Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari



Yüklə 306,4 Kb.
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü306,4 Kb.
#161596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINAMIKA QATORLARI (2)


DINAMIKA QATORLARI


1.Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari

Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi sta­tis­tik ko‘rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi. Masalan, qish­loq xo‘jaligi yalpi mahsuloti, sof mahsuloti, sof daromadi, sof foydasi kabi ko‘rsatkichlarning hisobot yilidagi hajmini bazis yiliga taqqoslab o‘zgarishi aniqlansa, bu ko‘rsatkich dinamika ko‘r­­sat­ki­chi deb ataladi. Statistika ijtimoiy hodisalarning holatini va ular­ning o‘zgarishini davrlar bo‘yicha (yillar bo‘yicha) o‘r­ga­nadi.


Har qanday dinamika qatori ikki unsurdan tashkil topadi:

  1. Vaqt momentlari yoki davrlar sanasi.

  2. Davr (sana)larga tegishli ko‘rsatkichlar.

O‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning miqdorini ta’riflovchi darajalar deganda hodisaning soni, miqdori va hajm ko‘rsat­kich­lari tushuniladi. Hodisalarning darajalariga tegishli bo‘lgan davr­lar (momentlar) deganda esa sanalar, yillar, oylar tushuniladi. Di­namika qatorlarida boshlang‘ich (bazis) davr, oxirgi (joriy) davr, shuningdek, rejalashtirilgan davr mavjud.
Dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalarga amal qi­lish kerak:
Birinchidan, dinamika qatorlarini tuzishda, eng avvalo, miq­dorlarni taqqoslama holatga keltirish kerak. Buning uchun vaqt birligi, o‘lchov birligi, hisoblash usuli, narx-navosi bir xil bo‘lishi ke­rak.
Ikkinchidan, barcha davrlar uchun kuzatish obyekti bir xil bo‘­lishi kerak.
Uchinchidan, ijtimoiy hodisani qamrab olgan davrning uzun qisqaligi va hisoblashdagi aniqlik (0,1; 0,01; 0,001) bir xil bo‘­li­shi kerak. Agar dinamika qatorlari darajasi qaysi bir jihatdan taq­­qos­lab bo‘lmaydigan bo‘lsa, ularni tegishli usullarni qo‘llab taqqos­la­ma holatga keltirish lozim.
Ushbu qoidalarga amal qilib, tuzilgan dinamika qatori ijti­mo­iy hodisalar orasidagi qonuniyatlarni aniq ko‘rsatish va xu­lo­sa chiqarishda muhim vosita, omil bo‘lib xizmat qiladi.
Dinamika qatorlar darajalari mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miq­dorlardan tuzilgan bo‘lishi mumkin.



Yüklə 306,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə