Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari


Muammo. Faraz (gipoteza) Nazariya



Yüklə 79 Kb.
səhifə3/3
tarix13.12.2023
ölçüsü79 Kb.
#149266
1   2   3
ESTETIK TARBIYANING TURLARI VA YO’NALISHILARI

Muammo. Faraz (gipoteza) Nazariya.
Ilmiy bilishda mantiqning nafaqat tushuncha, hukm xulosa chiqarish va argumentatsiya haqidagi ta'limotlari, balki bilim rivojlanishi shakllari bo’lgan muammo, faraz va nazariya ham muhim rol o’ynaydi. Oliy o’quv yurti talabalarida bilim rivojlanishining bu shakllari haqida yetarli tushuncha mavjud bo’lmaydi va shuning uchun ular bu tushunchalarni bir yoqlama yoki tor ma'noda tushunishadi. Bilim rivojlanishi shakllari haqida yetarli tushunchaga ega bo’lmaslik ilmiy-tadqiqot, amaliy va pedagogik faoliyatda ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Muammo. Muammo tushunchasini uni xarakteristikasini ochib berish orqali tushunish mumkin. Muammo – bu masalaning o’ziga xos shaklidir. Masala esa bu predmetlarning xossa va munosabatlaridagi aniq va aniqlanishi lozim bo’lgan jihatlarni ifodalagan mulohaza. Masalalarning tiplari turli hil bo’ladi: yechish metodi – algoritmi aniq bo’lgan masala, ahamiyatiga ko’ra yechilishi lozim bo’lgan masala, yechish metodini ishlab chiqish lozim bo’lgan masala.
Muammo deb amaliy va nazariy jihatdan muhim, yechish usullari noma'lum yoki qisman noma'lum bo’lgan masalaning o’ziga hos tipiga aytiladi. Muammoni ikki turi mavjud: rivojlanmagan va rivojlangan.
Rivojlanmagan muammo qo’yidagi jihatlar bilan xarakterlanadi:
Birinchidan, bu nostandart masala, ya'ni yechish algoritmi mavjud bo’lmagan (algoritm noma'lum yoki bo’lishi mumkin emas) masala. Ko’pincha bu qiyin masala;
ikkinchidan, bu ma'lum bir bilim asosida vujudga kelgan masala, ya'ni bilish jarayonining qonuniy natijasi sifatida vujudga kelgan masala;
uchinchidan, bu yechimi bilishda vujudga kelgan ziddiyatni bartaraf etishga yo’naltirilgan masala (nazariya yoki kontseptsiyadagi alohida qoidalari, nazariya qoidalari va nisbatan fundamental nazariyalar o’rtasidagi ziddiyatlar) hamda talab va uni qondirish vositalari o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan;
to’rtinchidan, yechish yo’llari ham ko’rinmaydigan masala.
Yuqorida ko’rsatilgan jihatlarni dastlabki uchtasiga ega bo’lgan hamda yechishi uchun u yoki bu konkret ko’rsatmalarga ega masalalar rivojlangan muammo yoki muammo deyiladi. Muammoni o’zi uni yechimini konkret ko’rsatmalari darajasiga qarab turlarga bo’linadi.
Shunday qilib, rivojlangan muammo – bu “ba'zi noma'lumlar haqidagi bilimdir”, shu noma'lumlikni bartaraf etish yo’llari haqidagi u yoki bu darajadagi konkret ko’rsatmalardir.
Muammo uch qismdan iborat:
1. Tasdiqlar tizimi (dastlabki bilim bayoni);
2. Savol (“U yoki buni qanday aniqlashtirish yoki topish”);
3. Ehtimoliy yechish yo’llariga ko’rsatmalar.
Rivojlanmagan muammoni ta'rifida uchinchi qism mavjud emas.
Muammo deb nafaqat yuqorida ko’rsatilgan turlar haqidagi bilimlarga, balki rivojlanmagan muammoni shakllantirish, keyin birinchi darajali rivojlangan muammoni ikkinchi darajali rivojlangan muammoga aylantirishga ham aytiladi.
Muammo bilim rivojlanishi jarayoni sifatida bir necha bosqichlardan iborat:
Rivojlanmagan muammoni shakllantirish;
Muammoni rivojlantirish – birinchi darajali keyinchalik ikkinchi darajali rivojlangan muammoni uni yechish yo’llarini konkretlashtirish orqali shakllantirish;
Muammoni yechish;
Gipoteza. Insonning ilmiy va amaliy faoliyatida hali noma'lum bo’lgan hodisa, sabab va xususiyatlar uchraydi. Ularni tushuntirish uchun turli xarakter va ishonchlilik darajasiga ega taxminlar ilgari suriladi. Ular hech bir asosga ega bo’lmagan uydirma, fantoziya bo’lishi yoki fan va amaliyot tomonidan ilgari surilgan muammolarni yechimi hamda keyinchalik ishonarli bilim ham bo’lishi mumkin. Bu taxminlar mantiqda gipoteza (faraz) deb ataladi.
Gipoteza - bu o’rganilayotgan hodisani sabab va xossalarini tushuntirish uchun ilgari surilayotgan asoslangan taxmin tarzidagi bilim rivojlanishining shaklidir.
Gipoteza bilim rivojlanishi shakli sifatida qator ketma – ket bosqichli murakkab fikriy jarayondir. Asosli taxmin sifatida gipoteza tadqiq etilishida kuzatish, analiz, umumlashtirish va boshqa mantiqiy usullardan foydalanuvchi faktlarga asoslanadi. Fan o’nlab, yuzlab yillar davomida keyinchalik inkor etilishi yoki ilmiy nazariyaga aylanishi mumkin bo’lgan gipotezalarni ilgari surish uchun faktlar to’plab beradi. Masalan, qadimgi yunon faylasuflarining materiya atomlardan tuzilganligi haqidagi ta'limoti. Bu gipoteza edi. Atomning mavjudligi tajribada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib olimlar tomonidan maxsus asboblar yordamida uning og’irligi va tuzilishi tajribada isbotlangandan keyin aniqlandi.
Gipotezaning turlari: umumiy, xususiy va ishchi gipoteza. Umumiy gipoteza deb o’rganilayotgan hodisaning qonunlari haqidagi asosli taxminga aytiladi. Olimlar borliq hodisalarini o’rganib ular o’rtasidagi doimiy aloqalarni aniqlaydi, bu esa o’zida ochilmagan qonunlarni yashirib yotgan ma'lum bir qonuniyatlarni namoyon bo’lishidan darak beradi. Mana shu asosda qonunning mavjudligi haqida gipoteza ilgari suriladi. Agar u tasdiqlansa ilmiy nazariyaga aylanadi.
Umumiy gipotezalar fanni rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ularning ko’pchiligi ilmiy nazariyaga aylangan. Masalan, Ch.Darvining hayvon va o’simlik turlarini kelib chiqishi haqidagi ta'limoti, A.Eynshteyn nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi va boshqalar.
Xususiy gipoteza alohida hodisalarning sabab va xossalari haqidagi asosli taxmindir. Masalan, vrach bemorga tashxis qo’yib, kasallik sabablari haqida taxmin qiladi. Tergovchi jinoyat motivlari haqida taxmin qiladi. Xususiy gipoteza tergov va sud amaliyoti, sud ekspertiza va tezkor – qidiruv ishlarida keng qo’llaniladi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo’lib, o’z oldiga o’rganilayotgan xodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo’ymaydi, balki faqat kuzatish va tajriba natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.

    2. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.

    3. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.

    4. Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə