Eritma havo



Yüklə 61,74 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü61,74 Kb.
#181981
  1   2
lab 2


2 - LABORATORIYA ISHI

ERITMA - HAVO” CHEGARA SIRTIDAGI SIRT FAOL MODDANING ADSORBSION QAVATINI QALINLIGINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: “Eritma – havo” chegarasida eritma sirt tarangligini sirt faol modda konsentratsiyasiga bog‘liqligini stalagmometrik usulda aniqlashni o‘rganish. Sirt taranglik va adsorbsiya izotermasini chizish. Sirt qavat parametrlarini aniqlash.


Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: stalagmometr, shtativ, 6 ta kolba, «havo so‘rgich» (grusha), suv va sirt faol modda.
I
shni bajarish tartibi:
Avval 6 ta kolbaning 5 tasiga sirt faol moddaning turli xildagi suvli eritmasi (konsentratsiyasi 1n, 0,5n, 0,25n, 0,125n, 0,0625n


1-rasm. Stalogmometr tuzilishi

Eritma tayyorlab olinadi. 1 ta kolbaga 10 ml suv solinib, stalagmometr yordamida uning tomchilar soni aniqlanadi. Buning uchun nayning yuqori va pastki qismida ikkita belgi (qornidan pastda va yuqorida) qo‘yilgan. O‘lchash vaqtida stalagmometr shtativga o‘rnatiladi. Stalagmometr o‘rta qismi (qorni) keng va pastki uchi kapilyar bo‘lgan shisha naydan iborat (1-rasm). Uning yuqorigi uchiga rezina trubka kiydirib, uning yuqorigi belgisiga yetguncha «havo so‘rgichi yordamida» suyuqlik so‘riladi. Yuqorigi belgidan pastki belgigacha qancha suyuqlik tomchisi hosil qilishi aniqlanadi.


Keyin sirt faol moddaning 5-6 xildagi konsentratsiyali eritmasidan olinib, tomchilar soni aniqlanadi. Tajriba vaqtida turtki, zarbalar, havo tebranishlari va harorat o‘zgarishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 6 ta kolbadagi suyuqliklar tajribadan o‘tkazilgandan so‘ng sirt faol moddalarning sirt tarangligi hisoblab topiladi.
Sirt taranglik qiymati quyidagicha hisoblanadi.

σ0suvning sirt tarangligi, σ0=72,75;
nsuv – suvning tomchilar soni; nSFM – sirt faol moddaning tomchilar soni;

Olingan natijalar 1-jadvalga yoziladi.


1-jadval






Yüklə 61,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə