Ey kishvari husn podshohi, Husn ahli bu kishvarin sipohi: Ey nozu karashma bogʻida vard, Ne vard, bahori nozparvard. Ey lutf jahonining bahori, Yuzung bu bahor lolazori. Boʻlgʻonda sahar yeli gulafshon



Yüklə 26,53 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#163256
Ey kishvari hus-WPS Office


Ey kishvari husn podshohi,
Husn ahli bu kishvarin sipohi:

Ey nozu karashma bogʻida vard,
Ne vard, bahori nozparvard.

Ey lutf jahonining bahori,
Yuzung bu bahor lolazori.

Boʻlgʻonda sahar yeli gulafshon,
Zulfungnimu aylamas parishon?

Mashshota qilurda vusmani pok.
Qoshingnimu aylamas girehnok?

Sarmast koʻzungki erdi bemor.
Sogʻ oʻlmogʻi boʻldimu padidor?

Ruxsoring oʻtida xoli hindu,
Oʻzidek ulusni kuydururmu?

Gulbarg uza sunbulung tushub
Qil yangligʻ urarmu oʻt aro pech.

Yuzung xayiyu soching tanobi,
Bormu ul ikovning obu tobi.

Ogʻzingki adamda bor edi gum,
Aylarmu ayon ani takallum.

Qadding qilibon havoyi raftor,
Aylarmu jahon elin giriftor?

Noz uyqusidin ocharmusen koʻz,
Yuz noz ila elga dermusen soʻz?

Koʻyungdaki yoʻq mening kibi xas,
Xasdin dagʻi qadr ichinda vopas.

Bu ermish irodai ilohiy
Kim, sirrini bilmas el kamohi

Kim, koʻzki oʻyulgʻay erdi, ey kosh,
Ne koʻzki, kesilgay erdi bu bosh.

Ul orazn dilrabogʻa tushgay,
Jon birla koʻngul balogʻa tushgay.

Fikr etsam edi bu navʼ oʻzumni
Koʻr etgay edim iki koʻzumni.

Men kim edimu bu dardi jovid,
Zarra boshida havoyi xurshed.

Bexost yuzunga bir nigohim.
Tushganga mening nedur gunohim

Kim, muncha kelib balo boshimgʻa,
Yuz dardu balo qaro boshimgʻa.

Devona boʻlub chiqib jahondin,
Ovora diyoru xonumondin.

Har kun vatanim bir oʻzga vodi
Har tun yana bir daman savodi.

Qum natʼi boʻlub mening saririm,
Kun qursi boʻlub mening fatirim

Ot manga jibol qullasidin,
Toʻn manga samum hullasidin.

Gah yoru musohibim dadu-dom,
Gah tutmay alar bila ham orom.

Dasht uzra chu vahshatim topib tul,
Gʻam topib vahsh, bal qochib gʻul.

Hayratda vuxush vahshatimdin,
Mehnatda tuyur mehnatimdin.

Anduhu balo gumondin ortuq,
Zaʼf onchaki boʻlmas ondin ortuq.

Bir tavri adam boʻlub manga jism
Kim, anga vujud beribon ism.

Bu zaʼf bila chu poʻya qilib,
Oʻrgamchi tanobidin yiqilib.

Koʻksumniki tigʻi hajr etib chok,
Kirib hasharot ichimga bebok.

Koʻksum ichida chibin solib shoʻr,
Koʻzum uyida vatan qilib moʻr.

Ey ishq oʻtida xasim nechuksen,
Ey bedilu bekasim nechuksen!

Ey boʻlgʻali ishqim ichra madhush,
Bir jurʼai vasl qilmagʻon noʻsh!


Ey furqatim ichra gar yogʻib tosh,
Ming tosh yebon yashurmayin bosh!

Ey hajrim oʻtida gar boʻlub kul,
Har shuʼla koʻrunubon anga gul!

Ey xori gʻamimni jongʻa urgʻon,
Gulbongin aning jahongʻa urgʻon!

Ey silsilai junun elingda,
Dad quyrugʻidin rasan belingda3.

Holing nedurur firoqim ichra?
Fikring nedur ishtiyoqim ichra?

Sochingga yopushsa xoru xoshok,
Kim tortar eknn birin-birin pok?

Farqingki emish qush oshyoni,
Kim urkutur erkin andin oni?

Boshingki sipehr ushotti darham,
Kim bogʻlar ekin alargʻa marham?

Oʻltursa yuzungga gardu xori,
Kim oritur erkin oni bori?

Jismingki qonasa gʻam toshidni,
Kim yur ekin oni koʻz yoshidin?

Xoriki kafinggʻa borur erkin,
Kirpik bila kim chiqorur erkin?

Hajr oʻti taningni kuydurur chogʻ.
Kim sochar ekin ul oʻtqa tufrogʻ?

Qum uzra yiqilsa jismi zoring,
Kim bor ekin anda gʻamgusoring?

Haryon yugururda zoru bekas,
Soyang sanga hamrah erkinu bas.

Togʻ ichida issigʻ oʻlsa maʼlum,
Soya qilur erkin ustunga bum,

Vayronada muhlik oʻlsa anduh,
Choʻgʻz aylar ekin boshing uza “dux”.

Hijron tuni joning olsa bebok.
Subh aylar ekin sanga yaqo chok.

Gʻam zaʼfida dasht uzra yotsang,
Qum bistar ekin ayogʻ uzotsang.

Tun boshinga vahsh oʻlur ekin jamʼ,
Olingda boʻri koʻzi ekin shamʼ.

Qon yutqali istasang piyola,
Topilmas ekin magarki lola.

Ulturur ekin chibin qoshinggʻa.
Evrulur ekin quyun boshinggʻa.
Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə