Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

Go’daklik  davri.

  2-3  oydan  1  yoshgacha  davrni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  yosh  davrda  etakchi 

faoliyat  kattalar  bilan  emocional  muloqotdir.  Bu  muloqot  sekin-asta  birgalikda  faoliyatga  aylanib 

boradi.  Muloqot  davomida  nutqning  asoslari  rivojlanib  boradi.  2  oydanoq  bolalarda  g’o’ldirash 

belgilari paydo bo’ladi.  

Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-

40  ta  so’zni  o’zlashtirish  kerak.  Kattalar  bilan  muloqot  davrida  bolaga  yurish,  predmetlar  bilan 

harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.  




 

15 


O.Bryune ma`lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat`iy nazar psixik 

rivojlanishda  bir  xil  natija  ko’rsatadilar.  1  yoshgacha  bo’lgan  davrda  ota-onasidan  ajralgan  bolalar 

oiladagi sharoitidan kat`iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.  

1  yoshgacha  bo’lgan  davrda  bola  psixik  jarayonlar  va  sifatlarning  rivojlanishida  katta 

natijalarga  erishadi.  Avval  boshini  tutishni,  emaklashni,  6  oyga  borib,  o’tirishni  o’rganadi.  3-4 

oylikdayoq  predmetlarni  ushlay  boshlaydi  va  harakatlarni  namoyon  qiladi.  Bu  harakatlar  avvaliga 

tartibsiz  bulib,  bola  ko’p  xato  qiladi,  keyinchalik  sekin-asta  harakatlar  aniqlasha  boradi.  Go’dak 

predmetlar bilan oddiy manikulyaciya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – 

ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.  

Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va 

produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi.  

Bu  yosh  davri  nutqning  rivojlanishidagi  senzitiv  davri  hisoblanadi.  1,5  yoshgacha  bola  100 

tacha,  2  yoshgacha  300  tacha,  3  yoshgacha  1500  so’zni  o’zlashtiradi.  Tilning  grammatik  tuzilishini 

o’zlashtirish bir necha bosqichga bo’linadi.  

1.

 

Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorif so’z o’zaklardan iborat.  



2.

 

3  yoshgacha  davrda  esa  ona  tilining  grammatik  tuzilishini  o’zlashtira  boshlaydi.  Ilk  bolalik 



davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.  

Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola 

predmet va  jismlarning  nomlarini  engil  o’zlashtirib  oladi.  Tadqiqotchi E.K.Kaverlanning tajribasida 

tasdiqlanganidek bolaning predmetlarni tushunishi quyidagi tartibda yuz beradi:  

1)

 

bola eng avval predmetlarning nomlanishini; 



2)

 

katta odamlarning va o’yinchoqlarning nomlarini o’zlashtiradi;  



3)

 

tana a`zolarining nomlarini o’zlashtiradi.  



Ilk  bolalik  davrida  bola  shaxsi  shakllanishi  boshlanadi.  Bolada  “men  o’zim”  konsepciyasi 

vujudga  keladi.  Bu  yosh  davri  3  yoshlilar  krizis  davrining  yuzaga  kelishi  bilan  tugaydi.  Krizisning 

sababi  bolada  ma`lum  darajada  mustaqillikka  ehtiyojning  paydo  bo’lishi,  kattalarning  esa  eski 

munosabatlar tipini saqlab qolishidir.  

Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o’sishi davom etadi. 

Bosh  miya  og’irligi  1350g-gacha  etadi,  ikkinchi  signal  sistemasi  rivojlanadi.  Bolaning  ijtimoiy 

situaciyasi  o’zgaradi.  O’yin  faoliyati  etakchi  faoliyat  turidir.  Rolli  o’yinlar  jarayonida  ular  katta 

odamlarning  barcha  vazifa  va  ishlarini  amalda  bevosita  bajaradilar.  Rolli  o’yinlarni  vujudga 

keltiruvchi  eng  zarur  omillardan  biri,  bolada  o’z  xatti-harakatlarini  kattalar  xatti-harakati  bilan 

solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir. Bolalarning o’yin faoliyati D.B.el`konun, 

A.S.Slavina,  A.P.Usova  va  boshqa  psixologlar  o’rganishgan.  O’yin  faoliyati  ixtiyoriy  diqqat  va 

xotiraning,  tafakkurning  rivojlanishini  belgilab  beradi.  Bola  predmet  va  harakatlarni  birlashtirishni 




 

16 


o’rganadi.  Bolaning  hayoli  ham  faqat  qiyin  faoliyatdagina  rivojlana  boshlaydi.  3  yoshdan  7 

yoshgacha barcha bilish jarayonlari o’sadi, sezgirlik kuchayadi, bola sensor etalonlarni o’zlashtiradi, 

xotiraning  hajmi  o’sadi.  Ilk  bolalik  davrida  ko’rgazmali  harakatli  tafakkur  va  sekin-asta  mantiqiy 

tafakkur shakllari etakchi rol` o’ynay boshlaydi. Bolaning tafakkuri tarli faoliyatlarda, xususan, o’yin 

faoliyatida  rivojlanadi.  Predmetlarni  ularning  simvollari  bilan  almashtirish  yuz  beradi.  Bilish 

jarayonlari  va  o’yin  faoliyati  bola  nutqini  rivojlantiradi.  Bolaning  nutqi  situativ  xarakterga  ega, 

maktabgacha  yosh  davrining  oxiriga  kelib  esa  u  o’z  ona  tilini,  grammatik  tuzilishini  yaxshi 

o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi.  

Bola  shaxsining  rivojlanishida  ham  o’zgarishlar  yuz  beradi.  Uning  shahsiy  xulq  atvori 

aktivligida  esa  motivlar  shrarxiyasi  paydo  bo’la  boshlaydi.  O’zining  va  tengdoshlarining  ishlarini 

baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi. Maktabgacha  yosh davr davomida 

maktab  ta`limiga  tayyorlik  shakllanadi.  6  yoshli  bolada  bilimga  qiziqish,  (narsa  va  hodisalarning 

xossalarini  qidirish  va  taqqoslash,  ajablanish)  oddiy  aqliy  operaciyalarni  bajara  olish  qobiliyati 

shakllangan bo’lishi, emocionalg’irodaviy jihatlari, muloqot ko’nikmalari etarlicha bo’lishi kerak.  

 


Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə