Eurasian journal of mathematical theory and computer sciences


EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#103116
1   2   3   4   5   6
EJMTCS0307

EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL 
THEORY AND COMPUTER SCIENCES 
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 
8.3
 | 
SJIF =
 
5.916
 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 3, March 2023 ISSN 2181-2861 
Page 45 
2.
Matematika – jamiyat va tabiatda ro’y beradigan barcha jarayonlarni va holatlarni 
tasvirlovchi universal qurol vazifasini bajaradi. 
Shunday qilib, fizika qonunlari nafaqat mikro va makrodunyoda kuzatilayotgan 
hodisalar, balki jamiyat, odamlar hayoti, uning erkinligi, o’z-o’zicha rivojlanishi va o’z-o’zicha 
takomillashishiga, yashash muammolarini yechishga ham qo’llash mumkinligi isbot 
etilmoqda. Shu asoslarga ko’ra, oliy va o’rta maktab darsliklarida unga berilgan ta‘riflarni ham 
qayta ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Unga birinchi ta‘rifni Aristotel bergan edi. Fizika 
yunoncha ―fizyus‖ degan so’zdan olingan bo’lib, tabiat deganidir. 
A.Eynshteyn X1X asrga kelib, fizikaga yangicha ta‘rif bergan edi: ―Fizika- tabiiy fanlar 
turkumidir. 
XX
asrning oxirlarida nochiziqli fizikaning rivojlanishi tufayli nemis fizigi German Xaken 
va belgiyalik fizik-ximik I. Prigojinlarning harakati tufayli o’z-o’zicha rivojlanish, o’z-o’zicha 
takomillash va o’z-o’zini boshqarish ideyasi paydo bo’ldi hamda unga sinergetika nomi bilan 
ataluvchi integrativ fan paydo bo’ldi. Bu esa shu vaqtgacha gumanitar va tabiiy fanlar 
o’rtasidagi ko’prikni olib tashladi. Bu fanning qonunlari fizika, kimyo, biologiya va sotsiologiya 
qonunlari o’rtasidagi o’xshashlikdan kelib chiqadi. Sinergetikaning qonunlaridan barcha 
fanlarni qonunlari kelib chiqadi. Shu tufayli hozir sinergetik iqtisod, sinergetik psixologiya, 
sinergetik pedagogika, sinergetik lingvistika, sinergetik sotsiologiya va boshqalar paydo 
bo’ldi. Shuningdek, bu integrativ fan qonunlaridan turg’unsizlik, muvozanatsizlik, nochiziqlilik 
va falokat nazariyalari ham kelib chiqadi. Shunday qilib, to’la asos bilan aytish mumkinki, 
fizika tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlarning integratsiyasida hal qiluvchi rolni o’ynagan. 
Fizikaga yangicha ta‘rif beradigan bo’lsak: Fizika – bizni o’rab olgan dunyodagi 
barcha turdagi hodisalarning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. U odam 
hayotidan tortib to butun olamda ro’y beradigan sotsial, tabiiy fanlarning turkumi. 
Endi fizikaning ta‘lim tizimidagi o’rniga o’taylik. Afsuski hozir ham ko’p sondagi odamlar 
uning umumiyligini tushunmayapti, u juda texnikalashtirilib yuborilgan, undan eng asosiy 
qonuniyatlarning planetar mohiyati chiqarib tashlangan. Bu juda katta adashishdir. Mashhur 
fizik Nobel mukofotining laureati I. Rabi fizikani ―Hozirgi davr gumanitar ta‘limning yuragi 
deb atagan. 
Sobiq SSSR davrida ―Komsomolskaya pravda gazetasi ―Fizika va lirika mavzusida 
muloqot tashkil etganligi ko’pchilikka ma‘lumdir. Muloqot natijasi shuni ko’rsatdiki, eng katta 
liriklar bu fiziklar ekan. Fiziklar bilan liriklarni qarama- qarshi qo’yish bema‘nilik ekanligi 
isbot bo’ldi, ular bir-birini to’ldirishi va boyitishi kerak. Musiqa darslarida fizika bilan 
musiqaning integratsiyasini ko’rsatib berish kerak. Ma‘lumki musiqa nazariyasidan kvant 
fizikasi paydo bo’lgan. Yaqinda gumanitar mutaxassisliklar uchun ―Hozirgi zamon
tabiatshunosligining konsepsiyalari‖ nomli kurs kiritilgan. Bu kursda tabiatning fundamental 
qonunlari (fizika, kimyo, biologiya, ekologiya) va ularning jamiyat qonunlari bilan birligini 
o’qitish kerak, birinchi navbatda ―tabiiy-ilmiy universallarni‖ ya‘ni jonli va jonsiz dunyoda 
birga amal qiladigan universal qonunlar o’rganilishi kerak. Afsuski, bu kursning dasturiga 
yuqorida aytilgan fikrlar hisobga olinmagan. Hatto bu kurs juda ko’p sondagi gumanitar 
yo’nalishlardan masalan, huquqshunoslik va iqtisodiyot mutaxassisliklari o’quv rejasidan olib 
tashlangan. Bu kursni hozirgi vaqtda asosan biolog, geograf va filosoflar o’qib kelmoqda. 
Mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlaridan faqat Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə