Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


his-tuyg’uning o’sishi (jonlanish)



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

his-tuyg’uning o’sishi (jonlanish). 

Chaqaloqning  hayoti  qichqiriq  sadosi  bilan  boshlanadi  va  bu  ko’pincha  shartsiz  reflektor 

xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush orlag’i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, 

organizmning  tabiiy  ehtiyoji  natijasida  vujudga  keladi.  Qisilish  avval  nafas  olish  refleksini  ham 

boshqaradi.  Shunga  qaramay,  mutaxxassis  olimlarning  fikricha,  birinchi  qichqiriq  noxush  his-

tuyg’uning namoyon bo’lishidir. Qisilish tanglik (zo’riqish) tuyg’usining vujudga kelishidir. Shuning 

uchun chaqaloqdagi muskul reaktsiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq 

noxush  kechinma  va  sezgilarga  javob  tariqasida  vujudga  kelib,  issiqqa,  ochlikka  va  namlikka 

qarshilik  vazifasini  bajaradi.  Chaqaloqni  to’g’ri  tarbiyalash  jarayonida  qichqiriq  emotsional 

kechinmalarning  yana  bir  turi  yig’lashga  aylanadi.  Yig’lash  bola  jismniy  og’riqni,  ruhiy  qayg’uni, 

iztirobni  tabiiy  aks  ettirishining  manbai  bo’ladi,  tashqi  olam  bilan  aloqa  o’rnatishning  eng  zarur 

vositasi  sifatida  chaqaloqning  hayot  faoliyatida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  U  noxush 

tuyg’ularnigina  aks  ettirib  qolmay,  tabiiy  ehtiyojzlarni  qondirish  mexanizmi  sifatida  xizmat  qilishi 

mumkin.  

Bola  bir  oyga  to’lgach  o’zini  parvarish  qilayotgan  odamga  initiladigan,  talpinadigan  bo’ladi 

va buning misoli tariqasida uning kishilar orasida “o’z” kishisini tanishi va ajratishin aytish mumkin. 

Mazkur  psixolog  holatni  N.L.Figurin  va  M.P.  Denisovalar  “jonlanish”  deb  ataganlar.  Bu 

davrda,  bolaning  psixik  dunyosida  tetiklik,  his-tuyg’usida  esa  atrof-muhitdan  ta’sirlanisho’z  aksini 

topadi.  Ularning  fikricha,  bolaning  katta  yoshdagi  odamlarga  o’z  munosabatini  bildirishi  uning 

bundan keyingi o’sishini belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi. 

Psixolog E.K.Kaverina bolaning tashqi ta’siriga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamning 

va jismlarga munosabat bir  xilligini  ta’kidlaydi.  Uning  fikricha, insonning  aft-angoriga  qarab  ijobiy 

his-tuyg’ular  uyg’onishi  keyinchalik  vujudga  keladi.  Ta’sirga  berilish  va  ta’sirlanishning  mazkur 

shakli  bola  bilan  kattalar  o’rtasidagi  aloqaning  boshlang’ich  ko’rinishi  hisoblanadi.  Shaxslararo 

aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi. 

Psixolog  D.B.Elkonin  nazariyasiga  ko’ra  chaqaloqlik  davridan  ilk  bolalik,  go’daklik  davriga 

o’tishning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bular: 

1.

 



Ko’z  va  quloq  yordamida  diqqatni  muayyan  ob’ektga  qaratish  (to’plash)ning  paydo 

bo’lishi,  bola  harakat  faoliyatining  qayta  qurilishi  boshlangani,  alohida  namoyon 

bo’luvchi harakatning xulq hodisasiga aylanishi. 

2.

 



Sirtdan  idrok  qilinuvchi  barcha  ob’ektlarga  (sub’ektlarga)  yo’nalgan  alohida 

qo’zg’atuvchiga nisbatan shartli reflekslar hosil bo’lishi. 

3.

 

Katta  yoshdagi  odamlarga  (onasiga  va  yaqin  kishilarga)  nisbatan  emotsional  reaktsiyalar 



(his-tuyg’ular, kechinmalar) yangi ehtiyoj paydo bo’lishining ko’rsatkichi ekanligi. 

4.

 



Bolaning  (chaqaloqning)  kattalar  bilan  muloqatda  bo’lish  ehtiyoji  uning  keyingi  psixik 

o’sishi negizini tashkil etish va hokazolar. 

 


Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə