Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish.  

Bolalik  avvalida  bola  atrofidagi  predmetlar  xususiyatini,  predmetlar  orasidagi  eng  oddiy 

aloqalarni  ilg’aydi  va  ulardan  foydalana  boshlaydi.  Bu  predmetli  faoliyat,  oddiy  elementar  o’yin 

shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog’liq ravishda ro’y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish 

uchun asos bo’ladi.

 Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash 

harakatlarining  yangi  turlari  tashkil  etadi.  Bu  yoshda  avtodidaktik,  o’zi  o’rgatuvchi  o’yinchoqlar 

(matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi.  

Ko’rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik 

eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so’ngida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabul 

qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham ro’y beradi.  

Fikrlash  rivoji  uchun  vositali  harakatlar  juda  muhim.  Vosita  bolaning  predmet  dunyosiga 

ta’sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul 

qiladi.  

Hayotning  uchinchi  yilida  bola  aqliy  rivojlanishida  muhim  siljish  sodir  bo’ladi  –  ongning 

belgili

 

(yoki  ramziy)  funksiyasi  shakllana  boshlaydi.  U  bir  ob’ekt  o’rnini  bosuvchi  sifatida  boshqa  bir 



ob’ektdan  foydalanish  imkoniyatidan  iborat.  Bunda  predmetlar  bilan  emas,  balki  ularning  o’rnini 

bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi. 

Turli  belgilar  va  ularning  tizimidan  foydalanish  –  inson  psixikasining  o’ziga  xos  eng 

xarakterli  xususiyati.  Belgilarning  har  qanday  turi  (til,  matematika  ramzlari,  surat  va  musiqada 

mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda 

hodisalar vazifasini  bajaradi  va  anglatadi. Erta  yoshda  belgili  funksiya dastlab  amaliy  faoliyat  bilan 

bog’liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so’zlardan foydalanishga o’tiladi. 

Bola va katta yoshdagi odam.



 

Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo 

bo’ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat o’rnatiladi. 

 

Reja 

1.

 

Chaqaloqlik davri psixologik xususiyatlari. 




 

11 


2.

 

Go’dak va muloqot. 



3.

 

His-tuyg’uning o’sishi 



 Chaqaloqning  yangi  sharoitda  yashashini  ta’minlovchi  asosiy  omil  tug’ilishda  unda  vujudga 

kelgan  tabiiy  mexanizmlardir.  U  tashqg’i  sharoit  va  muhitga  moslashish  imkonini  beradigan, 

nisbatan  etilgan  nerv  sistemasi  bilan  tug’iladi.  Tug’ilganidan  boshlab  mazkur  reflekslar 

organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi. 

Birinchi  kundanoq  kuchli  qo’zg’atuvchilarga  nisbatan  ko’zni  qisish,  pirpiratish,  uning 

qorachig’ini  kengaytirish  yoki  toraytirish  mexanizmlari  ishlay  boshlaydi.  Bu  reflekslarni  himoya 

reflekslari deyiladi.  

Chaqaloqda  himoya  reflekslaridan  tashqari,  qo’zg’atuvchilar  bilan  aloqa  o’rnatishga  xizmat 

qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda 

ikki  uch  kunlik  bola xonaga  quyosh  nuri  tushishi  bilan  boshin  yorug’lik  tomonga  burishi,  chaqaloq 

xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi. 

Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bolada bir necha tug’ma tabiiy reflekslar ham 

uchraydi;  emish  refleksi  og’ziga  tushgan  narsani  so’rishga  o’z  ifodasini  topsa  qo’l  kaftiga  biror 

narsaning  tegishi  ushlash,  chang  solish  reaktsiyasini  vujudga  keltiradi.  o’zidan  narsani  itarish, 

uzoqlashtirish  refleksi  mavjudligini  kursatadi  va  bu  hol  tovonga  qandaydir  jism  tegishi  bilan  uni 

o’zidan uzoqlashtirishda namoyon bo’ladi. 

Psixolog 

 V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilshiga qadar ham shartsiz reflekslar 

bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi. 

Tug’ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining 

chiqib  ketishi,  vaznsizlik  holatian  atmosfera  bosimiga,  quyosh  nuriga,  turli  xususiyatli  moddalar 

ta’siriga,  o’zgaruvchan  havo  haroratiga  moslashish  davrida  ko’p  kuch-quvvat  sarflanishidir.

  Bu 

davrning  kechishida  chaqaloqlarning  ham  individual,  sham  jismoniy  tafovutlari  ko’zga  tashlanadi. 



Oradan  ko’p  vaqt  o’tmay  chaqaloq  vaznnining  kamayishi  tabiiy  ravishda  to’xtaydi  va  uning  yangi 

muhitga  moslashishi  boshlanadi.  Kindik  tushish  davri  organizmda  keskin  o’zgarishlar  yuz  berish 

pallasi  hisoblanib,  murg’ak  organnning  mustaqil  yashayotganidan  dalolat  beradi.  Chaqaloqning 

oldingi vazniga etish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. 

Chaqaloq organizmining anatomik- fiziologik, morfologik tuzilish bo’yicha, boshqa yoshdagi 

odamlarnikidan  farqi  ham  rivojlangani,  zaifligi,  ish  qobiliyatining  kuchsizligidir.

  Uning  suyak 

sistemasiE,  pay-muskullari  va  tog’ay  to’qimalarining  o’sishi  katta  yoshdagi  kishilarnikidan  ham 

sur’at,  ham  sifat  jihatidan  farqlanadi.  Chaqaloqdagi  muskullarning  takomillashishi  harakat  negizini 

vujudga  keltiradi;  shu  birga  har  bir  biologik  organning  mutaqil  harakati  va  faoliyatini  ta’minlashga 

xizmat qiladi. Bolada bo’yin muskullarining o’sishi bo’ynini tutishga olib kelsa, tana muskullarining 

rivojlanishi kattalar yordamida ag’anash imkonini, qo’l va oyoq muskullarining etilishi esa jismoniy 

harakat qilish, jismlarga qo’l cho’zish uchun sharoit yaratadi. 

Chaqaloqning  anotamik-fiziologik  tuzilishini  tahlil  qilsak,  uning  suyak  sisitemasida  ohak 

moddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvohi bo’lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko’proq 

tog’ay  to’qimalari  bajaradi.  Bosh  suyaklari  bolalarning  ikki  oyligida  o’zaro  qo’shilib  ketadi.  Bosh 

suyakning  peshona  va  tepa  qismlari  o’rtasida  liqildoq  deb  ataladigan  qalin  parda  va  teri  bilan 

qoplangan oraliq mavjud bo’ladi.

 U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, 

lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi.  

Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari 

tashqi  ko’rinishi  bilan  katta  odamnikiga  aynan  o’xshasa  ham,  aslida  undan  ko’p  farq  qiladi. 

Odamlarni  o’zaro  qiyoslasak,  ajoyib  manzarani  ko’ramiz:  miyaning  og’irligi  chaqaloq  tanasining 

sakkmzdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga 

nisbatan  kattaroq  ko’rinsada,  u  hali  juda  bo’sh,  mukammallashmagan  bo’ladi. 

Ularning  organizmi 

jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3-5 kg bo’lishiga qaramay, 

miyasining  og’irligi  300-350  grammni  tashkil  qiladi,  xolos.  Chaqaloqning  miyasi  xujayralarining 

miqdori,  “ariq”chalarning  yaqqol  ko’zga  tashlanmasligi,  nerv  xujayralri  tarmog’i  jihatidan  katta 

odamlarning miyasidan farq qiladi.  




 

12 


Yuqoridagi  fikrlarni  isbotlashda  harakat  qilgan  psixolog  E.A.Arkinning  ta’kidlashicha,  -bola 

tug’ilishga harakat qilayotgan paytida uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv 

tolalarida mislin qobig’i bo’lmaydi.   

Chaqaloq  boshqa  yosh  davridagi  odamlarga  qaraganda  kuchsiz,  zaif,  ojiz  ko’rinsa-da,  ba’zi 

jihatlari  bilan  kattalardan  ustunlik  qiladi.  E.A.Arkinning  fikricha,  chaqaloqlik  davrining  kuchli 

jihatlari ko’pincha uning o’sish quvvatida o’z ifodasini topadi. U har oyda ikki sm dan o’sadi, uning 

og’irlig  har  kuni  1,6-2  grammdan  ortib  boradi.

  Uning  shiddatli  sur’at  bilan  o’sishi  ko’proq 

individning  vegetativ  nerv  sistemasi,  ichki  sekretsiya  (buqoq,  qalqon  osti  va  usti)  bezlarining 

faoliyatiga  bevosita  bog’liqdir.  Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  ichki  sekretsiya  bezlari  ishlab 

chiqargan  maxsus  gormonlar  qonga  so’rilib,  organizmning  jismoniy  o’sishini  belgilaydi. 

Chaqaloqning  g’oyat  jadal  sur’atlar  bilan  o’sishi  shu  davrning  o’ziga  xos  xususiyati  bo’lib,  uning 

o’ishiga ta’sir etuvchi omillar ovqat, sof havo, quyosh nuri, nafas olish, parvarish va hokazolar. 

Odatda  chaqaloqning  nerv  faoliyati  shartsiz  va  shartli  reflekslar  ta’sirida  vujudga  keladi. 

Shartsiz  tug’ma  reflekslar  bolaning  tug’ilishi  arafasida  etarli  darajada  etilishi  sababli  unda  qon 

aylanish,  nafas  olish,  ovqat  hazm  qilish,  siydik  chiqarish  singari  eng  muhim  vegetativ  funktsiyalar 

amalga  oshadi.  Masalan  qorni  och  chaqaloqlar  labiga  biror  narsa  tegishi  bilan  unda  emish  harakati 

vujudga kelib, so’laklari oqa boshlaydi. Bu ovqatlanishning shartsiz refleksi deyiladi. 

Bolada  taassurot  olish  ehtiqji  paydo  bo’lishi  bilanoq,  orientir  refleksi  bilan  aloqa  o’rnatadi, 

hissiy  ilish  organlarining  tayyorlik  darajasiga  muvofiq  mavjud  ma’lumotlarni  qabul  qiladi  va  shu 

jarayonda  o’zini  ham  rivojlantiradi.  Chaqaloqning  ko’ruv  va  eshituv  apparati  dastlabki  kundanoq 

ishga  tushsa  ham,  ular  hali  etilmagan  bo’ladi.  Shu  sababli  ko’rish  sezgisini  yorug’lik,  eshitish 

sezgisini esa qattiq tovush vujudga keltiradi. Bola harakatdagi jismlarni kuzatishga intilsa ham, aslida 

qimirlamay  turgan narsalarga  ko’proq  diqqatini  to’playdi.  Uning  ruhiy  dunyosida  ko’ruv  va  eshituv 

apparatlariga  mos  ravishda  diqqatning  muayyan  ob’ektga  to’planishi  jarayoni  asta-sekin  vujudga 

keladi. 


Chaqaloqning  sezgi  organlari  uning  harakatiga  qaraganda  durustroq  rivojlangan  bo’ladi. 

Masalan,  chaqaloq  achchiqni  shirindan,  issiqni  sovuqdan,  ho’lni  quruqdan  farqlay  oladi.  Uning  hid 

bilish  organlari  juda  zaif  bo’lishiga  qaramay,  burniga  yoqimsiz  hidli  modda  yaqinlashtirilsa, 

bezovtalanadi. Bola teri tuyush, haroratni his qilish, sezish, og’irlikni faxmlash, ta’m bilish sezgilari 

ham etarli darajada rivojlangan bo’ladi.  

Chaqaloqda  jismlarni,  odamlarni,  atrof-muhitni  kattalar  kabi  yaxlit  va  aniq  idrok  qilish 

imkoniyati  bo’lmaydi.  Chunki  idrok  qilish  insonning  boshqa  psixik  jarayonlari  (xotira,  tasavvur, 

tafakkur),  ruhiy  holatlari  (his-tuyg’u,  o’ng’aysizlanish)  va  o’ziga  xos  tipologik  xususiyatlari  bilan 

uzviy  bog’liqlikda  amalga  oshadi.  Shuning  uchun  chaqaloqda  mazkur  imkoniyat  o’ta  cheklangan 

bo’lib, sezgi organlari oddiy aks ettirish imkoniyatiga ega.  

Yangi  tug’ilgan  bolada  kuchli  yorug’likni aks  ettirish  imkoni  bo’ladi  va  u  yorug’likdan  turli 

darajada  va  shaklda  ta’sirlanadi,  hatto,  ko’zlarini  yumib  oladi.  Ko’rish  mexanizmlari  hali  o’sib 

ulgurmagani  sababli  tinch  holatdagi  yoki  harakatdagi  jismni  idrok  qila  olmaydi.    Goho  o’n  kunlik 

chaqaloq  harakatdagi  jismga  nigoh  tashlagandek  ko’rinsa-da,  aslida  unga  bir  necha  sekund 

termilishdan nari o’tmaydi. 

Chaqaloqda eshitish sezgisi zaif rivojlangan bo’lsa ham, u hali o’zi eshitishga moslashmagan 

kuchli qo’zg’atuvchilarni (tovush, qichqiriqni) aks ettira oladi, biroq tovush kelayotgan ob’ektni aniq 

topa olmaydi. 

Ko’rish  va  eshitish  organlarining  muayyan  ob’ektga  yo’nalishi  oyoq-qo’l  va  boshning 

harakatida, bolaning yig’lashdan to’xtashiga ko’rinadi. 

N.L.Figurin  va  M.P.Denisovning  ia’kidlashicha,  bolaning  bir  oylikkacha  davridagi  tetiklik 

holati (uyg’oqligi) ko’rish va eshitishga yo’nalgan shartsiz reflekslar tufayli faollashib boradi; tovush 

ta’siriga berilish 2-3 haftalikda vujudga keladi. Shuning uchun bola surnay sadosiga quloq soladi va 

yig’idan  yoki  harakatdan  to’xtaydi.  Bir  oylik  bo’lgach  unda  orientir  refleksi  namoyon  bo’ladi. 

(I.P.Pavlov).  Shu  sababdan  chaqaloq  gaplashayotgan  odamga  tikiladi  va  ixtiyorsiz  hatti  harakatdan 

o’zini tiyib turadi.  




 

13 


Bola ob’ektni ko’rish va tovushni eshitish uchun diqqatini to’playdigan bo’lgach harakatining 

faollashuvida  ancha  o’zgarishlar  ro’y  beradi.  Odatda  uning  harakati  ixtiyorsiz  va  tartibsiz  ravishda 

amalga oshib, jismlarga ko’z yugurtirish, boshini burish bilan tugasa ham, harakat hodisasi vazifasini 

bajaradi:  o’zida  hulqining  sodda  ko’rinishini  ifodalab,  bolani  voqelik,  tashqi  olam  bilan  uzviy 

bog’laydi. 

D.B.Elkonin fikricha,  chaqaloq hayotininng  uchinchi  haftasida  onaning emizishdagi  holatiga 

moslashish  bilan  bog’liq  birinchi  tabiiy  shartli  refleks  vujudga  keladi  va  keyinchalik  esa  ba’zi 

qo’zg’atuvchilarga javob tariqasida alohida shartli reflekslar ham paydo bo’ladi. 




Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə