Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y


Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə14/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Yo`ldoshev Abdurauf

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Geografiya bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’iganish va muhofaza qilish, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar eg’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblarni o’qish bilan biiga olib borilishi kerak. Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o’ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo’lish mumkin: 1- guruhga ko’plab o’quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar; 2-guruhga cheklangan o’quvchilar doirasida olib boriladigan To’garak ishlari; 3- guruhga tabiatni o’iganishga qiziqqan ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Individual ishlar. Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo’lmaganda qiziqishga ega bo’lgan o’quvchilar bilan geografiya bo’yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o’qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o’quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o’ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, geografiyani o’qitishni qanday yo’lga qo’yishiga o’quv-chilarning bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda geografiya ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog’liqdir.
Individual topshiriqlarni bajarish tadqiqiy ish ko’nikmalarini shakllantiradi,
bolalarning bo’sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to’ldiradi. Individual
topshiriqlarning mazmuni o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. o’quvchini nimaiki qiziqtirmasin - xona o’simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o’simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to’plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o’tkazishmi - u o’qituvchi tomonidan mag’qullanishi va quvvatlanishi lozim. Individual topshiriqlar o’quvchilarning qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ularning
bajarilishini tashkil qilishi va metodikasi o’qituvchi tomonidan sinchiklab o’ylangan bo’lishi kerak (o’iganish obekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, reja tuziladi). Ishning oxiriga yetkazilishi va unga qiziqishni yo’qotmasligi uchun individual topshiriqlar bajarilishida o’qituvchi o’quvchilarga muntazam yordam ko’rsatib borishi zarur.
Individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak, ish oxirida uning natijalari bilan o’quvchilarni tanishtirish zarur. oshirish zarurligini tushunganlaridagina tag’minlanadi. SHunga ko’ra bajarilgan ish to’g’risida vaqt-vaqti bilan (geografiya darslarida yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda) hisobot tinglab borish foydalidir. Bunda har bir individual ishning natijalari barcha o’quvchilarning boyligi bo’lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfdan tashqari ishlarga qiziqishni rag’batlantiradi, o’qituvchining tabiatga oid bilimini to’ldiradi va
kengaytiradi, ularni sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi.

Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə