Falsafa asoslari


səhifə43/221
tarix30.12.2023
ölçüsü
#165022
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221
Falsafa asoslari

Tayanch tushunchalar: 
olam, ontologiya, borliq, borliq shakl­
lari, individual borliq, ijtimoiy borliq, real borliq, virtual borliq, 
yo‘qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, 
vaqt, tabiat, tabiiy muhit, biosfera, noosfera, hayot.
109


Takrorlash uchun savollar
1. Olam nima va unda odamning o‘rni qanday?
2. Borliq va yo‘qlik tushunchalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Borliqning murakkab tuzilishi deganda nima tushuniladi?
4. Real, konkret va virtual borliqning o'ziga xos xususiyatla- 
rini tushuntirib bering.
5. Mavjudlik va reallik nima?
6. Harakat va uning asosiy shakllari to‘g‘risida so‘zlab bering.
7. Fazo va vaqt, makon va zamon qanday ma’nolarni anglata­
di?
8. Hayot nima va uning mazmuni nimadan iborat?
5-mavzu. Olamning universal aloqalari va rivojlanish.
Falsafaning qonun va kategoriyalari
Olamdagi aloqalar, o‘zgarish va rivojlanish. Bog‘lanishlarning
turlari. 
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, 
bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular 
o'rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan 
mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o'rtasida turli bahs, munozara, 
tortishuvlarga^ sabab bolgan. Chunki ular to‘g‘risida aniq bilimga 
ega bolmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish man- 
bayi, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng asosiysi, 
kelajak haqida ilmiy tasawurga ega bolish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarra- 
chalardan tortib to Yer, quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jum- 
ladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivoj- 
lanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bogliqlik, o‘zaro ta’sir 
va aloqadorlik mavjud. Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifly ravishda 
hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi.
Biz narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va rivojlanishiga 
ular o'rtasidagi boglanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir asos 
boladi, deymiz. Albatta, olamdagi har qanday boglanish ham 
rivojlanishga sabab bolavermaydi. Chunki bu boglanishlarning 
kolami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasi turlicha. Boglanishlar­
ning ana shu xususiyatlariga qarab, zaruriy va tasodifiy, ichki va
110


tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo‘lmagan va ho- 
kazo boglanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek, olamda boshqa voqea yoki hodisalardan alohi­
da, ular bilan bogliq, o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bolmagan 
birorta ham voqea yoki hodisa mavjud emas. Demak, o‘zaro 
boglanish va ta’sir natijasida narsa-hodisalarda o‘zgarish so- 
dir boladi. Lekin, barcha o‘zgarishni har doim ham birdaniga, 
yaqqol sezish mumkin emas. Chunki olamning namoyon bolishi 
turli darajada bolganligi sababli, o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tugllgan chaqaloqning bir hafta, bir oy, yarim 
yil mobaynidagi o‘zgarishini, ya’ni ulg‘ayishini yoki bolmasa, ta­
biatdagi qish faslidan bahor fasliga o‘tishdagi o‘zgarishlarni oddiy 
ko‘z bilan yaqqol sezish mumkin. Lekin biron jonsiz predmet, 
masalan, Yer qa’ridagi ichki jarayonlarni ma’lum davrdan ke­
yin sezish mumkin. Ana shu sababdan ham odamlar zilzilalar
vulqonlar otilishi kabi ofatlar qarshisida lol, gohida esa g'aflatda 
qolib kelmoqdalar. Ya’ni tashqi faktorlar (inson faoliyati, yo~ 
ruglik, issiqlik, namlik, atmosfera bosimi) natijasida ro‘y ber­
gan o‘zgarishlarni ko‘z ko‘radi, quloq eshitadi. Xullas, ular oson 
anglab olinadi, ochiq-oydin namoyon boladi. Ulardagi o'zaro 
bogliqlikni ham oson ko‘rish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson 
ko‘rish va ilg‘ash mumkin bolgan, ochiq-oydin ro‘y beradigan 
voqea, hodisa, natijaga nisbatan «zohiriylik» tushunchasi, mohi­
yatini ilg‘ash qiyin bolgan va murakkab ichki sabablar natijasida 
kechadigan jarayonlar va o‘zgarishlarga nisbatan «botiniylik» tu­
shunchasi qollaniladi. 0 ‘rta asrlarda, ayniqsa tasavvuf falsafasida 
bu ikki tushunchaga alohida e’tibor berilgan.
«Harakat» tushunchasi «Borliq falsafasi» mavzuida yoritilgan- 
ligi sababli, bu yerda uning quyidagi qisqa ta’rifi bilan chekla- 
namiz: harakat deb olamdagi har qanday o‘zgarishga aytiladi. 
Rivojlanish tushunchasi esa quyidan yuqoriga, oddiydan mu- 
rakkabga tomon ilgarilab boruvchi harakatni ifodalaydi. Lekin 
bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli, goh asta-sekin kengayib boradigan 
spiralsimon shakldagi harakatdan iborat b o l shi mumkin.
Bunda doimiy bir tomonga, masalan, vaqtning o‘tm ishdan 
kelajakka tomon o‘tishi ham, lekin makonda voqea va hodisalar-
l l l


ning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bolib 
turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida oldingi 
bosib o‘tilgan davr takrorlangandek boladi, ammo bu ilgarigidan 
farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Hol- 
buki, har kuni tongda o‘sha quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, 
bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar 
ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga 
shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekor- 
chilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning 
ichida? Unda minglab bolalar tugllmadimi, son-sanoqsiz jara­
yonlar ro‘y berib, Yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa 
joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimi? Ona za- 
min o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? 
Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy 
o‘zgarishlarning namoyon bolishidir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə