Dinamika qatorlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tuzish qoidalari


Dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlari



Yüklə 306,4 Kb.
səhifə4/9
tarix25.12.2023
ölçüsü306,4 Kb.
#161596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DINAMIKA QATORLARI (2)

3. Dinamika qatorlarining tahliliy ko‘rsatkichlari
va ularni hisoblash tartibi


Ijtimoiy hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini dina­mi­ka qa­­­­torlari asosida statistik tahlil qilish uchun quyidagi ko‘r­sat­­kich­lardan foydalaniladi:

  1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati;

  2. O‘sish yoki kamayish sur’ati;

  3. Qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish sur’ati;

  4. 1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq ahamiyati.

Ushbu ko‘rsatkichlar ikki davr darajasini taqqoslash natija­si­da olinadi. Bular, o‘z navbatida, zanjirsimon va bazisli ko‘rsat­kich­­­larga bo‘linadi. Agar dinamika qatorlardagi har bir davr da­ra­jasi­ni bosh­lang‘ich davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan miq­dor ba­­zisli ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar har bir davr darajasini o‘zidan ol­dingi davr darajasi bilan taqqoslansa, olingan miqdor zan­jir­si­mon ko‘rsatkich deb ataladi.
Bazisli mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsat­ki­chini aniqlash uchun har qaysi davr darajasidan boshlang‘ich davr darajasini ayirib tashlash kerak:


Mo = Di – Do.

Bunda: Mo‘ – mutlaq o‘zgarish (mutlaq qo‘shimcha o‘sish


yoki kamayish);
Di taqqoslanuvchi davr darajasi;
Do – bazis (boshlang‘ich) davr darajasi.
Zanjirsimon qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatki­chi­ni aniqlash uchun har qaysi davr darajasidan udan oldingi davr darajasini ayirib tashlash kerak:



Bunda: Di-1 – oldingi davr darajasi.


Mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) ko‘rsatkichi taq­qos­­lanuvchi davr darajasi bazis davri darajasiga nisbatan yoki o‘zi­dan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha birlikka katta yoki ki­chik ekanligini ko‘rsatadi.


O‘sish (kamayish) sur’ati ham ikki usul bilan aniqlanadi: bi­rin­chi usulda, har qaysi davr darajasini boshlang‘ich davr dara­jasiga bo‘lib, 100% ga ko‘paytiriladi. Ikkinchi usulda, har qaysi davr darajasini o‘zidan oldingi davr darajasiga bo‘lib, 100% ga ko‘­paytiriladi. Ya’ni:
Bazisli o‘sish sur’ati (Kbo‘):

Zanjirsimon o‘sish sur’ati (Kzo‘):
Qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’atini aniqlash uchun ham ikki usul – bazisli va zanjirsimon usullardan foydalaniladi.
Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasi bilan bosh­lan­g‘ich davr darajasi orasidagi farqni 100% ga ko‘paytirib, natijasi boshlang‘ich davr darajasiga bo‘linadi:

Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan o‘zidan ol­dingi davr darajasini ayirib, farqni 100% ga ko‘paytirib, natijasi o‘zidan oldingi davr darajasiga bo‘linadi:

1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq miqdorini hisoblash uchun mutlaq qo‘shimcha o‘sish darajasini qo‘shimcha o‘sish sur’atiga bo‘­linadi. Yoki har bir keyingi davr darajasini 100% ga bo‘lib, bit­ta davr pastga tushirib yoziladi.
Demak, 1% qo‘shimcha o‘sishning mutlaq miqdorini hisob­lash uchun zanjirsimon mutlaq o‘sish (kamayish) darajasini zan­jir­simon qo‘shimcha o‘sish (kamayish) sur’atiga bo‘lish kerak.
Yuqorida bayon qilingan usullar asosida dinamika qatorlari­ning tahliliy ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini «A» regionda 2000-2005-yillarda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot mi­so­li­da ko‘rib chiqamiz (11-jadval).
11-jadval

Yüklə 306,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə