Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari


Dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlarini



Yüklə 306,4 Kb.
səhifə5/9
tarix25.12.2023
ölçüsü306,4 Kb.
#161596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINAMIKA QATORLARI (2)

Dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlarini


hisoblash tartibi



Yillar

YaIM, mlrd. so‘m

Mutlaq qo‘shimcha o‘sish

O‘sish sur’ati,
%

Qo‘shimcha o‘sish sur’ati,%

1% qo‘­shim­cha o‘sish­ning mutlaq ahamiyati, mlrd. so‘m

Bazisli usul

Zanjirsimon usul

Bazisli usul

Zanjirsi-mon usul

Bazisli usul

Zanjirsi-mon usul

2004
2005
2006
2007
2008
2009

302,8
559,1
976,8
1416,2
2128,7
3194,5

-
256,3
674,0
1113,4
1825,9
2891,7

-
256,3
417,7
439,4
712,5
1065,8

100,0
184,6
322,5
467,7
703,0
1054,9

-
184,6
174,7
145,0
150,3
150,1

-
84,6
222,6
367,7
603,0
954,9

-
84,6
74,7
45,0
50,3
50,1

-
3,030
5,592
9,764
14,165
21,273

Dinamika qatorlarining zanjirsimon va bazisli o‘sish sur’atlari o‘za­ro bir-biri bilan bog‘langan.
Zanjirsimon o‘sish sur’atining ketma-ket ko‘paytmalarining yi­­g‘indisi tegishli davrning bazisli o‘sish sur’atiga teng keladi. Ma­salan, 1,846 x 1,747 = 3,225 yoki 322,5%;
1,846 x 1,747 x 1,450 = 4,677 yoki 467,7% va hokazo.
Bazisli o‘sish sur’atining o‘zidan oldingi bazisli o‘sish sur’­a­ti­ga bo‘lingani shu davrdagi zanjirsimon o‘sish sur’atiga teng bo‘­la­di. Masalan, 3,225 : 1,846 = 174,7%
4,677 : 3,225 = 1,450 yoki 145,0% va hokazo.


4. Dinamika qatorlarida o‘rtachani hisoblashning
o‘ziga xos xususiyatlari

Dinamika qatorlarida darajalar o‘rtachasini hisoblash, ular­ning xususiyatiga, qator turiga bog‘liq.


Agar davriy dinamika qatorlaridagi darajalar teng oraliq davr­larda keltirilgan bo‘lsa, u holda mutlaq o‘rtacha daraja o‘rtacha od­diy arifmetik miqdor formulasi yordamida aniqlanadi:

Bu yerda: – o‘rtacha mutlaq daraja;
D1,D2…Dn – har bir davrdagi hodisalarning
mutlaq darajasi;
N – davrlar soni.
Masalan, xo‘jalikdagi mavjud sigirlardan yanvarda – 45 s, fev­­ralda – 47 s, martda – 50 s sut sog‘ib olingan. O‘rtacha oylik so­g‘ib olingan sut necha sentnerni tashkil qiladi?



Demak, 1 kvartalda o‘rtacha oylik sog‘ib olingan sut miq­do­ri 47 s ni tashkil qiladi.
Momentli (paytli) dinamika qatorlarida darajalarning soni va davr oraliqlariga bog‘liq holda o‘rtacha miqdor quyidagi tartibda hisoblanadi:
1. Agar momentli dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko‘p bo‘lib, qator oralari teng bo‘lsa, u holda darajalarning mutlaq o‘r­tacha miqdori o‘rtacha xronologik formula yordamida hisobla­na­di:

Bunda: – o‘rtacha mutlaq daraja;
– har bir davr boshiga mavjud bo‘lgan
hodisalarning darajalari;
n-1 – momentli dinamika qatorlaridagi davrlar soni
birga kamaytirilgan.

Masalan, xo‘jalikda 1-yanvarga – 300 bosh, 1-fevralga – 292 bosh, 1-martga – 304 bosh, 1-aprelga 296 bosh sigirlar bo‘lgan. 1-kvartalda o‘rta hisobda nechta sigir boqilgan?





Demak, 1 kvartalda o‘rtacha 298 bosh sigir boqilgan.
2. Agar momentli dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko‘p bo‘lib, qatorlar oralig‘idagi vaqt o‘zaro teng bo‘lmasa, u hol­da o‘rtacha miqdor tortilgan arifmetik miqdor formulasi yor­damida aniqlanadi:

3. Momentli dinamika qatorda davr boshi va davr oxiriga ma’lumot berilgan bo‘lsa, u holda qator darajalarining o‘rtachasi oddiy arifmetik o‘rtacha miqdorlar formulasidan foydalanib aniq­lanadi:

O‘rtacha darajalar bilan bir qatorda o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi. O‘rtacha qo‘shimcha mutlaq o‘sish quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
yoki
Bunda: – zanjirsimon usulda hisoblangan qatorlar
darajalari;
– qatordagi oxirgi davr darajasi;
– qatordagi birinchi (dastlabki) davr darajasi.
Masalan, 2004-2009-yillarda «A» regionda ishlab chiqarilgan yal­pi ichki mahsulotning qo‘shimcha mutlaq o‘sishini shu for­mu­lalardan foydalanib aniqlaymiz.



yoki
Demak, yilda yetishtirilgan yalpi ichki mahsulotning o‘r­ta­cha yillik qo‘shimcha mutlaq o‘sishi 578,3 mlrd. so‘mni tash­kil qiladi.
O‘rtacha o‘sish (yoki kamayish) sur’ati quyidagi o‘rtacha ge­o­metrik formula yordamida aniqlanadi:



Bu yerda: K – zanjirsimon o‘sish (yoki kamayish) sur’atlari.


«A» region bo‘yicha 2004-2009-yillarda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha sur’ati 254 foizni tashkil qilgan.

O‘rtacha o‘sish (yoki kamayish) sur’atini dinamika qatorlari darajalarining boshlang‘ich va oxirgi darajalariga asoslanib ham aniqlash mumkin:






Demak, «A» regionda 2004-2009-yillarda yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha o‘sish sur’ati 254% ni tashkil qilgan. Turli oraliqlarda berilgan qatorlarda o‘rtacha o‘sish (kamayish) sur’ati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Bunda: mi – oraliqlardagi davrlar kengligi.
Masalan, shirkat xo‘jaligida 2005-2007-yillarda (3 yilda) yal­pi mahsulot ishlab chiqarish o‘rtacha 110,3% ga, 2004-2005-yil­larda (2 yilda) 113% ga o‘sgan. 5 yil ichida yalpi mahsulotning o‘r­­tacha o‘sish sur’ati necha foizni tashkil qiladi?

Demak, shirkat xo‘jaligi bo‘yicha yalpi mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 5 yilda o‘rtacha 111,5% ni tashkil qilar ekan.



Yüklə 306,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə