Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


 Ilk bolalik yoshi tavsifi



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

2. Ilk bolalik yoshi tavsifi 

Ilk bolalik yoshi (bir yoshdan uch yoshgacha)

. Ko’pchilik psixologlar tug’ilgandan voyaga 

etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo’lining o’rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli 

bola  o’z-o’ziga  xizmat  qila  oladi,  atrofdagi  odamlar  bilan  o’zaro  munosabatga  kirishishni  biladi. 

Bunda u og’zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi.  Bola 

uch  yoshda  etarlicha  faol  va  atrofdagilarga  tushunarlidir.  Uning  xarakteri  va  temperamenti 

xususiyatlari allaqachon namoyon bo’la boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi: 

 

Besh yoshdan to mengacha 



 bir qadam, 




 

10 


Tug’ilishdan besh yoshgacha 



 abadiyatdir. 



²omiladan tug’ilishgacha 



  girdobdir, 



Yo’qlikdan homilagacha 



 mavhumlikdir. 

Bolaning  psixik  rivojlanishiga  to’g’ri  Yurishga  o’rganish  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi. 

Lokomosiya («loko» - joy, «mosiya»-harakat) dasturi hali shakllanmagan, shuning uchun bola doimo 

muvozanatini yo’qotadi. ²arakatlana olishi qobiliyati tufayli bola tashqi dunyo bilan nisbatan erkinroq 

va  mustahkamroq  muloqot  qilish  davriga  kirib  keladi.  Mushak  hissi  masofani  hisoblash  va 

buyumlarning  makondagi  joylashuvini  aniqlash  mezoniga  aylanadi.  Bolaning  psixik  rivojlanishiga 

predmetlar  harakati  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Narsalar,  predmetlar  mohiyati  bola  tomonidan  bolalik 

davrida  egallanadi.  Bolalik  oxirida  (hayotning  uchinchi  yilida)  yangi  faoliyat  turlari  (rasm  chizish, 

kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) Yuzaga kela boshlaydi.  

Predmetli  faoliyatda  belgilangan  taasssurotlarning  to’planishi  bola  nutqining  rivojlanishi 

uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Faqat  so’z  ortida  real  dunyo  obrazlari  turgandagina  bu  so’zning 

o’zlashtirilishi  muvaffaqiyatli  kechadi.  Agar  bola,  ma’lum  bir  sababga  ko’ra,  bu  yoshda  nutq 

rivojlanishi  uchun  zarur  shart-sharoitdan  mahrum  bo’lsa,  unda  yo’qotilgan  imkoniyat  o’rnini 

to’ldirish  oxir-oqibat  juda  murakkab  bo’lib  qoladi,  chunki  bu  yosh  nutq  rivojiga  nisbatan  senzitiv 

(sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o’zlashtirilishi ancha samarali kechadi.  

Ilk  bolalik  yoshi  –  bolada  faol  nutq  shakllanishi  davridir.  Bir  yarim  yoshgacha  bola  30-40 

tadan  100  tagacha  so’z  o’zlashtiradi,  ikkinchi  yil  oxirida  bola  300  tagacha,  uchinchi  yil  oxirida  esa 

1500 tagacha so’z ishlatadi.  

Nutq  rivojlanishi  ona  tilining  tovush  xususiyati  va  grammatik  tuzilishini  egallashni  taqozo 

etadi. Dastlab bola nutqni so’zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo’li 

bilan  qabul  qilsa,  ikkinchi  yil  oxiriga  kelib  u  ona  tilining  barcha  tovushlarini  fonematik  qabul 

qiladigan  bo’ladi  va shu asosda  lug’at  va  so’zlarni  to’g’ri  talaffuz  qilishni  o’rganadi.  Faol nutqning 

shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.  




Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə