Fakultet dekani: Temur Oliyev



Yüklə 13,31 Kb.
tarix08.09.2023
ölçüsü13,31 Kb.
#121476
Tavsifnoma


Tavsifnoma
Qodirov Alisher 2011-yil o’rta maktabni a’lo baholarga tugatib O’zbekiton Davlat Jahon Tillari Universitetining ,, Filologiya va tillarni o’qitish” (Nemis tili) yo’nalishiga hujjat topshirdi va test sinovlaridan yuqori ball to’plab shartnoma asosida o’qishga qabul qilindi.
Men, O’ZJTUning roman-german filologiyasi fakulteti o’qituvchisi Norbekova Zuhra, talaba Qodirov Alisherni 2012-yil sentabr oyidan buyon taniyman. U hozirgi vaqtda O’ZDJTUning 3-bosqich 301-guruhining faol, tirishqoq, mehnatsevar talabalaridan biri hisoblanadi. O’tgan ikki yil davomida Qodirov Alisher chet tiliga bo’lgan qiziqishining yuqoriligiga guvoh bo’ldim. U hozir ham fakultetimizdagi nemis teatr gruppasining ham hurmatga sazovor bo’lgan ishtirokchisi. Qodirov Alisher tengdoshlari orasida o’zining tirishqoqligi tufayli jamoat ishlarida va Universitetimiz miqiyosida o’tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda.
Qodirov Alisher kursdoshlariga doimo yordam beradi va shu shu orqali ular orasida hurmat-e’tiborga ega. U bo’sh vaqtlarini foydali o’tkazish maqsadida Alisher Navoiy, Goethe-Institutining kutibxonasiga a’zo bo’lgan va shu bilan birga o’zining bilimini mustahkamlab boradi. Bundan tashqari Qodirov Alisher Universitet miqiyosida bo’lib o’tadigan ,,Zakovat” intelektual o’yinlarining faxriy ishtirokchisi.
Qodirov Alisher o’z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi, iqtidorli talaba sifatida fakultet talabalari orasida o’z obro’siga ega. Tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi tufayli bu yil Germaniyada bo’lib o’tayotgan ,,Millatlararo muloqot” stipendiyasini yutib oldi.
Qodirov Alisher kelajakda yaxshi, malakali, tajribali kadr sifatida faoliyat ko’rsata oladi.

Fakultet dekani: Temur Oliyev


Guruh rahbari: Norbekova Zuhra
Yüklə 13,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə