Fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 88,02 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü88,02 Kb.
#163383
1   2   3   4   5   6
02 SUYAK TO’QIMASINING MEXANIK XOSSALARI nnn (2)

Suyak to‘qimasi. Suyak — tayanch harakatlanish apparatining asosiy materialidir. Soddalashtirilgan holda hisoblash mumkinki, ixcham holdagi suyak to‗qimasi massasining 2/3 qismi (0,5 hajmi) noorganik materialdan, suyakning mineral moddasi 3Ca3(PO4)2Ca(OH)2 gidrosilapatit dan tashkil topgan. Bu modda mikroskopik kristallchalar ko‗rinishida ifodalangan. Suyakning qolgan qismi organik materialdan, asosan kollagendan (yuqori molekulyar birikmadan, yuksak elastiklik xossasiga ega bo‗lgan tolali oqsildan) tashkil topgan. Gidroksilapatit kristallchalari kollagen to‗qimalari (fibrillar) orasida joylashgan.
Suyak to‗qimasining zichligi 2400 kg/m3. Uning mexanik xossalari juda ko‗p
faktorlarga, shu jumladan yoshiga, odam organizmi o‗sishining o‗ziga xos sharoitiga va albatta, organizmning qismiga ham bog‗liqdir.
Suyakning kompozitsion tuzilishi unga kerakli mexanik xossalarni: qattiqlik, elastiklik mustahkamlikni baxsh etadi. Ixcham suyak to‗qimasi uchun mexanik kuchlanishning nibiy deformatsiyaga bog‗lanishi δ=f(ε) misol sifatida 1.18-rasmda ko‗rsatilgan bo‗lib, bu qattiq jismdagi o‗shanday kattaliklar orasidagi bog‗lanishga
o‗xshaydi (1.13-rasmga qarang); uncha katta bo‗lmagan 10 GPa chamasida mustahkamlik chegarasi esa 100 Bu ma‘lumotlarni armaturalangan kapron va shisha uchun berilgan raqamlar bilan taqqoslash foydali (2-jadvalga qarang, yaxshi moslik seziladi).
Ixcham suyak to‗qimasining juda sekin uzayishi (sudraluvchanligi) misol tariqasida 1.19-rasmda berilgan. Bu erda OA qism tez yuz bergan deformatsiyaga, AB — sudraluvchanlikka mos keladi. t1 paytda B nuqtaga mos keluvchi yuklanish olib qo‗yilgan. BS oraliq tez yuz beradigan qisqarish deformatsiyasiga, C—
sudraluvchanlikka teskari bo‗lgan oraliqqa mos keladi. Buning natijasida namuna uchun olingan suyak hatto uzoq vaqt davomida ham o‗zining oldingi o‗lchamlarini tiklay olmaydi, ya‘ni biror Eq qoldiq deformatsiya saqlanib qoladi.
Bu bog‗lanish uchun misol tariqasida quyidagi modelni tavsiya qilish mumkin (1.20-a rasm). Nisbiy deformatsiyaning vaqtga bog‗liqligi 1.20-b rasmda ko‗rsatilgan. Doimiy yuklanish ta‘siri ostida 1 prujina juda tez cho‗ziladi (OA oraliq), keyin porshen tortiladi (AB remissatsiya) kuch ta‘siri to‗xtagandan so‗ng 1-prujina darhol siqiladi (BC), 2 prujina esa porshenni oldingi holatiga qaytaradi (ateskari relaksatsiya oraliq). Ushbu tavsiya etilgan modelda qoldiq deformatsiya nazarda tutilmagan.
Sxematik ko‗rinishda hisobga olish mumkinki, suyak tarkibidagi mavjud minerallar tez deformatsiyalansa, polimer (kolgen) qismi esa juda sekin deformatsiyalanadi.
Epiteliyning bir necha turlari mavjud - teri, ichak, nafas olish.
Teri epiteliyasining hosilalari tirnoq va sochlarni o'z ichiga oladi. Ichak epiteliysi monosillabikdir. Bundan tashqari, bezlar hosil qiladi. Bular, masalan, oshqozon osti bezi, jigar, so'lak, ter bezlari va boshqalar.Bezlar tomonidan ajralib chiqadigan fermentlar ozuqa moddalarini parchalaydi. Bo'linish mahsulotlari ozuqa moddalari ichak epiteliysi tomonidan so'riladi va qon tomirlariga kiradi. Nafas olish yo'llari kirpiksimon epiteliy bilan qoplangan. Uning hujayralari tashqi tomonga qaragan harakatlanuvchi kiprikchalarga ega. Ularning yordami bilan havoga kirgan qattiq zarralar tanadan chiqariladi.

Yüklə 88,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə