Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari


Dinamika qatorlarining turlari va ularning farqlanish xususiyatlari



Yüklə 306,4 Kb.
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü306,4 Kb.
#161596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINAMIKA QATORLARI (2)

2.Dinamika qatorlarining turlari va ularning farqlanish xususiyatlari

Dinamika qatorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkich hodisalarning da­rajasi deb atalib, ular har xil xarakterga ega bo‘ladi. Shulardan ayrimlari hodisalarning holatini aniq bir momentga (sanaga), ay­rimlari esa aniq davrga ko‘rsatadi va tavsiflaydi. Shu nuqtayi na­zardan, dinamika qatorlari quyidagi uch turga bo‘linadi:



  1. Momentli dinamika qatorlari;

  2. Davriy dinamika qatorlari;

  3. Hosilaviy dinamika qatorlari.

Momentli dinamika qatorlari ijtimoiy hodisalarning aniq sa­na, moment bo‘yicha holatini tavsiflaydi. Maslan, asosiy ish­lab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lar, ishlovchilarning soni, mol­­lar soni va shunga o‘xshashlar, odatda yil boshiga va yil oxi­riga hisoblanadi va hisobotlarda aks ettiriladi. Yil boshi, yil oxiri yo­ki boshqa bir davrning boshi, oxirida ko‘rsatilgan mutlaq miq­dor­­lar asosida tuzilgan dinamika qatorlari momentli dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Davriy dinamika qatorlari ijtimoiy hodisalarning ma’lum davr­lar ichidagi holatini tavsiflaydi. Masalan, ishlab chiqarilgan pax­ta, g‘alla miqdori, qishloq xo‘jaligi yalpi daromadi, sof da­ro­ma­di, ish haqi fondi kabi mutlaq miqdorlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday mutlaq miqdorlar asosida tuzilgan dinamika qa­torlari davriy dinamika qatorlari deb ataladi.
Hosilaviy dinamika qatorlari davriy va momentli dinamika qa­torlari asosida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, ular dinamika qa­­torlari ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi va o‘shalar asosida tu­zi­la­­di.
Hosilaviy dinamika qatorlari mutlaq ko‘rsatkichlar negizida aniq­langan nisbiy va o‘rtacha miqdorlar negizida tuzil­gan dina­mi­ka qatorlaridir. Masalan, chorva mollari zich­ligi, 1 xodim hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot, 1 gektar hi­sobiga yetishtirilgan mah­su­­lot, mahsulot bir birligiga sarf bo‘lgan xarajat va hokazo miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar hosilaviy dinamika qatorlari hisoblanadi.
Dinamika qatorlari turlariga misollar keltiramiz (10-jadval).

10-jadval



Yüklə 306,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə