Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari


Dinamika qatorlarini qayta ishlash va tahlil qilish usullari



Yüklə 306,4 Kb.
səhifə6/9
tarix25.12.2023
ölçüsü306,4 Kb.
#161596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINAMIKA QATORLARI (2)

5. Dinamika qatorlarini qayta ishlash va tahlil qilish usullari

Dinamika qatorlari har doim ham taqqoslama bo‘laver­may­di, shuning uchun ham, statistik tahlil jarayonida ayrim qiyin­chiliklarga duch kelinadi. Boshqacha aytganda, hamma vaqt ham dinamika qatorlari ma’lumotlariga asoslanib, o‘rganila­yot­gan ho­disadagi umumiy qonuniyatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlab bo‘l­may­­di. Shu nuqtayi nazardan dinamika qatorlari ma’lu­mot­larini qay­ta ishlash orqali ularni taqqoslama holga keltiriladi. Bu vazi­fa­­ni bajarish uchun statistik ma’lumotlarni qayta ishlash usul­lari­dan foydalaniladi. Bu usullarning asosiylari quyidagilar hi­sobla­na­di:



  1. Qatorlarni yagona asosga keltirish va ulash (tutashtirish) usu­li;

  2. Davrlarni kattalashtirish (davrlar oralig‘ini kengaytirish) usu­li;

  3. Sirg‘anchiq o‘rtachani hisoblash usuli;

  4. Qatorlarni analitik tekislash usuli.



Dinamika qatorlarini taqqoslamaligini ta’minlash uchun ular­ni yagona asosga keltirish kerak. Buning uchun yagona bazaga ega bo‘lgan hodisalarning boshlang‘ich mutlaq ko‘rsatkichlari nisbiy ko‘rsatkichlar bilan almashtirish zarur.
Statistik tadqiqot oldida qo‘yilgan maqsadga ko‘ra baza bo‘­lib, dinamika qatorlarining boshlang‘ich o‘rtacha yoki boshqa xil da­rajasi bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich davr darajasi baza qilib qa­bul qilinsa, qatordagi har bir keyingi davr darajasi boshlan­g‘ich davr darajasiga bo‘linib, foizda ifodalanadi va shu tariqa dina­mi­ka qatorlari bir xil asosga keltiriladi.
Dinamika qatorlarini ulash usuli orqali taqqoslama holga kel­tiriladi. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida di­na­mi­ka qatorlarini yagona asosga keltirish va ulash usuli yor­da­mi­da taq­qoslama holga keltiramiz. Buni shartli shirkat xo‘­jali­gi­dagi g‘al­la ekin maydoni misolida ko‘rib chiqamiz.
12-jadval
Dinamika qatorlarini yagona asosga keltirish va ulash tartibi



Ko‘rsatkichlar

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

2009

G‘alla ekin maydoni, ga
Eski chegarada
Yangi chegarada
Taqqoslama qator

500
-


600

510
-


612

550
-


660

580
700


700


750


750


780


780


800


800


850


850



Bu jadvaldagi 1 va 2-qatorni taqqoslama holga keltirish uchun 2001-yilgi ikkita daraja nisbati asosida maxsus koeffitsiyent aniq­lanadi:
700 : 580 = 1,2

Shundan so‘ng ushbu koeffitsiyent yordamida eski chega­ra­da­­gi g‘alla maydoni yangi chegara uchun mos ravishda taq­qos­la­ma holga keltiriladi:


2002-yil – 500 x 1,2 = 600 ga


2003-yil – 510 x 1,2 = 612 ga
2004-yil – 550 x 1,2 = 660 ga


Natijada yagona taqqoslama qatorga ega bo‘lamiz (jadval­ning 3-qatori).
Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniq­lash usullaridan biri davrlar oralig‘ini kengaytirish usuli hi­sob­la­nadi. Ayrim hollarda dinamika qatorlar darajalarini dastlab qa­ra­ganda ularning o‘zgarish tendensiyalarini ilg‘ab olish qiyin. Bun­day hollarda dinamika qatorlari bo‘yicha davr oralig‘ini katta­lash­­tirib olish zarur. Masalan, oylik darajani kvartallik daraja bi­lan, kvar­tallik darajani yillik bilan, yillik darajani uch yillik yoki besh yillik darajalar bilan almashtirish lozim. Bunday jarayon davrlar ora­lig‘ini kengaytirish deb yuritiladi. Buni paxta yalpi hosili mi­solida ko‘rib chiqamiz (13-jadval).
13-jadval

Yüklə 306,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə