Farg‘ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti fizika yo‘nalishi 3-kurs 20



Yüklə 27 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü27 Kb.
#118093



Farg‘ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti fizika yo‘nalishi 3-kurs 20.10‑guruh talabasi Nosirov Kamoliddinning “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” fanidan “Og‘ir zaryadlangan zarrachalarning modda bilan kulon o‘zaro ta’sirlashuv tabiati. Bete-Blox formulasi” mavzusida yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, kurs ishida yadro bo‘linish reaksiyasi, neytron ta’sirida uran izotopining bo‘linishi, zanjir reaksiyasini amalga oshirish, Alfa va Gamma nurlari haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, og‘ir zaryadli zarralarning muhit bilan ta’sirlashuvi ifoda etilgan.
Kurs ishi nazariy xarakterga ega bo‘lib, yozilgan ma’lumotlar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid formulalar keltirilgan. Ushbu kurs ishi 2 bob, 6 ta rejadan iborat bo‘lib, ma’lumotlarning keng tahlili amalga oshirilgan va 12 nomdagi adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan, u zamonaviy darsliklarni, o‘quv qo‘llanmalarini, huquqiy me’yoriy hujjatlarni, ko‘pchilik tomonidan keng foydalanayotgan internet saytlarini o‘z ichiga oladi. Kurs ishida “Og‘ir zaryadlangan zarrachalarning modda bilan kulon o‘zaro ta’sirlashuv tabiati. Bete-Blox formulasi” mavzusi toliq yoritilgan.
Kurs ishida quyidagi kamchiliklar mavjud: Kurs ishidagi imloviy xatolar hamda bazi ma’lumotlar manbasi ko‘rsatilmagan. Ushbu kamchiliklar kurs ishining mazmuniga ta’sir etmaydi. Kurs ishi talab darajasida yozilgan deb aytish mumkin. Talaba yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni kelgusidagi ishlarida takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydi deb o‘ylayman va ushbu kurs ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.


Taqrizchi: _______ B.Omonov
Yüklə 27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə