Eurasian journal of mathematical theory and computer sciences


EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix24.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#103116
1   2   3   4   5   6
EJMTCS0307

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | 
SJIF =
 
5.916
 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 3, March 2023 ISSN 2181-2861 
Page 44 
XX asrning oxiriga kelib, bu g’oyalarning to’g’ri ekanligini hayot tasdiqlamoqda. 
Haqiqatdan ham fanlar o’rtasida chegara yo’q, ular bir-biriga bog’liqdir. Fizikaning keyingi 
yillarda rivojlanishi tufayli uning qo’llanilishining kengayishi, ya‘ni tadqiqot uslublari va 
apparatlarning qo’llanilishi fizikaning ko’p bo’limlari boshqa fanlarga qo’shilib ketdi. Ular 
astrofizika, agrofizika, biofizika, geofizika, fizik kimyo, ekologik fizika, tibbiy fizika va 
boshqalar. Shuningdek, fizika qonunlari, uslublari gumanitar fanlar sohasiga ham kirib keldi 
va kelmoqda. Fizika tadqiqot uslublari tarixiy yodgorliklarni, arxitektura, san‘at va 
kriminalistikada ham keng qo’llanilmoqda. Hammaga ma‘lumki, Samarqandning yoshi 2750 
yil ekanligi radioaktiv izotoplar orqali aniqlandi. Neytronlar orqali tarixiy shaxslarning o’lish 
sababi aniqlandi. Masalan, Isaak Nyuton simob bilan zaharlanib o’lgan ekan. Nyuton umrining 
oxirlarida kimyo bilan shug’ullangan tajriba o’tkazishda simob bilan ishlagan ekan. 
1956 yilda ingliz fizigi Styurt aholining joylashishidagi qonuniyatlar ham fizik
qonuniyatlarga bo’ysunishini ko’rsatib bergan edi: ―jamiyatning o’lchami fizik 
o’lchamlikka o’xshash bo’lib, unga odamlar soni, masofa va vaqt kiradi. Shunday qilib, sotsial 
fizika fani vujudga keldi. Amerikalik olim Martin quyidagicha yozadi: ―Agar biz fizika
qonunlaridagi qat‘iylik va shartlarni bilmas ekanmiz, sotsial geografiya ham, sotsial fan 
bo’lishi mumkin emas, uning o’rniga tushuntirib bo’lmaydigan faktlarga ega bo’lamiz. Bu 
qonunlar fizika qonunlaridan farq qilmasligi kerak, faqat murakkabroq bo’ladi. 
1967 yilda mashhur fransuz iqtisodchisi, Nobel mukofoti laureati Moris Alle o’zining 
Jenevadagi Xalqaro tadqiqotlar institutida o’qigan ma‘ruzasida quyidagi gaplarni aytadi: 
―Iqtisodiy ilmiy tahlil usuli ko’rsatdiki, iqtisodiyotda uchraydigan qonuniyatlar va jarayonlar 
fizika qonunlari singari ro’y berar ekan. Shu vaqtgacha iqtisodiyotda matematika keng 
qo’llanilib kelinar edi, lekin iqtisodiyot ham dinamik jarayon ekanligi aniqlangandan keyin
fizik qonunlarni qo’llash iqtisodiy masalalarni yechishga, ularning kelajagini aytib berishga 
imkon berdi. Shunday qilib, iqtisodiyot fizikasi paydo bo’ldi. Mamlakatimiz fiziklari akademik 
P.Q.Habibullayev va A. Boydadayevlar ―Iqtisodiy fizika nomli risolani ham chop etdi. Bu jahon 
adabiyotida yagona risoladir. Keyingi vaqtda fizikaning din bilan integratsiyasi haqida ko’p 
risolalar chop etilmoqda. Fizika qonunlari bilan diniy urf- odatlarni tushuntirish mumkin 
ekan. Turk olimi X. Nurboqiy –“ Qur‘onning ilmiy mo’jizalari” nomli kitobida Qur‘ondagi
aytilgan Olam haqidagi tassavurlar, fizikaning keyingi kashfiyotlari orqali 
tasdiqlanayotganligini ko’rsatib beradi. 
Bu misollar yana bir marta tasdiqlaydiki, jamiyatni tabiatdan ajratib qarash mutlaqo 
noto’g’riligi hisoblanadi. Aslida tabiat – jonsiz, jonli va tafakkurdan tashkil topgan butunlikdir. 
Jamiyat – tabiat evolyutsiyasining mahsulidir. Shuning uchun jamiyatda ro’y beradigan 
jarayonlar asosida ham eng umumiy, fundamental qonunlar yotadi. Bu qonunlar tabiatning 
qanday formada (jonsiz, jonli, ong-tafakur) bo’lishiga bog’liq emas, ularga bog’liq bo’lmagan 
holda mavjud, faqat uning ko’rinishi har xil bo’ladi. Fikrimiz dalili sifatida yana shuni aytib 
o’tmoqchimizki, keyingi vaqtda sotsiologiya, fizika va matematikaning integratsiyasi tufayli 
yangi yo’nalish– sofizmatika paydo bo’ldi. Bu yo’nalish o’z ichiga quyidagi 2 ta aksiomani 
oladi: Jamiyatda ham tabiatda hukm suradigan fundamental qonunlar–termodinamik va 
sinergetik qonunlari yotadi. 
1.
Tabiat va jamiyat umumiy boshqaruv qonunlariga bo’ysinadi yoki uni N. Verner 
kibernetika ham deb ataydi. 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə