Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli



Yüklə 31,2 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü31,2 Kb.
#163570
  1   2   3   4
Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli


FALSAFA TURMUSH TARZI VA DUNYONI ANGLASH USULI
Reja:


  1. Falsafiy dunyoqarash

  2. Falsafaning asosiy funktsiyalari

  3. Falsafaning ilmiyligi muammosi

Falsafa - borliq, uning turli shakllari orasidagi o’za-ro aloqadorlikni ifoda-lovchi nazariy qarashlar sistema-sidir. U dunyo, borliq, materiya, inson, insonning ongi va tafakkuri, uning dunyoga munosabati, insoning dunyoni nazariy bili-shining eng umumiy qonuniyatlari, printsiplari va kategoriyalari haqidagi fandir. Falsafa dunyo va unda in-sonning tutgan o’rni haqida, insonning dunyoga bo’lgan muno-sabatlari haqida, dunyoning eng umumiy qonuniyatlari haqida umumlashgan qarashlar sistemasini ishlab chiqadi. U fan sifatida dunyo, borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson ongi va tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlari va asosiy harakatlan-tiruvchi kuchlarini o’rganadi.


Falsafa, avvalo, dunyoni nazariy o’zlashtirishdir, u in-sonning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi naza-riy tushunchalari, qarashlari va fikrlaridir. Falsafa ki-shilarni bir butun dunyo borliq, materiya, tabiat, jamiyat va inson to’g’risidagi umumiy nazariy bilimlar, g’oyalar bilan qurollantiradi. Bu nazariy bilimlar, g’oya-lar o’zlarida fal-safiy dunyoqarashni ifodalaydi. Falsafa dunyoqarash sifatida jamiyatdagi ijtimoiy manfaatlar bilan, siyosiy va mafkuraviy kurashlar bilan, bir butun jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U ijtimoiy borliqqa ijtimoiy ong orqali faol ta‘sir ko’rsatadi, jamiyatning ma‘naviy hayotida yangi g’oyalarni va yangi ma‘naviy qadriyatlarni shakllantiradi.
Falsafa paydo bo’lishi bilan real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar, xulosa chiqa-rishlar, isbotlash asosida fikr yuritishlar bilan oldingi hayoliy va ilohiy obrazlar asosi-dagi tasavvurlardan iborat mifologik va diniy dunyoqarashlarni ongdan siqib chiqara boshladi. Shu paytgacha xalq ora-sida yashab kelgan afsona va rivoyatlar falsafada endi aqliy jihatdan qayta ko’rib chiqilib, ularga yangicha hayotiy maz-mun berila boshlandi. Falsafiy dunyoqarash rivojlanib borishi faqat mifologik va diniy dunyoqarashlardangina farq qilib qolmasdan, balki oddiy kundalik ongning ham chegaralarini buzib, o’zida ma‘naviy madaniyatning qimmatli yutuqlarini mujassamlashtirgan ma‘naviy sohaning alohida bir turiga aylanib bordi.
Falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, moddiylik va ma‘naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda hamyurtimiz, buyuk fay-lasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o’zi ulug’ olam (olami kubro) bo’lsa. Insonning o’zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta‘kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo’lagi sifatdagina emas, borliqning o’ziga xos shakli si-fatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan farqi shundaki, u o’ylash va bilish, sevish va nafrat-lanish, quvonish va qayg’urish, orzu qilish va baxtli bo’lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsa-faning bahs mavzuini tashkil etadi.
Falsafa uchun xarakterli bo’lgan ba‘zi savollarga nazar tashlaylik. Shirinlik-shakarning ob‘ektiv xossasimi yoki odamning sub‘ektiv tuyg’usimi? Go’zallik-narsalarga xos xususiyatmi yoki inson tomonidan o’ylab topilgan mezonmi? Chuqurroq o’ylab qarasak, bu va bunga o’xshash savollar bir umumiy muammoga-borliq va ong, ob‘ektivlik va sub‘ektivlik, olam va odam orasidagi o’zaro munosa-batlarga taalluqlidir. «Falsafaning asosiy vazifasi,- deb yozgan edi Bertran Rassel ushbu savollarga javob berish yoki hech bo’lmasa ularni tadqiq etishdan iboratdir». Bundan xulosa shuki, «olam-odam» muammoning umumiy formulasi deb hisob-lanishi mumkin. Shuning uchun ham uni falsafaning asosiy masalasi deb atashadi.
«Olam - odam» munosabatlarini uch asosiy tipga bo’lish mumkin: gno-seologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga doir). O’z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prin-sipial ahamiyatga ega bo’lgan uch savolni aytib o’tgan edi. Ular quyidagilar: «Nimani bilishim mumkin?», «Nima qilishim kerak?», «Nimaga umid qilishim mumkin?». Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo’lgan munosabatlarining uch tipiga mos tushishiga ishonch hosil qilamiz.
Falsafiy bilish «Olam nima?» degan savolga javob berishdan boshlanadi. Bu savol mohiyatan «Biz olam haqida nimalarni bilamiz?» degan savol bilan tutashdir. Falsafa-bunday savolga javob izlaydigan yagona bilim sohasi emas. Asrlar davomida yangi va yangi nazariya va amaliyot natijalari unga javob berishga urinib ko’rdilar. Biroq falsafaning olamni bilish borasidagi vazifalari o’ziga xos xususiyatga ega.
Nazariy-falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim yordamida kishilarda o’z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof-muhitni o’rganish bilan cheklanib qolmay, makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tash-lashga ham harakat qiladi. Buni faylasuflar intellektning tajribasiz bilim yig’ishga bo’lgan qobiliyati deb ataydilar. Haqiqatan ham, olamni makonda tubsiz zamonda cheksiz yaxlitlik sifatida bilish uchun hech qanday tajribaga tayanib bo’lmaydi. Tajriba bunday bilimlarni dunyoga keltira olmaydi, falsafa esa buning uddasidan chiqishga majbur.
Xullas, falsafiy dunyoqarash-nazariy sistemalashti-rilgan, izchil, asoslangan qarashlar yig’indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy masa-lasi ana shu ikki qutb orasidagi o’zaro aloqadorlik muno-sabatni tadqiq etishdan iborat.



  1. Yüklə 31,2 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə