Ernest Heminguey ikki suhbat



Yüklə 112,45 Kb.
səhifə1/6
tarix26.10.2023
ölçüsü112,45 Kb.
#132237
  1   2   3   4   5   6
Ernest Heminguey


Ernest Heminguey
IKKI SUHBAT


Ernest Miller XEMINGUEY (Hemingway) (1899.21.7, Ok-Park, Chikago yaqinida — 1961.2.7, Ketchem, Aydaxo shtati) — amerikalik yozuvchi. Nobel mukofoti laureati (1954). Xeminguey 1917 y.dan Kanzas-Sitida jurnalistreportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (191418). Xeminguey 1928 y.gacha Parijda, 1939-60 y.larda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924). «Quyosh chiqadi» (1926, inglizcha nashrlarda «Fiesta» nomi bilan chop etilgan), «Alvido, qurol!» (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, insoniy mardlik, qadr-qimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.
1930-y.larning 1-yarmida yozuvchi hayot yo’lini qayta mulohaza qilib ko’rishga, o’z ijodining muayyan yo’nalishlarini aniklashga intiladi. Natijada «Peshindan keyingi o’lim» (1932), «Afrikaning yashil tepaliklari» (1935), «G’olibga bayroq berilmaydi» (1933) hikoyalar to’plami dunyo yuzini ko’radi. «Ho’kizning shoxi», «Frensis Makomberning baxti», «Kilimanjaro qorlari» (1936) hikoyalari, «To’qchilik va yo’qchilik» (1937) romanida Xeminguey ijodiy yuksalishi ko’zga tashlanadi.
Xeminguey 1931—39 y.lari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari,«Motam qo’ng’irog’i» (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yo’lida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun o’zlarining mas’ul ekanliklarini qalban his etadilar.
2-jahon urushidan keyin Xeminguey ijodida yangi davr boshlangan. Badiiy jihatdan ancha yuksak bo’lgan «Daryoning naryog’ida, daraxtlar soyasida» (1950) romani, «Chol va dengiz» (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Xeminguey 20-asrda o’zigagina xos bo’lgan qat`iy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qit’asidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga tez-tez murojaat qiladigan bo’lishdi.
«Chol va dengiz», «Alvido, qurol!» va boshqa asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.


Yüklə 112,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə