MEMUAR ASAR
"Memuar" fransuzcha "esdalik" ma'nosini anglatadi. Muallifning o'zi qatnashgan yoki ko'zi bilan ko'rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. Oybekning "Bolalik", A. Qahhorning "O'tmishdan ertaklar" asarlari memuarning namunalaridir.
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda muallif ishtirokchi yoxud tonig' (guvoh) sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos olimdan farq qilib, real voqelikning o'zi bevosita qatnashgan yoinki ko'rgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif o'z kuza-tish va dunyoqarashigagina tayanadi. Shuning uchun ham memuar asarda yo hikoyachining o'zi yo bo'Imasa, uning nuqtai nazari old o'rinda boiadi. Bu holni "Boburnoma" misolida yaqqol ko'rish mumkin.
16
1.2. Bobur hayoti va ijodining akademik litsey darsligida o„rganilishi.
Boburdan bizga ulkan meros qoldi. Bu meros shoirning devonlari, ―Boburnoma‖si. U Xoja Ubaydulloning ―Risolayi volidiya‖sini o‗zbekchalashtirdi, musulmon axloqiga oid ―Mubayyin‖ asarini yaratdi, ―Xatti Boburiy‖ni ixtiro qildi.
―Boburnoma‖ – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‗z davrining ko‗plab kishilarining turli vaziyatdagi kechinmalari, , siyosiy ahvoli haqidagi ma‘lumotlar jamlangan. Osiyoning ko‗plab tog‗lari, daryolari, o‗rmon va cho‗llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
―Boburnoma‖ – o‗zbek nasrining go‗zal namunasi. Bu paytgacha Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‗u bilig‖ asarining muqaddimasida, Rabg‗uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog‗onaga olib chiqdi. Biroq ―Boburnoma‖ o‗zbek nasrining o‗ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko‗rsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab o‗tgan davri voqealari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xo‗jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‗lgan qamrovga ega. Ya‘ni unda O‗rta Osiyodan Hindistongasha bo‗lgan o‗lkalardagi deyarli 50 yillik voqealar tasvirlangan.
―Boburnoma‖dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo‗nda, ta‘sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e‘tiborlidir6.
Biz 9-sinf va akademik litseylardagi (II qism darsligi) shoir hayoti va ijodiga oid ma‘lumotlar darsliklarda berilgan ma‘lumotlarning ―Asosiy qismi‖ hisoblanadi. Bobur hayotidan qisman bo‗lsa-da xabardor bo‗lgan o‗quvchilar endi uning dunyoni lol qoldirgan durdona asarlari bilan tanishadilar. Ko‗rganimizdek, darsliklar izchillik bilan bir-birini to‗ldirib boradi. 5-sinf adabiyot darsligida Bobur hayoti va asarlari haqida o‗quvchilar keng va umumiy ma‘lumot oladilar. 9-sinf adabiyot darsligi tarix fani bilan bog‗liqlikda boburiylar saltanati asoschisining ziddiyatli hayoti tasviriga qaratilgan. Ya‘ni unda 12 yoshli Boburning taxtga o‗tirishi voqealaridan tortib, Hindistonda buyuk davlat tuzishigacha bo‗lgan voqealar qalamga olingan.
6 To‘xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun). – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 157-158-betlar.
17
Akademik litsey darsligida ―Boburnoma‖ asari va ―Mubayyin‖, ―Xatti Boburiy‖
hamda ―Risolayi volidiya‖ asarining tarjimasi haqida ma‘lumot berilgan.
Ayrim adiblarning tarjimayi holini o‗rganishda boshqa kishilar, mashhur shaxslar, yirik olimlar, buyuk davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan foydalanish ta‘limda yaxshi samara beradi. Shu sababli Z.M.Bobur hayoti haqida so‗z yuritganda bunday mulohazalardan foydalanmoq lozim. Ammo taassufki, biz o‗rganayotgan siymo haqida maktab darsliklarida ham, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklarida ham birorta shaxsning mulohazasi keltirilmaydi, balki umumiy ma‘lumot beriladi, xolos. Agar Bobur ijodi va shaxsiyati to‗g‗risidagi ba‘zi qarashlar o‗quvchilar hukmiga havola etilsa maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Chunki bu orqali o‗quvchi ijodkor shaxsiyati haqida kengroq tushuncha hosil qiladi.
“U turli go„zal fazilatlar, maqtovlarga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvat peshaligi ustun kelardi”(Hasanxo„ja Nisoriy).
“Bobur dilbar shaxs. Uyg„onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo„lgan, u san‟atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko„rardi”(Javoharlal Neru).
“U turli go‘zal fazilatlar, maqtovlarga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelardi”(Mirzo Haydar).
“Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining
Dostları ilə paylaş: |