Фаннинг Укув дастури Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университета Илмий-методик кенгашида тавсия килинган


O‘quv fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 165,74 Kb.
səhifə2/8
tarix11.12.2023
ölçüsü165,74 Kb.
#144620
1   2   3   4   5   6   7   8
3235 Psixogenetika

O‘quv fanining maqsad va vazifalari.
Fanni o‘qitishdan maqsad – inson individualligi etiologiyasi, individual taraqqiyotdagi muhit va irsiy omillar ahamiyati, psixologik bilimlar tizimidagi psixogenetika fanining o‘rni to‘g‘risidagi kasbiy savodli tasavvurlarni shakllantirish.
Fan vazifalari - talabalarni zamonaviy genetikaning asosiy jihatlari bilan tanishtirish; psixogenetikaning metodlari va metodologiyasi, tadqiqotlarning muhim natijalari; ularning savodli interpretatsiyasini ta’minlash; tadqiqotning istiqbolli yo‘nalishlarini, psixologik chizgilarni molekulyar-genetik tadqiqotlarining ijtimoiy ahamiyatini va mas’uliyatini ko‘rsatib berish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
quyiladigan talablar.
Psixogenetika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- psixologik ma’lumotlarni tushunishga yordam beradigan, zamonaviy genetikaning asosiy qoidalarini o‘zlashtirishi va genetik tadqiqotlar ob’ekti sifatidagi psixologik xossalar o‘ziga xosligini bilishi kerak;
- psixogenetik tadqiqotlar natijalarini to‘g‘ri interpretatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
-zamonaviy molekulyar-genetik tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida tug‘iladigan axloqiy, ijtimoiy, yuridik muammolarini hal qila olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi.
Psixogenetika fani asosiy matematik va tabiiy-ilmiy fanlardan hisoblanadi, 4- semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, iqtisodiyot nazariyasi va h.k), tabiiy-ilmiy fanlar bilan uzviy xolda olib borilishi lozim.


Fanning fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni:
YOsh avlodni barkamol inson bo‘lib etishishiga, etuk mutaxassis bo‘lib faoliyat ko‘rsatishiga, zarur bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi.



Yüklə 165,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə