Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va


mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor



Yüklə 405,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü405,79 Kb.
#155690
1   2   3   4   5   6
Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol – Spot 1698405856498

mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor
hududlar tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport


tizimini kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim.
Aynan shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni jalb
etishning unumli shakli bo‘lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida
ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo‘nalishda jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan va
o‘z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz.
O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda
mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha
jadallashgan. Xususan, “
Navoiy
”, “Angren”, “Jizzax”, “
Urgut
”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp”
erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq
etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”,
“Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin
iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish,
xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi
ochilgan.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan
foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi
ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import
nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati
shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil
barcha soliqlardan ozod etilgan.
Reklama joylashtirish
Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan
unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida mazkur binolar
negizida 
kichik sanoat zonalari
tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha
mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.
Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga
oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi
bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi


buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11
ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Yüklə 405,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə