Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57

117
zarur. Vegetatsiya  davomida o‘simliklarda infeksiyaning tarqalishini
chegaralovchi omillardan biri fungitsidlar bilan changlatish,
tuproqdagi fitosanitariya holatini yaxshilash tadbirlarini o‘z vaqtida
o‘tkazish kerak.
 Savollar
Bakterial kasalliklarni o‘rganish tarixini aytib bering.
Bakteriyalarning tuzilishi va zarari haqida nimalarni bilasiz?
Bakteriyalarning tarqalishi va hayot kechirishi sharoiti qanday?
Bakteriyalar qanday usullarda ko‘payadi?
Fitopatogen bakteriyalarning klassifikatsiyasi qanday?
Bakterial kasalliklarning qanday belgilari bor?
Bakteriyalar qanday oila va turkumlarga bo‘linadi?
Bakterial kasalliklarga qarshi qanday kurash choralari qo‘llaniladi?


118
9-BOB.  Zamburug‘larning umumiy tafsiloti
Zamburug‘lar — geteratrof organizmlar ichida eng keng
tarqalgan bo‘lib, ularning turlari  soni 100 mingdan ortiqdir.
Evolutsion taraqqiyot jarayonida zamburug‘larning yangi turlari
hosil bo‘lishi davom etmoqda. Ular o‘simlik va hayvonlarga
o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lib, azot va uglevodlar
almashinishini amalga oshiradi, mitseliysini xitin tashkil qiladi.
O‘simlikka o‘xshashligi ularning shimib oziqlanish va cheksiz
o‘sish xususiyatiga egaligidir. Zamburug‘larning ferment hosil
qilish xususiyati yaxshi rivojlangan bo‘lib, shu tufayli turli
sharoitda o‘sa oladi, ko‘pgina fiziologik aktiv moddalarni ishlab
chiqarish xususiyatiga ega. Jumladan, aminokislotalar, oqsillar,
vitaminlar, fermentlar zamburug‘lar tomonidan faol sintez
qilinadigan moddalar qatoriga kiradi. Bu moddalar biotexnologik
jarayonlarda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda,
meditsinada va qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda.
Zamburug‘larning salbiy zarari — qishloq xo‘jalik
o‘simliklarida kasallik keltirib chiqarishida, oziq-ovqat
mahsulotlarining buzilishida, inson va hayvonlar salomatligiga
zararli ta’sirida namoyon bo‘ladi. Zamburug‘lar evolutsiyasi
tabiatda yangi mikrotsenozlarning hosil bo‘lishiga va ularning
yangi parazitlik xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga olib
kelmoqda.
Zamburug‘larni o‘rganadigan fan mikologiya deb nomlanib—
mucos — zamburug‘, logos — fan, ta’limot degan ma’noni
bildiradi va botanikaning bir bo‘limi hisoblanadi. U zamburug‘lar
morfologiyasini, biologiyasini, anatomiyasini, fiziologiyasini,
biokimyosini, ekologiyasini, geografiyasini va ularning tabiatdagi
rolini o‘rganadi. Keyingi yillarda meditsina mikologiyasi va
veterinariya mikologiyasi ham rivojlanmoqda. Achituvchi
z a m b u r u g ‘ l a r d a n   n o n   y o p i s h d a ,   o q s i l g a   b o y   b o ‘ l g a n
shampinionlar va veshinkalardan tanqis taomlar tayyorlashda
foydalanilmoqda.


119
9.1. Zamburug‘lar tuzilishi
Zamburug‘lar xlorofilga ega bo‘lmagan mikroorganizmlardir.
Vegetativ tanasi tuban zamburug‘ vakillarida bir hujayralilari
tallom deb nomlanib (Thallophuta), ko‘p hujayralilarida gifadan
(Mucata) tuzilgan bo‘ladi. Hozirgi zamon tasavvurlari bo‘yicha
zamburug‘lar o‘simlikka o‘xshash cheksiz o‘sish, hujayrada
qutbiylik, hayvonga o‘xshash geterotrof oziqlanish, tarkibida
glikogen hosil qilish va hujayra po‘sti xitin moddasidan
tuzilgandir.
Zamburug‘larning hujayrasi hujayra po‘sti, sitoplazma,
endoplazmatik to‘r, mitoxondriy, ribosoma, vakuola va
yadrodan tuzilgan. Yadrosining tuzilishiga qarab zamburug‘lar
eukariot organizmlarga kiradi. Hujayra po‘sti tashqi va ichki
qavatdan tashkil topgan bo‘lib, qalinligi 0,2 mkm ni tashkil
qiladi. Tashqi membranasi hujayrani himoya qilishga xizmat
qiladi. Hujayraning tarkibini 80—90% polisaxaridlar, oqsil,
polifosfatlar tashkil qiladi. Asosi xitin va sellulozadan iborat
bo‘ladi.
Shuningdek, uning tarkibida 20% gacha gulukuron kislotasi,
mannoza, galaktoza, glukoza ham uchraydi. Hujayra po‘stida xitin,
oqsil va yog‘ ham uchraydi. Masalan, Aspergillis niger
zamburug‘ining hujayra po‘stining tarkibini uglevodlardan glukoza,
mannoza,  arabinoza (73—83%),  geksozamin (9—13%),  li pidlar
2—7%, oqsil 0,5—2,0%, fosfor 0,1% tashkil qiladi. Xitin moddasi
hujayra po‘stining 60% dan ortiq quruq massasini tashkil qiladi.
Hujayra po‘sti ko‘p qavatli bo‘lib, ular fermentlar ta’sirida
parchalanishi mumkin.
9.2. Zamburug‘lar protoplastining tuzilishi
 Hujayra ichidagi suyuqlik qismi protoplast deyilib, bosim
kuchi bilan hujayra devoriga bosib turadi. Unda hujayrada ro‘y
beradigan barcha metobogitik jarayonlar amalga oshadi. Hujayra
po‘stidagi teshikchalar orqali protoplastlar o‘zaro tutashishi
mumkin. Uning tarkibida mitoxondriy, yadro joylashgan
bo‘ladi.
Sitoplazma membranasi hujayra po‘sti va sitoplazma orasida
hosil bo‘ladi. Uning vazifasi hujayraga kirib keladigan va
chiqariladigan moddalarni nazorat qilishdir. Hujayra


120
sitoplazmasi i psimon,  naysimon va pufaksimon tuzilishidagi
organellalardan iboratdir. Sitoplazma ichida joylashgan
organellalar qatoriga Goldji apparati kiradi. U yadro
membranasida, gifalar to‘siqlarida, konidiyalarda hosil bo‘ladi.
Sitoplazma tarkibida oqsil, aminokislotalar, RNK, uglevodlar,
yog‘lar uchraydi.
Vakuola—dumaloq shakldagi tezda ko‘zga tashlanadigan
organoiddir. Unda zaharli moddalar yig‘ilib, hujayra uchun keraksiz
moddalar ham  hosil bo‘ladi.
Lizosomalar — pufakcha shaklida Goldji kompleksi atrofida hosil
bo‘ladi. Ularning vazifasi hujayra uchun zararli bo‘lgan metoboltilarni
chiqarib tashlashdir.
Yadro — ikkita qavatdan tashkil topgan po‘st bilan o‘ralgan
bo‘lib, yadrocha, xromosoma va DNKdan tuzilgan. Zamburug‘larda
bitta, ikkita yoki ko‘p yadro hosil bo‘ladi. O‘lchami 2 — 3 mkm
bo‘lib, vazifasi DNK replikatsiyasini yetkazib berish, irsiy belgilarni
nasldan naslga olib o‘tadi. Yadro konidiyalarning har bir bo‘lagida
bittadan bo‘ladi.
Mitoxondriy — hujayrada energiya manbai hisoblanadi. U tashqi
va ichki membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, ichida kristlar hosil bo‘ladi.
Uning soni yashash sharoitiga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi.
Masalan, aerob sharoitida 5% li glukozada 3—8 ta, 1% li glukozada
10—20 ta, havosiz sharoitda mitoxondriy hosil qilmagan.
Mitoxondriyda fermentlar hosil bo‘lib, unda nuklein kislotalar,
oqsil, uglevodlar, yog‘lar to‘planadi.
Ribosomalar — yadroda hosil bo‘lgan RNK ni to‘playdi. U
transport, ribosomali va informatsion turlarga bo‘linadi.
Ribosomalarni sentrofuga metodi bilan ajratib olish mumkin.
Hujayra tarkibida bundan tashqari yog‘lar, riboflavinlar kabi zapas
moddalar ham to‘planib boradi.
Gifa — silindr  shaklidagi  i psimon ko‘rinishidagi morfologik
strukturadir (30-rasm). Gifaning uchida ko‘p yadroli sitoplazma
joylashgan bo‘lib, yangi hujayrani hosil qiladi. Gifalar bo‘ginlarga
bo‘linmagan, hujayrasiz va bo‘g‘inlarga bo‘lingan, hujayrali
septirovanli bo‘ladi. Hujayrali gifalar xaltachali, bazidiyali va
takomillashmagan zamburug‘larga xosdir.
Gifalarda yangi hujaraning hosil bo‘lishi gifaning uchki
tomoni orqali amalga oshadi. Uchki hujayralarda sitoplazma,
yadro va metoxondriylar mavjud bo‘lib, keksa hujayralarda


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə