Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


Bilish  jarayonining  o’sishi



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

Bilish  jarayonining  o’sishi.

  Mazkur  yoshdagi  bolalar  o’z  idroklarining  aniqligi,  ravonligi 

bilan  ajralib  turadilar.  Buni  ularda  birinchi  signal  sistemasining  ustunligi  bilan  izohlash  mumkin. 

Ta`lim  jarayonida  o’quvchilar  idroki  perqeptiv  faoliyat  darajasiga  ko’tariladi.  Birinchi  va  ikkinchi 

sinflarda o’quvchilarning diqqati etarli barqaror emas. 3-4-sinf o’quvchilari esa butun dars davomida 

o’z diqqatlarini saqlab tura oladilar. Lekin ular uchun ham dars davomida qisqa tanaffuslar foydalidir. 

Bolalarda  birinchi  signal  sistemasi  ustun  bo’lganligi  sababli  mantiqiy  xotiradan  ko’ra  ko’rgazmali-

harakatli  xotira  muhimroq  rol`  o’ynaydi.  Ta`lim  jarayonida  o’quv  materiallarining  ma`nosini,  turli 

mulohazalarni  ilmiy  asoslarni  eslab  qolish  va  esga  tushirish  orqali  o’quvchilarda  mantiqiy  xotira 

takomillashadi. Uning rivojlanishi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq.  

Kichik  maktab  yoshdagi  tafakkurning  xususiyatlaridan  biri  narsalarning  ba`zi  belgilari 

doimiyligini  payqab  olmaslikdir.  Bolalar  tafakkurining  bu  xususiyatini  shveycariyalik  J.Plaje 

o’rgangan.  Narsa  va  hodisalarning  xossalari,  qonuniyatlariga  ko’ra  muhim  belgilarga  asoslanib 

umumlashtirish xususiyati esa keyinroq shakllana boshlaydi. Bolalar ancha vaqtgacha predmetlarning 

muhim  va  nomuhim  belgilarini  ajrata  olmay  qiynaladilar.  Shuning  uchun  tushunchani  to’g’ri 

umumlashtirish  usullarini o’rgatish kerak.  




Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə