Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə21/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

4. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi
Amir Temur davlat boshqaruvini amalga oshirsada, biroq o‘sha davr davlatchilik an’analariga asosan davlatning rasmiy hukmdorlari Chingizxon xonadoniga mansub Suyurg‘atmish (13270-1388 yillar) va uning o‘g‘li Maxmudxon (1388-1402 yillar) hisoblanar edi. Rasmiy hujjatlar shu xonlarning nomidan bitilib, tangalarda ham shu xonlarning nomi aks ettirilsada, aslida amir darajasida bo‘lgan Amir Temur tomonidan davlat boshqaruvining barcha sohalari to‘laligicha amalga oshirilgan.
Mamlakatning asosiy markaziy boshqaruv dargoh va devon tomonidan boshqarilib, unda yetti nafar vazir faoliyat yuritgan, devonda to‘rt vazir markaziy hokimiyat ishlarini amalga oshirsa, qolgan uch nafar vazirlar viloyatlar boshqaruvi nazorati bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirganlar. Bular quyidagilardir:

  1. Mamlakat va raiyat vaziri - mamlakatdagi umumiy holatni boshqargan va nazorat qilgan.

  2. Sipoh vaziri (harbiy vazir) - harbiy soha uchun javobgar.

  3. Mulkchilik va soliq ishlari vaziri - zakot va boj, soliqlar ishlarini boshqargan va nazorat qilgan.

  4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir (saroy vaziri) - saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan qilinadigan sarf-harajatlar, davlat moliyaviy tizimining nazoratchisi.

  5. Sarhadlar vazirlari - bu vazirlar uch nafar bo‘lib tobe mamlakatlar bilan bog‘liq moliyaviy va daromad ishlarini boshqarganlar.

Amir Temur va temuriylar davri tarixining eng chuqur bilimdoni B.Ahmedovning ta’kidlashicha, har bir yetti nafar vazirning o‘ziga belgilangan alohida vazifalari mavjud bo‘lgan va ular qat’iy ravishda o‘z zimmalaridagi vazifalarni ado etganlar va ular quyidagi tartibda bo‘lgan:

  • Birinchi, vaziri a’zam (bosh vazir) – saltanatning muhim ishlari bilan shug‘ullangan.

  • Ikkinchi, sipoh vaziri – mamlakatning harbiy masalalari bilan shug‘ullangan.


  • Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə