Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Marketing nazorati va uning turlari



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/172
tarix08.06.2022
ölçüsü3,25 Mb.
#89126
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   172
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

 
6.4. Marketing nazorati va uning turlari 
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadga erishish darajasini belgilash, 
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash, 
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga 
qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar. 
Marketing nazoratining uch turi mavjud: 
1. 
Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish; 
2. 
Foydalilikni nazorat qilish; 
3. 
Strategik nazorat . 
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga erishishga 
ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing 


101 
xarajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning 
munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi. 
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish 
imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing 
xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda 
tutadi. 
Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad topaetganligini 
va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan iborat. 
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini 
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida 
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo 
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o‘zidagi marketing 
imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo‘qmi shu holat nazorat 
qilinadi. 
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va 
ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash 
maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o‘z ichiga 
makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish 
samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini 
oladi. 
Marketing taktikasi marketing strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadda 
firma mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish 
tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi 
ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq bozorda 
firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liqdir. U 
kon’yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek 


102 
marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi korxonada 
marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bog‘liqdir. 
Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda 
marketingni amalga oshirishni yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va 
tartibga soladi. 
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora-tadbirlarini 
aniqlash yo‘li bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi. 
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida 
rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati 
bo‘yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq 
muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, Delfi 
uslublarini kiritish mumkin. 
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish 
texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, 
chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi. 
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish 
texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari, 
evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-
matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qo‘llaniladi. 
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: 
1.Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash; 
2.Faoliyatning haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini o‘lchash; 
3.Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish 
4.Reja ko‘rsatkichlaridan haqiqiy ko‘rsatkich farqi tahlili 
5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash. 
1974 yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni 
boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko‘rsatib o‘tgan, ya’ni tashqi va ichki muhitni 
omillarini o‘zgarish imkoniyatiga ko‘ra – marketingni nazorat qilishni ochiq va yopik 
tizimlaridir. 


103 
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 6.3 - rasmda 
berilgan. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə