12
topshirig`i bilan yil sayohatlarda bwladi, bir necha mahalliy tillarni wrganadi, wz vataniga
qaytishda neuyaliklar tomonidan asir olinadi va qamoqda wzining manbalarga boy sayohatnomasini
yaratadi.
Bu davrda yashab, ijod qilgan Sharqning buyuk mutaffakir tarixchisi Rashididdinni (1247-
1318) alohida qayd qilib wtish lozim. Uning ajoyib solnomalar twplamida turk va mwg`ul
qabilalari haqida juda qimmatli tarixiy-etnografik ma`lumotlar mavjud.
Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo
asarida, rus solnomalarida, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzod Samarqandiy va boshqa ulug`
ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin.
Temur davlati, Movarounnahr va qwshni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy
hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengiz asari –
«Boburnoma» alohida diqqatga sazovordur. Bu asar wnlab Evropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk
wzbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur kwp wlkalarni zabn etgan, boshidan wtgan voqealarni, wzi
boshqargan yoki wrgangan wlkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha
twxtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan.
XVI asrda barcha tarqoq ma`lumotlarni yig`ib, hindilarni birinchi bor muntazam ravishda
tasvirlagan italiyalik insonparvar yozuvchi Petro Matir, meksikalik darvish olim Bernardino de
Saagun, episkoplar Bartolome de Las Kasas va Diyego de Landa asarlari diqqatga sazovordir.
Wsha davrda yashab ijod qilgan frantsuz faylasufi va publitsisti Mishel Monten «Tajribalar»
asarida, keyinchalik XVII asr – «ma`rifat asri»da paydo bwlgan buyuk mutafakkirlar – italyan
Viko, ingliz Furgyusson, frantsuzlar Russo, Didro, Monteske, Volter, Kondorse asarlarida
insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasivrlangan, ibtidoiy bolalik davri «saxiy vahshiy»lar yoki «oltin
asr» deb ta`riflanib, uni asoslashda etnologik ma`lumotlardan keng foydalanilgan. Ibtidoiy
jamiyatni ideallashtirish atoqli ma`rifatchilar Jan Jak Russo va Deni Didro asarlarida fantastik
ravishda aks ettirilgan.
860-1870-yillarda yangi fan – Etnologiya bilan bog`liq ravishda paydo bwlgan turli jamiyatlar
va jurnallar bilan bir qatorda har xil kasbdagi kishilar tomonidan yaratilgan (keyinchalik, klassik
asarlar deb tanilgan) ajoyib tadqiqotlar Etnologiya ilm sohasi ekanligini twliq tasdiqladi. Atoqli
tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Vastion, Teodor Vays, Yulius Lippert, Genrix Shurs kabilar,
angliyalik Djon Furgyusson, Mak Lennan, Jon Lyubbok, Gerbert Spenser, Eduard Teylor, frantsuz
Charl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Morgan kabilarning kwp jildlik asarlari Etnologiya fani
qonuniy ravishda twg`ilganligini isbotlovchi dalillar edi.
Turli xalqlarni, ayniqsa, Evropadan tashqaridagi elatlarni wrganish amaliy ehtiyojlar uchun
ham zarur bwlgan. XIX asr boshlariga kelib, Evropaning eng qudratli davlatlari wzlarining katta
mustamlakalarini boshqarish uchun u erda yashovchi xalqlarning maishiy turmushi va madaniyatini
bilishga muhtoj edi.
Demak, dastlab Etnologiya Evropaning yirik mustamlakachi mamlakatlariga xizmat
qiladigan vosita sifatida qoloq, ya`ni hali wz davlatiga ega bwlmagan xalqlarni wrganuvchi fan
shaklida paydo bwlgan. Shu holatda XX asrning birinchi wn yillilarigacha davom etgan va keyin
etnoslar ijtimoiy-iqtisodiy rivojidan qat`i nazar wziga xos kishilar birligi twg`risidagi
tasvvurlarning yuzaga kelishi bilan Etnologiya faniga munosabat wzgardi. U metodologik jihatdan
jahondagi barcha etnoslarni baravar wrganuvchi ilmiy soha deb tanildi.
Xalqlar twg`risidagi bu fanning teran ildizlari 1789-yili Germaniyada ilmiy ywnalish shaklida
paydo bwlib, noEvropa xalq va madaniyatlarni wrganishni maqsad qilib qwygan. XIX asrning 30-
yillaridan boshqa xalqlarni ham wrganuvchi fan saohasi sifatida «Etnologiya» atamasi kiritila
boshlangan. Shu bilan bir vaqtda nemis fanida yangi ywnalish paydo bwlib, uni «Xalqshunoslik»
deb nomlashgan, bu ywnalish asosan, nemis tilli xalqlar va madaniyatlarni tadqiq qiluvchi fan
sohasi bwlib hozirgacha saqlanib kelmoqda.
13
AQShda Etnologiya Evropaga nisbatan bir oz keyinroq rivojlana boshlagan. Bu erda irqiy
munosabatlar jiddiy bwlganligi tufayli Amerika antropologiyasi dastlab jismoniy antropologiya
muammolarini, irqiy va madaniy tafovutlarni tadqiq qilgan. Ushbu ywnalish uning asoschisi kwp
qirrali etnolog olim amerikalik Genri Lyus Morgan tomonidan belgilangan edi. Olim kwrsatgan
ywnalish qoloq jamiyatlarda qavmu qarindoshlik tizimi, oila-nikoh munosabatlari, insoniyot
tarixini davrlashtirish kabi muammolar Amerika Etnologiyasining keyingi rivojiga kuchli ta`sir
qilgan. XX asrning 50-yillarida AQSh Etnologiyasi frans Boas ijodi zamirida ancha tor doirada
tadqiqotlar wtkazadi, etnologlar asosan, xalqlarning madaniy xususiyatlarini wrgana boshlaganlar
va bu ywnalish «madaniy antropologiya» nomi bilan mashhur bwlgan.
Frantsiyada Etnologiya fani mustamlakachilik siyositining tw`sirida qaram bwlgan
xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va an`analari twg`risida batafsil ma`lumotlarga muhtojlik
tufayli wziga xos xususiyatlarda rivojlangan. Xalqlar twg`risidagi bu fan dastlab Frantsiyada
«Etnologiya» nomi bilan XIX asr oxirlarigacha saqlangan. Faqat XX asr boshlarida tarixiy va
nazariy ma`lumotlar kwpayib ketishi natijasida «Etnologiya»ga aylangan.
Jahon Etnologiyasi rivojida rus olimlarining roli katta. Etnik jarayonlarga qiziqish XVIII
asrning ikkinchi yarmidan boshlab dastlab Rossiyaning boshqa xalqlar bilan muloqati, rus
xalqining tarixiy ildizlari va madaniyati xususiyatlari kabi muammolarni wrganish maqsadida
yuzaga kelgan. Rossiyada Etnologiya fan sifatida g`arbga nisbatan ilgariroq paydo bwla boshlaydi.
Ayniqsa, Rus geografiya jamiyati va uning bwlimlari 1846-yilda tashkil topgandan swng
Etnologiyaning mavqei yuksalib nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ega tabqoqotlar wtkazila
boshlanadi. Mazkur jamiyatlarning ijobiy tomoni shunda ediki, atoqli rus etnografi va sharqshunosi
S.P.Tolstov ta`rifi bilan aytganda, ular «rasmiy» mohiyatga ega bwlmagan va hech vaqt wzini
chorizm xizmatiga twliq bag`ishlamay, asosan, ijtimoiy xarakterga ega bwlgan.
XIX asrning 40-50-yillari rus olimlari K.M.Ber, N.I.Nadejdin, K.D.Kavelin Etnologiya
fanining asosiy tamoyillarini belgilab bergan edilar. Bu tamoyillar 1846-yili Rus jamiyatida «Rus
xalqini wrganish dasturi» nomi bilan qabul qilingan va shu asosda: 1) buyumlar hayti, 2) tirikchilik
hayoti; 3) axloqiy hayot va 4) til muammolari – tadqiqot muammosi deb qabul qilingan, shu asosda
barcha ma`naviy-madaniy masalalar wrganilib kelingan.
Ma`lumki, shwrolar davrida Etnologiya fani adabiylashgan mafkuraga tayanib ish kwrgan.
Mazkur yondashish etnik jarayonlarni siyosiy buyurtma asosida wrganishga asoslangan bwlib, uni
muayyan mafkuraviy qolipga solib qwygan edi. Oqibatda juda kwp etnik muammolar bir yoqlama,
yuzaki hal qilingan. XX asrning 70-80-yillariga kelib Etnologiya fanida atoqli etnograf
L.N.Gumilevning etnogenez nazariyasi ustuvor bwlib, etnoslarning kelib chiqishi va rivoji
mexanizmini wrganish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni
qwlga kiritgan mamlakatlar uchun wta dolzarb mazmun kasb etadi. Chunki xalqlarning wzligini
anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur wrganishga kirishishi tabiiy holdir.
Etnos va etniklik tushunchalari hozirgi Etnologiya fanida qabul qilingan umumiy tushuncha
bwlib, umumiy hudud va til birligini belgilovchi asosiy omildir. Mazkur omillar etnoslarning
nafaqat shakllanishida, balki etnogenezida ham hal qiluvchi belgilar hisoblanadi. Ba`zan til birligi u
yoki bu etnosning nomiga (etnonimi) ham wtadi. Shubhasiz, har bir etnosning shakllanishida uning
moddiy va ma`naviy madaniyati hal qiluvchi rol wynashi mumkin. Ayniqsa, etnosning asrlar
davmida shaklanib kelgan an`naviy xwjalishi, urf-odat va marosimlari, uy-rwzg`or buyumlari,
kiyim-kechak, xulq-atvori kabilar muhim etnik belgilar sanaladi. Twg`ri, barcha etnoslar wziga xos
ruhiy kechinmalari va xarakteri, ya`ni kishilarning tabiati va didi, wziga xos etnik qadriyatlari,
mentaliteti bilan ham farqlanadilar. Shu sababdan ham etnoslar (elat, xalq, millat) ayrim umumiy
guruh odamlarning birligini boshqa guruh wziga wxshash odamlar guruhidan farqlab wzligini
anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida wrganiladi.
Etnologiyaning asosiy maktablari va ywnalishlari: Har bir fan wziga xos uslub,
kontseptsiya, maktab va ywnalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana
boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bwlgan, zamon talabiga
Dostları ilə paylaş: |