, igir) farqlanadi;



  • mezofitlar – ba’zan qurg‘oqchilikni bosh­dan kechiradigan, nami etarli darajada yoki qulay bo‘lgan erlarda o‘suvchi o‘simliklar (masa-

lan, bug‘doyiq, oqso‘xta, marvaridgul, tok, g‘o‘za va sh.k.);

  • kserofitlar – yuqori harorat va suvsizlikka uzoq vaqt chiday oladigan, suv tanqisligiga uchragan, namni qalin etli bargi (sakso-vul, yantoq) va poyasida (aloe, kaktus) saqlay oladigan (sukkulentlar), ildizining so‘rish kuchi katta bo‘lgan, mayda barglari bilan bug‘latish-ni pasaytirishga qobiliyatli (sklerofitlar) qurg‘oqchil quruq dasht va cho‘l o‘simliklari. Sukkulentlarda konvergensiya hodisasi sodir bo‘ladi, ya’ni har xil turga mansub, lekin bir xil shaklga ega bo‘lgan o‘simliklar uchraydi. Masalan, Afrika ixroji va kaktus sharsimon shaklga ega. Agar tabiiy suv manbalari o‘simliklarni suv zahirasi bi-lan ta’minlay olmasa, sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshiriladi.

Hayvonlar ham suvga bo‘lgan munosabati bo‘yicha bir necha ekologik guruhlarga bo‘linadi (2.16-rasm):

  • gigrofillar – namsevar, namli joylarda yashaydigan hayvonlar (masalan, ko‘l baqasi, qurbaqa, qunduz, qorako‘zan, qon so‘ruvchi pashsha-lar, mollyuskalar va sh.k.);

  • kserofillar – qurg‘oqchil, quruq joylarda yashaydigan hayvonlar (masalan, tuya, kaltakesak, toshbaqa, cho‘l chigirtkasi va sh.k.);

  • mezofillar – nami etarli yoki o‘rtacha namlik muhitida yashovchi hayvonlar (masalan, sayg‘oq, samandar, bulduruq va sh.k.).

Hayvonlarning suvga bo‘lgan talabi suv ichish, o‘simliklar bilan oziqlanish va metabolizim jarayonlari orqali qondiriladi.
Hayvonlarda suv balansi xulqiy, morfologik va fiziologik mos-lashish usullari bilan tartibga solinadi. Xulqiy moslashishga hay-vonlarning namli joylarga ko‘chib o‘tishi, vaqt-vaqti bilan suvloqqa borib kelishi, tungi hayot tarziga o‘tishi (masalan, sayg‘oq, to‘ng‘iz, tul-ki va sh.k.), morfologik moslashishga tanasida suvni tutib qolishi (masalan, shilliqqurtning chi­g‘anog‘i, sudralib yuruvchilarning muguz qoplami va sh.k.), fizio­logik moslashishga moddalar almashinuvi (me-tabolizm) jarayonida hosil bo‘ladigan me­tabolik suvning paydo bo‘li-shi (masalan, tuya, cho‘l kemiruvchilari va hasharotlari) misol bo‘ladi.
Tirik organizmlarning tanasidagi suv miqdori 70-72 foizni tash-kil qiladi. Hayvonot dunyosining aksariyat vakillari, xususan, tuya, qo‘y va it tanasidan muvofiq ravishda 27 %, 23 % va 17 % miqdorda suv yo‘­qotishga (suvsizlanishga) chidashi mumkin. Voyaga etgan odam tanasida 40-50 litr suv bo‘ladi. Xususan, qonda 83 %, suyaklarda 22 % suv mavjud. Odam tanasidan 15 % miqdorda suv yo‘qolsa, halok bo‘li-shi mumkin. Poykilo­­term organizmlar suvga ancha chidamli hisoblana-di.





Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə