|
Espublikasi oliy va
|
səhifə | 4/37 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 1,57 Mb. | | #104340 |
| aliqulova durdona bmi tayyor(1)Tadqiqot metodlari. Innovatsion ta‘lim metodlari, hamkorlikda o‗qitish,
loyihalash, muammoli ta‘lim, o‗yin texnologiyalaridan hamda ular tarkibida qo‗llaniladigan interaktiv metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning tuzilishi: Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topgan.
5
I BOB. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining o„rganilishi
1.1. Umumta‟lim maktab darsliklarida Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodining o„rganilishi
―…Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma‘rifatli, ayni
paytda o‗zining o‗tmishi, ulug‗ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va
kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak‖2 ligini har bir
murabbiy chin yurakdan his qilmog‗i lozim. Buni o‗quvchi-yoshlarga tez va
oson yetib borishini ta‘minlashda esa, bizga adabiyot fani yordamga keladi.
Chunki, adabiyotning bosh vazifasi ham tarbiyalashdir. O‗z shaxsiyati va
asarlari bilan insonlarga ibrat bo‗la oladigan, ularga ma‘rifat nuri
ulashadigan buyuk siymolarning hayoti va faoliyatini o‗rganishimizning
ham asl mohiyati shunda.
―Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o‗rganish uning dunyoqarashini aniqlashga yordam beradi. Bu esa unga to‗g‗ri baho berish uchun zamin hozirlaydi‖. Ba‘zan yozuvchi va shoirlarning hayotini o‗rganish shart emas, degan qarashlarga ham duch kelamiz. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to‗plash ilmning chinakam ―qora ishi‖ sifatida baholanishi kerak. Sababi, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va san‘atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini to‗g‗ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adib hayotiga oid ma‘lumotlar o‗zi yozib qoldirgan tarjimayi hollardan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin.
2 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1999, 55-бет. 6
Aql-zakovati va salohiyati bilan butun dunyoni lol qoldirgan Zahiriddin
Muhammad Bobur aynan namuna qilib ko‗rsatishga arzigulik shaxs edi. Shuning uchun umumta‘lim maktablarining 5-, 9-sinf o‗quvchilari va o‗rta maxsus ta‘limning 2-kurs talabalari uchun mo‗ljallangan darsliklarda shoh va shoir Boburning hayot yo‗li, ijodiy merosi atroflicha bayon qilingan. Bunda o‗quvchilarning yosh xususiyatlari e‘tiborga olingan holda, darsliklardagi ma‘lumotlar izchillik bilan soddalikdan murakkablikka, mavhumlikdan aniqlikka tomon siljib boradi. Bu xususiyatni aniqroq ko‗rsatib berish uchun darsliklarga murojaat qilamiz:
5-sinf adabiyot darsligidagi ma‟lumotlar3
Zahiriddin Muhammad Bobur ham shoh, ham shoirdir. ―Bobur‖ so‗zi arab tilida ―sher‖ degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o‗rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o‗z yurtiga sig‗magan temuriyzoda Bobur Hindistgtonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o‗rnatdi. O‗z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur iste‘dodli shoir edi. U go‗zal g‗azallar yozdi. Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko‗rgan-kechirgan voqealari haqida ―Boburnoma‖ asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U so‗zni go‗zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob yozgan shohlardan edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‗ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‗ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‗ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
3 (Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik). II qism. – T.: Sharq, 2011-yil, 107-108-betlar. )
7
Bo‗lajak shoir 12 yoshida otasi bevaqt vafot etib, Andijonni boshqarish
uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‗ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‗ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‗ldan berib goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‗ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‗tdi. Kobul va G‗aznani qo‗lga kiritdi. So‗ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‗rnatdi.
U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‗chiriladi.
5-sinf adabiyot darsligida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida qisman to‗xtalib o‗tilgan, xolos. Biz bu darslikdagi ma‘lumotni ―ZahiriddinMuhammad Bobur hayotiga kirish‖ deb baholash mumkin. O‗qituvchi 5-sinf darsligida berilgan ma‘lumotlarni o‗quvchilarga quyidagi interaktiv metodlardan foydalanib mavzuni mustahkamlashni tavsiya etamiz.
Quyidagi jadval orqali o‗quvchilarning xotirasida Boburning shoh sifatidagi, shaxs sifatidagi, shoir sifatidagi ma‘lumotlari to‗planadi va tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|