|
Espublikasi oliy va
|
səhifə | 3/37 | tarix | 05.04.2023 | ölçüsü | 1,57 Mb. | | #104340 |
| aliqulova durdona bmi tayyor(1)Bu səhifədəki naviqasiya:
- Ishni
Tadqiqotning maqsadi: Asarni o‗rganishda belgilab olingan maqsadlar quyidagilar:
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatini darsliklarda berilishi, o‗rganilishi;
Umumta‘lim maktablari va akademik litseylarda o‗rgatilishini tahlil etish
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasini o‗rganishda interaktiv metodlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish;
Ishning yangiligi: Yuqorida aytib o‗tganimizdek, Bobur hayoti va ijodi o‗zbek adabiyoti va metodika sohalarida o‗rganilgan bo‗lsa-da, Zahiriddim Muhammad Bobur hayoti va ijodini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv metodlardan foydalangan holda o‗qitilishi o‗rganilmagan edi. Biz o‗z bitiruv malakaviy ishimizda mana shu jihatga e‘tibor qaratdik.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Ish amalga oshirilish jarayonida maktab va akademik litsey darsliklarida o‗quvchilarning o‗quv, bilim faoliyatini izchil shakllantirishga yo‗naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, umumta’lim maktablari va akademik litseylarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, interaktiv metodlardan foydalangan holda o‘qitilishi va Bobur hayoti va ijodini o‗rganish bo‗yicha tegishli interaktiv metodlar, ko‗rsatma va tafsiyalar beriladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyekti umumta‘lim maktablari va akademik lisey adabiyot darsliklari va unga kiritilgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid materiallarni tashkil qiladi. Bundan
4
tashqari Bobur hayoti va ijodiga bag‗ishlangan monografiyalar, va tadqiqotlardan
ham foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|