Estetik va ekologik tarbiya Reja: Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari



Yüklə 34,73 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü34,73 Kb.
#154328
Estetik va ekologik tarbiya


Estetik va ekologik tarbiya
Reja:

  1. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.

  2. Ekologik tarbiya va uning ahamiyati

  3. Estetik tarbiya va ekologik tarbiyaning bir biridan farqli jihatlari

Estetik tarbiya - o’quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik ong va munosabatni


shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik
jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo'lgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo'lgan inson shaxsini
shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir. Estetik tarbiyaning maqsadi: o’quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo'lgan axloqiy-
estetik, insonparvarlik ideallarini, go'zallikni ko'ra olish, his qilish, tushunish va yaratish
ko'nikmalarini shakllantirish.
Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo'ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo'llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e’zozidagi va xalq e’tiboridagi shaxslarni ibrat namuna qilib ko'rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g'oyaviy asosdir.
Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go’zallik kategoriyasidir. Uning ma’nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini ta’minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go'zallik tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik:
• go’zallik - bu kishining qalbi go'zalligi;
• go’zallik - bu kishining istarasi issiqligi;
• go‘zallik - bu kishining go'zal xulq egasi bo'lishi;
• go’zallik - bu bamisoli daraxt, yaprog’i - axloq, ildizi - ichki dunyo, mevasi -yaxshi
fazilat. Xullas, odam bolasidagi go'zallik - tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari,
yana eng yaxshi xulq- atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan
odamiylikdan iborat (Mirzakalon Ismoiliy). Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi
ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir.
Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g'oyat murakkab, ko’p qirrali
dinamik jarayon bo'lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib
borishning optimal variantlarini qo'lga kiritish mumkin.
“Estetik tarbiya - o'quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning
ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda to'g'ri
tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish va
hayotiga go'zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir”.
“Estetik ta’lim-tarbiya — insonda zavq uyg’otuvchi va uni harakat, shijoat va
qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko'rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy-
estetik tafakkurni shakllantirish”.
“Estetik rivojlantirish - bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik
faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan
jarayondir. Bu jarayon ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U
shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog'liq bo'lib, turli yo'llar va
shakllar yordamida amalga oshiriladi. U jamiyat estetik madaniyatini turli ma’naviy va
moddiy ko'rinishlarda tushunib olishni ta’minlaydi”.
Talaba-yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:
• estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;
• estetik jihatdan bilimdonlik;
• estetik ko'nikma va malakalarning shakllanganligi;
• estetik his-tuyg'uning mukammalligi;
• o'z mehnatidan zavq ola bilish va natijani baholay olish qobili- yatlarining, hissiyot
va qobiliyatlarining mavjudligi;
• go'zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy xislatlar
majmualaridan iboratdir.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarda ma’naviy jihatdan go'zallikni
his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san’at asarlarini sevishni shakllantirish,
tarix va me’moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg'otish, jonajon tabiatimizga
ongli munosabatda bo'lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini
qadrlay bilish ko'nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni
tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar
hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kinoteatrlar, galereyalar, o‘tmish
obidalari, tarixiy me’morchilik yodgorliklari, san’at asarlari va tarixiy madaniy joylar va
hayot tarzimizdagi borlig‘imiz hamda ulardagi go‘zalliklar talaba-yoshlarimizni estetik ruhda tarbiyalashga asos bo’ladi. Estetik tarbiya vositalari - talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Bunda san’at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo‘shiq, boshqa musiqaviy harakatlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagog-o'qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda hayotdagi chiroy – bu axloqiy va estetik tarbiyaning
natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va mehnat unumdorligi,
odamlarning kundalik hayoti, o’zaro munosabatlar bilan chambarchas bog’liq.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan.
Bular:
-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
-tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib boorish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan.
San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas.
Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin.
1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7tasinigina ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi ko’zlanadi.
4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab beradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib keladi.
Bu borada birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”-degan purma’no hikmat bor.

Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.


Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.
Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otishda qo‘l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‘otish mumkin. Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog‘langan. Bunda har bir asarni o‘qib tahlil qilish vaqtida va o‘quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatni muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o‘quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda «Tabiatni asrash-Vatanni asrash», «Tabiatni e’zozlaylik» kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o‘qitilayotgan xalq og‘zaki ijodi misolida esa o‘quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o‘rganadilar.
O‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‘simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o‘rni ochib beriladi. O‘qilgan badiiy asarlar misolida, o‘tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish va toshbag‘irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlar inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishadi. Masalan, Respublikada 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim.ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shunday holda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki boshqa bir misol. Dunyo bo‘yicha har yili taxminan 6-7 mln.gektar yer ishdan chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. 3 sm qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300-500 yil vaqt zarur. 18 sm qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700 yil talab etiladi. Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat boyligi ekanligi, uni asrab avaylash kishining kelajak oldidagi burchi hisoblanishini uqtiriladi. Har bir Mehnat ta’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda hayotdagi chiroy – bu axloqiy va estetik tarbiyaning


natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va mehnat unumdorligi,
odamlarning kundalik hayoti, o’zaro munosabatlar bilan chambarchas bog’liq.

ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. С.А. Ҳайдаров. (2020). Ўзбекистон тарихини ўқитишда “Зафарнома”дан
фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
2. Сулаймон Амирқулович Ҳайдаров. (2020). Тарих дарсларида
интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8).
666-671
3. Ҳайдаров С. (2020). Ўзбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни
уйғунлашган ҳолда қўллашнинг методик талаблари. Academic Research in
Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
4. Ҳайдаров Сулаймон Амирқулович. (2020). Тарих фанини ўқитишга оид
экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
5. С.А. Ҳайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан
фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
Yüklə 34,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə