Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari


Tafakkurning asosiy shakllari



Yüklə 79 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü79 Kb.
#149266
1   2   3
ESTETIK TARBIYANING TURLARI VA YO’NALISHILARI

Tafakkurning asosiy shakllari
Tushuncha predmet va xodisalarning umumiy, muxim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi xamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Xar bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada Bo’lganligi uchun ko’p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos Bo’lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruxiga tegishli Bulib, umumiy belgilar xisoblanadi. Masalan, xar bir kishi faqat o’zigagina xos Bo’lgan ruxiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruxiga (mexnat jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mexnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos Bo’lgan umumiy belgilarga ega. Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud Bulishi uchun zarur Bulib, uning tabiatini, moxiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muxim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud Bulishi uning o’z maydoni, axolisi, xokimiyat organlariga ega Bulishini taqoza etadi. Nomuxim belgilar predmetning moxiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo’qolishi bilan predmetning tabiati o’zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli Bulishi individning inson sifatida mavjud Bulishi uchun muxim emas. Shuni xam aytish lozimki, predmet belgisining muxim yoki nomuxim Bulishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda Bulishimizga qarab xam belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muxim Bulmagan belgilar, boshqa munosabatda muxim Bulishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muxim Bo’lsa, inson sifatida mavjud Bulishi uchun muxim emas. Bunday muxim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muxim belgilari deyilib, obyektiv muxim belgilardan (predmetning mavjud Bulishi bilan zaruriy aloqada Bo’lgan belgilardan) farq qiladi. Nixoyat, predmet to’xtovsiz xarakatda, taraqqiyotda Bo’lganligi uchun, vaqt o’tishi bilan uning muxim Bo’lgan belgisi nomuxim Bo’lgan belgiga yoki, aksincha, nomuxim belgisi muxim belgiga aylanishi mumkin. Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muxim axamiyatga ega Bo’lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi. Demak, tushunchada predmet o’zining muxim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari Bulishi mumkin. Masalan, «Xamza Xakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muxim belgilari (xususan, «Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) xam fikr qilinadi. 99 Tushunchaning xissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga aloxida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o’zimiz yozib o’tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to’grisida tasavvurga ega Bulishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib Bulmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o’zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani xolda, ularning xar biriga xos Bo’lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muxim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan spetsifik beliglar Bulib xam xizmat qiladi. Tushuncha predmetning nomuxim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to’laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u xissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan o’zoqrokda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muxim belgilarini in’ikos qilishi, moxiyatini aks ettirishi bilan xissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, tularoq ifoda etadi. Tushuncha, xissiy bilish shakllaridan farqli ularoq, inson miyasida to’gridan-to’gri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan xolda xosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirishlardan iborat. Taqqoslash yordamida predmetlar o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi. Taqqoslash analizni taqoza qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit xolda solishtirib Bulmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko’ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi kismlar, tomonlarga ajratilib, xar qaysisi aloxida o’rganiladi.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə