Falsafa 21-mavzulari mundarija



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə16/47
tarix27.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#107111
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Falsafa 21-mavzulari mundarija

Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‘ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‘rganadi, Qadimgi manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hyech kimsa o‘zini isloh etmaguncha o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga hyech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo‘lasan qolasan ”i deb uqtiradi.

To‘rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham, G‘arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‘stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu jarayon o‘sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi, masalan:
- Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g‘am chekma, o‘zing odamlarni bilmasligingdan g‘am chek”;
- Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‘lishi, mamlakatni boshqarishda izchil bo‘lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”;
- Zardo‘sht: “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”;
- Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‘lsa, o‘n ming kishiga teng”;
- Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi;
- Epikur: “O‘lim qo‘rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”;
- Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan bog‘langan sahovatlilik”;
- Aristotel: “Do‘stlik birga yashashning zaruriy shartidir” deb hisoblaydi. Shuningdek uning fikricha, ma'naviyat va ma'rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko‘rmaydigan inson yo‘q va bo‘lmaydi ham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo, shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o‘ng qo‘lida va ham chap qo‘lida adolat tarozisini qo‘tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko‘ngliga yo‘l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. El-yurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo‘lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-shafqat bo‘lishi lozim1. Arastu o‘zining baxt haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma'lum vaqtlarda baxtli bo‘lib, qolgan vaqtlarda baxtsiz bo‘lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, mukammal yaxshilik bilan yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi.

Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‘liqligi ham G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo‘qmi, lekin falsafiy g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba'zan eklektik (bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bo‘ladi. Jumladan, qadimgi Yunonistonda Milet falsafiy maktabi namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga duch kelish mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron (mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‘lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‘zining “Tabiat haqida” asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va yer turli narsalarning birinchi asoslaridir, deb qayd etgan.
Shunga o‘xshash fikrlarga Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan, Zardushtiylik ta'limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi “Upanishada”da, shuningdek “Chorvaka” qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, yer, havo, butun borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta'limoti bilan hamohangdir.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə