Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va


Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish yo’llari



Yüklə 405,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü405,79 Kb.
#155690
1   2   3   4   5   6
Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol – Spot 1698405856498

Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish yo’llari
Lekin shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan oqilona
foydalanilyaptimi? Agar kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni
rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi o‘rnini tahlil qiladigan
bo‘lsak, ularda 
hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni
tashkil qilish darajasi sustligi ko‘zga tashlanadi
.
Masalan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish hamda
muvofiqlashtirish jarayoni hamon murakkabligicha qolib, rasmiy xarakter kasb etmoqda.
Afsuski, erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal
etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.
Ayniqsa, “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek,
farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy
sarmoya larni jalb qilish ishlari sust. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya
tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda ham muammolar kuzatilmoqda.
Vaholanki, mazkur hududlarda investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid
kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni davr taqozo qilmoqda. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga
doir 
me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, zarur bo‘lsa davr talablariga moslashtirish,
barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarur
.
Qolaversa, yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini ham soddalashtirish lozim.
Masalan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyi halar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan
iborat edi. Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, ularning soni 4 ta etib belgilandi. Shu bilan birga, yangi
tizim — hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning loyihalarni ko‘rib chiqish va ruxsat berish
huquqlari kengaytirildi.
Bundan tashqari, hukumat tomonidan 
imtiyozlar
yaratiladi. Iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun
investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarga kredit ajratishni
yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar qabul qilinadi.
Boshqa qator muammolar ham mavjudki, ular ishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Masalan, ayrim
erkin iqtisodiy zonalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va ishlab chiqarish
infratuzilma obyektlarini qurish bilan bog‘liq masalalar haligacha oxiriga yetkazilmagan. Bu

Yüklə 405,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə