Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasining 2023-yil 30-sentabrdagi navbatdan tashqari kafedra yig’ilishi bayonnomasidan ko’chirma



Yüklə 17,35 Kb.
tarix13.10.2023
ölçüsü17,35 Kb.
#127558
Mamatova Qo\'llanma bayonnoma 30.09.2023




Farg’ona davlat universiteti
Sirtqi bo’lim, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasining 2023-yil 30-sentabrdagi navbatdan tashqari kafedra yig’ilishi


BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA


2023-yil 30-sentabr Quvasoy shahar

Qatnashdilar:


Kafedra mudiri: S.Uraimov p.f.b.f.d (dotsent)
o‘qituvchilar: H.Tuychiyeva, A.Muhiddinov, R.Xamroqulova. I.Abdullayev, Sh.Mavlonova, Sh.Tillayev, I.Fozilov,G.Shahbozova, B.Xalilova, M.Mamatova, G’.Yormatov, S.Omonova, M.Baxromov, R.Mirzayev, M.Baltabayeva, Sh.Maxsudov, O.Tursunov, M.Ahmadaliyeva, B.Eminchayev, K.Patiddinov,Q.Rahimova.


KUN TARTIBI


8.2.Turli masalalar:
Kafedra o’qituvchisi M.Mamatovaning Biologiya ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Immunologiyadan amaliy mashg’ulotlar to’plami” nomli o’quv qo’llanmasi muhokamasi.
Ichki taqrizchi: “Botanika va biotexnologiya” kafedrasi dotsenti V.Mahmudov taqrizi o’qib eshittirildi.
U o’z so’zida M.Mamatovaning yozgan “Immunologiya fanidan amaliy mashg’ulotlar to’plami” nomli o’quv qo’llanmasi haqida to’xtalib o’tdi. Jumladan, qo’llanmaning hozirgi kunda juda dolzarbligi, ahamiyati to’g’risida fikr bildirdi.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan oliy o‘quv yurtlari va barcha ta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan etarli darajada ta'minlash uchun katta ishlar qilinmoqda. Bu esa oliy o‘quv yurtlarida davr talabiga xar tamonlama javob beradigan yosh mutahassislarni madaniyatli shaxs sifatida tayyorlash zarurligini ko’rsatmoqda. Buning uchun yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va adabiyotlarni yangi avlodini talab darajasida yaratish muhim ekanligini davr taqozo etmoqda. Ushbu talablarni e’tiborga olgan holda ushbu qo’llanma ahamiyati yuqori ekanligi ta’kidlandi va chop etishga tavsiya qilindi.
Ichki taqrizchi: “Botanika va biotexnologiya” kafedrasi dotsenti V.Mahmudov tomonidan ijobiy taqriz berildi.
Tashqi taqrizchi: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi mudiri , t.f.n., dotsenti F.X.Rasulov tomonidan tashqi taqriz o’qib eshittirildi.
O’z so’zida mazkur o’quv qo’llanma nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi va u dars samaradorligini oshirishi va talabalarni o’z mutaxassisligini o’rganishlarida yaqindan yordam berishi, hozirgi kunda talabalar uchun zarur manba ekanligini hisobga olib nashr uchun tavsiya etish mumkinligini ta’kidladi.
Tashqi taqrizchi: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi mudiri , t.f.n., dotsenti F.X.Rasulov tomonidan ijobiy taqriz berildi.
So’zga chiqdi: kafedra o’qituvchisi: B.Xalilova o’z so’zida ushbu o’quv qo’llanma amaliy ahamiyatga ega ekanligi haqida o’z fikrini bildirdi.


Ko’rilgan masala yuzasidan
1. “Botanika va biotexnologiya” kafedrasi dotsenti V.Mahmudov taqrizi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi mudiri , t.f.n., dotsenti F.X.Rasulov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.Kafedra o’qituvchisi B.Xalilova axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. M.Mamatovaning Biologiya ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Immunologiyadan amaliy mashg’ulotlar to’plami” nomli o’quv qo’llanmasi

Sirtqi bo’lim Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya etilsin.




Ko’chirma asliga to’g’ri.


Yig’ilish raisi: S.Uraimov


Yig’ilish kotibasi: X.Tuychiyeva
Yüklə 17,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə