Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Qoraxoniylar davlati davlatchiligi tarixi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə16/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

3. Qoraxoniylar davlati davlatchiligi tarixi
X asr boshlariga kelib Movarounnahr va uning atrof viloyatlarida yashovchi turkiy xalqlardan o‘n mingga yaqin kishi islom dinini qabul qildi va Forob - Shosh – Chimkent - Turkiston oralig‘idagi hududlarda o‘troqlasha boshladi. Qarluqlar bilan birga o‘g‘uz qabilalari ham Movarounnahr hududlarida o‘troqlashgan va islom dinini qabul qilgan xalqlardan biri edi. Bu ikki urug‘ga mansub xalqlar keyingi davrlarda o‘zbek halqining shakllanishi va etnik jarayonlarida muhim o‘rin tutgan edi. Hozirgi Xorazm atroflarida o‘troqlashgan o‘g‘uzlar Somoniylarning ruxsati bilan Movarounnahr hududlariga kirib kela boshlaydi. Buxoroning janubiy viloyatlarida chorvachilik bilan shug‘ulangan bu qabila keyinchalik turkman-saljuqlar nomi bilan o‘z davlatlariga ham asos solgan edilar.
Turkiy qarluqlar esa chigil (jikil) va yag‘mo qabilalari bilan yonma-yon Yettisuv va Issiqko‘l bo‘ylaridagi hududlarida joylashgan edi. Qarluqlar Yettisuv hududlarida qisman chorvachilik va qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanishsada, qolgan ikki qabilaga nisbatan ularning taraqqiyot darajasi ancha yuqori bo‘lib, iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiy etgan bir qator shaharlariga ega edi. X asrda qarluqlar Somoniylar bilan karvon savdosi orqali faol munosabat o‘rnatgan edilar. Qarluqlarga nisbatan taraqqiyot darajasi birmuncha orqada bo‘lgan jikil qabilalari Issiqko‘l atroflarida yashab, asosan chorvachilik va yilqichilik bilan shug‘ullanganlar, ularning ijtimoiy hayotida ko‘chmanchi-chorvachilikka xos an’analar ustunlik qilgan.
Issiqko‘lning janub tomonida yashagan yag‘mo qabilalari esa asosan chorvachilik va ovchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, ularning qolgan ikki qabilaga nisbatan jangovarlik xususiyatlari juda yuqori edi.
X asrga kelib turkiy qabilalar orasidagi ijtimoiy va mulkiy munosabatlarning faollashuvi jarayonida yaylovlar va chorvadan mahrum bo‘lgan aholi soni ko‘paydi. Bu esa turkiy qabilalarda o‘troq turmush tarziga o‘tish, dehqonchilik va hunarmandchilik hamda savdo bilan nisbatan faolroq shug‘ulanish uchun turtki berdi. Movarounnahrning o‘troq aholisi bilan uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan o‘zaro aloqalar ta’sirida turkiy qabilalarda ham asta – sekin yerga egalik va mulkchilik shakllari qaror topa boshladi, jamiyatda yerga egalik munosabatlari shakllanib bordi.
Turkiy chorvador xalqlarning ijtimoiy va siyosiy hamda iqtisodiy hayotidagi bunday o‘zgarishlarda Buyuk Ipak yo‘lining Movarounnahrdan Xitoyga o‘tuvchi tarmoqlari joylashganligi va turkiy xalqlar xam bu jarayonda bevosita ishtirok eta boshlaganliklari, ikknichida mazkur xalqlarning ijtimoiy hayotida o‘troqlashuv jarayonlarining kuchayib borishi, yangi shahar va dehqonchilik hududlarining shakllanishi va eskilarining mavqei ortib borishi o‘zining eng katta ta’sirini o‘tkazgan.
Shuningdek, Somoniylar va ulargacha ham Movarounnahrning yuksak madaniyatga ega mahalliy xalqlari bilan savdo va iqtisodiy, qisman madaniy aloqalarning faollashib borishi ham turkiy xalqlarning hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishida juda katta omil bo‘lgan edi. Umuman Movarounnahrning Arab xalifaligidan ajralib chiqishi va Somoniylar davlatining ichki va tashqi sohada olib borgan siyosati ma’lum darajada turkiy qabilalarning jipslashuv jarayonlarini ham kuchaytirib yuborgan edi. Buning ayrim omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin, birinchidan, Movarounnahrdagi o‘troq aholining ko‘chmanchi chorvador halqlar bilan faol iqtisodiy aloqaga kirishuvi, buning natijasida turkiy xalqlarning avvalo madaniy va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar madaniyati (ilm-fanning ayrim namunalari, kundalik turmushda ishlatiladigan jihozlar, hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa shu kabilar) va davlatchiligi bilan ma’lum darajada tanishuvi bo‘lsa, ikkinchidan turkiy xalqlarning ixtiyoriy va majburiy holda islom dinini qabul qilishi (Ismoil Somoniy 893 yilda Tarozni bosib olganda bu yerdagi ibodatxonani masjidga aylantirgan va aholini islom diniga o‘tkazgan edi), bunda turkiy xalqlar an’anaviy qabilaviy dinlar o‘rniga yagona va o‘rta asrlar siyosiy va ijtimoiy sharoitidan kelib chiqqan holda barcha qabilalarni birlashtirish quvvatiga ega bo‘lgan yagona mafkurani o‘zlashtiradilar va ayni vaqtda islom dinining qabul qilinishi o‘rta asrlarga xos islom madaniyatining qabul qilinishi va yirik davlatlar bilan aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi. Turkiy xalqlar ichki hayotida yuz bergan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar hamda ayrim tashqi ta’sir natijasida X asrga kelib bu xalqlarda ham davlatchilikning rivojlangan darajasiga o‘tish jarayonlari boshlandi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə