Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


 Go’daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

1. Go’daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari 

Chaqaloqlik 

(tug’ilganidan  boshlab  bir-ikki  oylikkacha).  Bola  ko’pchilik  jonivorlarning 

bolasiga  qaraganda  ancha  ojiz  tug’iladi.  U  nisbatan  cheklangan  xulq-atvor,  tashqi  olamga 

moslashishning  muqarrar-reflektor  shakllari  jamg’armasiga  ega  bo’ladi.  Tug’ma  xulq-atvor 

shakllarining  kamligi  bola  kuchsizligini  emas,  kuchini  tashkil  etadi  –  u  deyarli  cheksiz  aqliy 

rivojlanish,  xulq-atvorning  yangi  shakllariga  ega  bo’lishning  yangi  tajribalarini  o’zlashtirish 

imkoniga  sohib  bo’ladi.

  Chaqaloq  rivojlanishining  farqli  xususiyatlari  shuki,  uning  analizatorlari 

faoliyati  somatik  (jismoniy)  harakatlarga  qaraganda  tezroq  shakllanadi.  Shu  asosda  munosabat 

refleksi  rivojlanadi  va  xilma-xil  shartli  reflektor  aloqalari  shakllana  boshlaydi.  Chaqaloqlik  davri 

oxiri  va  go’daklikning  boshlanishida  «tetiklanish  kompleksi»  -  kattalarnnig  paydo  bo’lishiga 

munosabat bildirish paydo bo’ladi.  



Go’daklik

da  (bir-ikki oylikdan  bir  yoshgacha)  go’dak  to’laligicha  kattalarga  bog’liq  bo’ladi 

(uni  ovqatlantirishadi,  Yuvintirishadi,  yo’rgaklashadi,  ag’darib  qo’yishadi,  qo’lga  olishadi,  sayr 

qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o’rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi  yili so’ngiga 

kelib go’dak ayrim so’zlarni tushunadi va ilk so’zlarni ayta boshlaydi.

 Tasodifan odamlar davrasidan 

chiqib  qolgan  inson  bolasi  o’z  rivojlanishida  insoniy  imkoniyatlar  darajasigacha  ko’tarila  olmaydi. 

Faqat  ijtimoiy  muhit  va  ta’lim  natijasidagina  bolada  insonlarcha  his  qilish  va  fikrlashga  qodir 

shaxsiyat  shakllanadi.  Go’daklik  so’ngida  bolalar  kattalarga  taqlid  qila  boshlaydilar.  Maqsadli 

harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat 

jarayonida, o’zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o’rganadi. 


Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə