Farg'ona vodiysida istiqlolchilik xarakatim ularning namoyondalari mundarija


II.Bob. Amiral Muslimin Shermuhammadbek Farg’onadagi istiqlolchilik harakatining tashkilotchisi va rahbari



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#141761
1   2   3   4   5   6   7   8
FARG\'ONA VODIYSIDA ISTIQLOLCHILIK XARAKATIM ULARNING NAMOYONDALARI

II.Bob. Amiral Muslimin Shermuhammadbek Farg’onadagi istiqlolchilik harakatining tashkilotchisi va rahbari

II.1.Shermuhammadbek-Turkiston o’lkasi musulmon qo’shinlari bosh qo’mondoni.


Madaminbek oq ruslar bilan ittifoq tuzdi-yu, o’zining sobiq ittifoqchilaridan ayrilayozdi. Xolxo’ja Eshondan boshqa qo’rboshilar Madaminbekning bu qilmishini ochiqdan-ochiq qoralamagan bo’lsalarda, o’rtaga sovuqchiliklar tusha boshlaydi. Unga bevosita o’z qo’li ostida jang qilib kelgan qo’rboshilar va qirg’iz qo’rboshilargina sodiq qoladi. Boshqa katta va kichik qo’rboshilar ,,Hozir Madaminbekning qo’shini musulmonlar va g’ayridinlardan iborat, binobarin, endi u tom ma`noda amiralmuslimin (musulmonlar amiri) bo’la olmaydi”,-degan xulosaga keladilar.
1919 yil sentyabr oyida ular G’orbuvodo to’planib, Shermuhammadbekni amiralmuslimin etib saylaydilar. Shuningdek, qurultoyda milliy-ozodlik harakati oldida turgan vazifalar yana bir bora aniqlashtirib olindi, kelgusi janglar strategiyasi va taktikasi ko’rib chiqildi. Bu anjumanda, shuningdek Madaminbek sha`niga issiq-sovuq gaplar ham aytildi, kimdir uni ochiqdan-ochiq so’ksa, kimdir taassuf bildirdi, xayrixoxlari esa, bir oz so’z aytishga jur`at etolmay o’tirdilar1.
Madaminbek va boshqa qo’rboshilar o’rtasiga tushgan sovuqchilik hozircha milliy-ozodlik kurashiga salbiy ta`sirini o’tkazmay turdi. Bir tomondan Madaminbek boshchiligidagi musulmon-rus qo’shini, bir tomondan Shermuhammadbek rahbarligidagi o’zbek qo’rboshilari, bir tomondan Muhiddinbek, Jonibek qozi kabi yirik qirg’iz qo’rboshilari qizillarni ko’z ochirmay, ketma-ket zafarli janglar olib bordilar.
Bir necha bor harakat qilib sulhga erisha olmagan qizil qo’mondonlik g’azabdan o’zini qayerga qo’yishini bilmay terror harakatlarini boshlab yuborishadi. G’azab o’ti asosan Mermuhammadbek va Madaminbek kabi sardorlar, ularning tug’ilib o’sgan joylari, qarindoshlari hamda ozodlik kurashining ma`naviy markazi bo’lmish Qo’qonga qaratiladi. Qo’rboshilarning qarindosh-urug’lari qisman o’ldirilib, qisman qamoqqa olinib, surgun qilina boshlanadi, ularning mol-mulklari musodara qilinadi. Bu o’rinda qizil terrorchilar Madaminbek va Shermuhammadbekning Sharqiy Farg’onada janglar bilan band ekanligidan foydalanib qoldilar.
Bu voqealarni eshitgan Shermuhammadbek o’zining Marg’ilondan uzilib ketmaganligini bildirib qo’yish, hamda zo’rga kuchi yetmay, himoyasiz qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shni, tanish-bilishlardan o’ch olishga kirishgan qizillarning yaxshilab adabini berib qo’yishga ahd qiladi. Marg’ilon atroflariga yashin tezligida qilinadigan hujum rejasi ikir-chikirlarigacha puxta o’ylab tuzilib chiqadi. Shu kunlarda Shermuhammad qo’shini adadi olti ming nafarga borar edi. Jang rejasiga muvofiq, mazkur olti ming jangchi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
-1000 nafar yigit Dardoqbek qo’rboshi boshchiligida Marg’ilon uyezdida shimol tomondan;
-1000 nafar yigit Yusuf Polvon qo’rboshi boshchiligida g’arb tomondan;
-20000 nafar yigit Nurmuhammadbek boshchiligida Gorchakovo temir yo’l bekati tomonga;
-20000 nafar yigit Shermuhammadbek boshchiligida asosiy yo’nalish, ya`ni Marg’ilon tomon hujum qiladigan bo’ldilar.
1919 yil 10-yoki 11 oktyabr kuni qismlar o’zlariga buyurilgan joylarga yetib borgach, bir vaqtning o’zida jang boshlab, Marg’ilonni o’rab kela boshladilar. Qizillar qandaydir yo’l bilan qo’rboshilarning jangga kirish yo’llarini bilib olganlar shekilli, shaharda katta qo’shin to’playdilar. Shuningdek, Namanganda turgan qismlarga ham ehtiyot shart Mirg’ilon sari yurish buyuriladi.
Jang shiddat bilan boshlanib, shu tarzda davom etadi. Bu jangda Shermuhammadbek turkiy xalqlar harbiy san`atidan meros qolgan bir usulini qo’llaydi: bir guruh otliq yigitlar dushmanga juda yaqin borib, qizg’in jangga kirishib ketadilar. Jang ayni qizigan paytda oldindan tayinlab qo’yilgan bir necha yigitlar ,,-esing bo’lsa, o’zingni qutqar”, ,,qochmagan nomard” deb qichqirishib, otlarini orqaga burib, qochib qoldilar. Ularni ko’rgan boshqa yigitlar ham otlarini boshini burib, tartibsiz holda qocha boshladilar. Ularning orqasidan ponsodlar nomiga ,,qayt orqaga nomardlar, itday otib tashlayman” deb po’pisalar ham qilib qo’ydilar. Qizillar ,,bosmach qochdi, ura” degancha yigitlar ortidan changalzorga kirib keldilar. Bu yerda ularni Shermuhammadbek boshchiligidagi pistirma kutib turar edi. Pistirmadagilar qizillarni o’tkazib yuborib, atrofni o’rab tutday to’kib tashlaydilar. Qizil askarlar safi boshida qilich yalong’achlab kelayotgan komandir Shermuhammadbek bilan olishib halok bo’ladi.
Boshqa yo’nalishlarda ham qizillarga katta zarba beriladi. Jangdan so’ng barcha qismlar G’orbobo yaqinidagi bir mavzeda to’planadilar va tartibli ravishda o’z makonlari G’orboboga qaytadilar. 1919 yil 13-oktyabr kuni Namangandan yuborilgan katta harbiy qism Yozyovon cho’li orqali kelayotgan ma`lum bo’ladi. Shermuhammadbek o’z qo’shinini ikkiga bo’lib, bir qismini ehtiyot shart uchun G’arbuvo mudofaasiga qoldiradi. Ikkinchi qism bilan esa Yozyovon cho’li tomon yo’l oladi. Har ikki qo’shin Xonobod qishlog’i yaqinida to’qnash keldilar. Bu jang to’xtab-to’xtab uch kecha-kunduz davom etadi va nihoyat Shermuhammadbek qo’rboshi qo’l ostidagi ozodlik kuchlari g’alabasi bilan yakunlanadi1. Ayni paytda Qo’qon tomonda Islom Polvon, Oybola qo’rboshi va boshqalar, Andijonda Parpibek, Namanganda Rahmonquli va Amir qo’rboshi, Aravonda Xolxo’ja Eshon, O’zgan va O’sh viloyatlarida qirg’iz qo’rboshilarining katta g’alabalarga erishganliklari haqida xabarlar tarqalib turdi.
Milliy ozodlik harakatining 1919 yildagi zafarli yurishlari sovetlarni qattiq larzaga solib qo’ydi. Bu yurish o’chog’i Farg’onada bo’lgan kuchli zilzila Turkiston zaminini qattiq silkitib, uning to’lqinlari Kreml minoralarini ham zirillatadi.
Leninga qilingan suiqasd uni jisman yo’q qila olmasada, to’shakka mixlab qo’yadi. Har kuni erta bilan muolaja va nonushtadan so’ng uning kotibasi Fotmeva ertalabki pochtani olib kelar edi. Pochta, gazetalar, maktublar, telegrammalardan iborat bo’lib, ularni Leninga olib kirishdan oldin Savnarkom tomonidan maxsus belgilangan kishi avval ko’z yugirtirib chiqardi va flotlardan kelgan noxush xabarlarni ichkariga kiritmagan. Chunki unga kuchli hayajonlanish mumkin bo’lmagan. Bu holni bilib qo’ygach undan pochtani yashirmaydigan bo’ladilar. Fotmeva pochta olib kirgach, unga bir ko’z yugirtirib olgach, ,,-Farg’onadan pochta kelmadimi?” deb alohida so’rab turgan. Farg’ona frontidagi ahvol Lenin uchun shu darajada ahamiyatli bo’lganki, u kutubxonada O’rta Osiyo, xususan Farg’ona tarixiga, turkiy xalqlar harbiy san`ati tarixiga oid kitoblarni o’qib turgan. Unda muayyan bir xalqning, muayyan bir mamlakatning tarixini yaxshi bilmay turib, u bilan muomala qilish, uni itoatda tutish qiyinligini juda yaxshi xis qilgan2.
Leninning butun dunyoga mashhur aforizmga aylanib ketgan ,,Vostok-delo tonkoye” (Sharq masalasi o’ta nozik masaladir) degan jumlasi bor. Bazi tarixchilar Lenin bu gapni Uzoq Sharqdagi voqealar munosabati bilan aytganligini ta`kidlasalarda, u nafaqat Uzoq Sharqni, shu jumladan O’rta Osiyo, xususan Farg’onani ham nazarda tutgani mubolag’a emas.

  1. Shu tariqa, 1919 yil 11 avgustda maxsus Turkiston fronti tashkil qilinadi va unga Mixail Vasilyevich Frunze qo’mondon etib tayinlanadi.

  2. 1919 yil 22 noyabrda G’orbuvada navbatdagi qurultoy bo’lib o’tadi. Shermuhammadbek bu qurultoyni ,,Milliy kurash harbiy majlisi” deb atadi. Monstrov bilan hamkorlikda og’ir janglar olib borayotgan Madaminbek bu qurultoyning chaqirilishiga qarshi chiqadi va o’zi unda ishtirok etishdan bosh tortadi. Bosh tortmagan taqdirda ham fursati yo’q edi.

  3. Qurultoyda ko’rilgan asosiy masalalardan biri qizil qo’mondonlik tomonidan sulh tuzish uchun boshlangan harakatlarga munosabat bildirish edi. Shermuhammadbek bu masala bo’yicha o’z fikrini bildirib, sulh haqida so’z bo’lishi mumkin emasligini, muqaddas kurashni oxirgi tomchi qongacha davom ettirish, sulhga rozi bo’lgan qo’rboshilar Vatan xoini sifatida la`natlanishi haqida so’zladi. Xolxo’ja Eshon uning so’zlarini qo’llab-quvvatladi. Boshqa qo’rboshilar fikr bildirmadilar. Sulh haqidagi har qanday takliflarni rad etish, biroq muzokaralardan bosh tortmaslik, ruslar bilan muzokaralar olib borish uchun qat`iyatli kishilardan iborat bir hay`at tuzish haqida qaror qabul qilindi.

  4. Ikkinchi masala-yana o’sha, qo’rboshilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar bo’lib, bu qurultoyda ham uni bartaraf etishning iloji yo’q edi.

  5. Uchinchi masala- tashkiliy ishlardan iborat bo’ldi. Qo’rboshilarning harakat mintaqalari aniqlashtirildi va har bir mintaqa qo’mondonlari qayta tayinlandi. Bundan tashqari, quyida qarorlar qabul qilindi:

  6. Qo’rboshilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hay`at tashkil etish

  7. Qizil qo’mondonlik bilan muzokaralar olib boradigan hay`at tuzish

Qizillar targ’ibotiga qarshi kurashadigan va aksil targ’ibot yuritadigan guruh tashkil etish
Qurol—yarog’ topish ishlarini yo’lga qo’yish
Yangi hukumat tuzish uchun tayyorgarlik ishlariga kirishish 1919 yilning qish arafasida qizil qo’mondonlik milliy-ozodlik kuchlariga hal qiluvchi zarba berish rejasini ishlab chiqadi. Marg’ilon va Farg’ona (sobiq Skobelevga) vodiyning har tarafidan va Toshkentdan yangi kchlar olib kelina boshlandi. O’z ayg’oqchilari vositasida bundan xabar topgan Shermuhammadbek qo’shinini saqlab qolish maqsadida vaqtincha tog’larga chekinishga qaror qiladi. Oloyning ostonasi bo’lmish G’ulcha shaharchasida kichik ber garnizon bor edi. Shermuhammadbek bilan Xolxo’ja Eshon shu tomonga qarab yo’l oladilar. Gornizon boshlig’i kuch qo’rboshilar tomonida ekanligini anglab, jangsiz taslim bo’ladi. Shu tufayli uni va jangchilarini asir olmay, qo’yib yuboradilar1. Bu yerda bir necha kun turilgach, Xolxo’ja Eshon Novqatga yo’l oladi. G’orbuvodan G’ulgagacha bo’lgan yo’l ustiga qo’yilgan xabarchilar, qizil qo’shin Shermuhammadbekni ta`qib etib, izma-iz kelayotganini ma`lum qiladilar. Shermuhammadbek mudofaaga hozirlik ko’ra boshlaydilar. Qizillar uni uch tomondan o’rab oladilar. Faqat sharq tomon-Oloy yo’ligina ochiq qolgan edi. Bir necha kunlik jangdan so’ng qizillar tobora qurshovni siqib kela boshlaydilar. Buning ustiga, bu yerlar tog’ etagi bo’lgani uchun qalin qor bilan qoplangan edi.
Shermuhammadbek: ,,-kofirlar o’qidan o’lgandan ko’ra tog’da muzlab qolganimiz afzalroq. Nima bo’lsa ham xudodan ko’rdik”, deb Terakdovon tomon chekinishga buyruq beradi. Yog’ib turgan qor ostida dovon sari yuradilar. Qizillar ham izma-iz quva boshlaydi. Dam jang qilib, dam ilgari yurib, baland tog’lar boshlanadigan joydagi bo’sag’a degan qishloqqa yetib keladilar. Bu yerning aholisidan qirqtacha qo’tos, qorkurak va yo’l ko’rsatuvchi olib toqqa chiqib ketdilar. Azaliy tog’ hayvoni bo’lgan qo’toslar ko’kragigacha qorga botib, otlar uchun yo’l ochib borgan. Bunday qiyin sharoitda bir qancha otlar sovuqdan o’ladi, odamlarning oyoq-qo’llarini sovuq uradi, oziq-ovqatlari tamom bo’lgach otlarini so’yib yeyishga to’g’ri kelgan. Nihoyat, yo’lboshchilardan biri dara yo’lini topishga muvaffaq bo’ladi.
,,Bosmachilar qor bo’roni ostida qolib, qirilib ketgandir” deb o’ylagan qizil askarlar orqasiga qaytib ketadi. Tog’ma-tog’ yurgan Shermuhammadbek yigitlari kichikroq Oloy kentiga-Oloy vodiysi markaziga yetib olib, bu yerda dam olib o’zlariga kelib olgach shahidlarni shu yerga dafn etib Farg’onaga qaytishga hozirlik ko’radi1.

  1. Shermuhammadbek Oloydan qaytayotganidayoq qurultoy o’tkazgan edi. Bu qurultoyda quyidagi qarorlar qabul qilingan:

  2. Bolsheviklarga qarshi yangi hujum harakatini tashkil etish

  3. Xalqqa qo’rboshilar ahvolini yaxshi ekanliklarini bildirgan holda undan askar, osh, oziq-ovqat va kiyim kechak yordami so’rash

  4. Endi o’z kuchini yo’qotgan Madaminbek Monetrov hukumatining o’rniga markazi vaqtincha G’orbuvoda bo’ladigan yangi hukumat tuzish uchun harakat va maslahat boshlash hamda kechi bilan may oyi boshida tayyorgarliklarni tugallash, tezlik bilan G’orbuvoga o’rnashib olish.

Qurultoydagi qarorlar vaqtni o’tkazmay amalga oshirilishi zarur edi. Bol`sheviklarning askar to’plash harakatiga qarshi tezlik bilan chora ko’rish, yigirma kun ichida ko’zga ko’rinadigan muvaffaqiyatlariga erishish vazifasi qilib qo’yilgan edi. Shuningdek ikkilanib turgan, arazlagan va ehtiyotkor bo’lib qolgan qo’rboshilar bilan uchrashib, ularga zarur yordam ko’rsatish, shu yo’llar bilan muvaffaqiyatga zamin tayyorlash kerak edi.
Shermuhammadbek mazkur qurultoy qarorlarini amalga oshirish, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-yarog’ masalalarini hal etish, yangi kelgan hamda sho’ro qo’mondonligidan qochib o’tgan yigitlarni qurollantirish, qismlarga bo’lish, shuningdek, yangi hukumat tuzish uchun maslahatlar bilan band bo’lib turgan bir paytda O’ratepada jang olib borayotgan Barotbek (Ali Bodomchi asarida ,,Bo’g’otabek” shaklida yozilgan) qo’rboshidan yordam so’rab chopar keladi. Ma`lum bo’lishicha, Xo’jand va O’ratepa garnizonlaridan chiqib kelgan qismlar Barotbekka og’ir zarba beradilar1. Shermuhammadbek darhol Hotambek qo’rboshi boshchiligida yetti yuz yigitni O’ratepaga safarbar etadi. Yigitlar hal qiluvchi jang paytida yetib borib qizil armiya askarlarining katta qismini qirib tashlashadi. Tirik qolganlari Xo’jand tomonga qochib qutiladilar.
Shuningdek, yangidan kuch to’plab, sho’ro hokimiyatiga qarshi kurashni qayta boshlagan Rahmonquli qo’rboshi ham tang ahvolga tushib qolgan paytda yordam so’rab murojaat qiladi. Shermuhammadbek unga yordam uchun Boltabek qo’rboshi boshchiligida 1600 yigit yuboradi. Yaqin bir oyga cho’zilgan jang harakatlari natijasida qizil askarlar Namanganga chekinishga majbur bo’ladilar2.
Ashobaga-Rahmonquliga yordam yuborgach, Shermuhammadbek yangi hukumat haqida qo’rboshilar bilan aloqani tiklash maqsadida O’sh safariga chiqadi. O’zgan yaqinidagi Qorasho’ra degan joyda bu hudud, ya`ni Sharqiy Farg’onaning eng yirik hududi qo’rboshini Jonibek qozi bilan uchrashib, hukumat tuzish masalasida uning roziligini oladi. Shundan so’ng Novqatga-Muhiddinbek qo’rboshi qarorgohiga yo’l oladi1.

  1. Shermuhammadbek Muhiddinbek bilan gaplashib oladi. Sirasini aytganda, Muhiddinbek Madaminbekning yaqin do’sti bo’lib, uni nihoyatda hurmat qilgan. So’nggi paytlarda Shermuhammadbek bilan Madaminbek oralaridan olamushuk o’tib qolgach, Muhiddinbek o’zini Shermuhammadbekdan bir oz tortib yurgan. Oradagi munosabatlarni yaxshilash maqsadida Shermuhammadbek ukasi Nurmuhammadbekka Muhiddinbekning qizini so’raydi. Muhiddinbek bajonidil rozi bo’ladi. 1920 yil parel oyida Shermuhammadbek barcha taniqli qo’rboshilar hamda Vatan ozodligi yo’lida yashirin kurash olib borayotgan, markazi Toshkentda bo’lgan ,,Turkiston Milliy ittifoqi” tashkiloti hamda, vodiyning mo’`tabar shaxslari bilan muloqotlar olib boradilar. Kurashning shu qisqa davri uchun xulosalar chiqaradi. Mazkur xulosa va natijalar Shermuhammadbekning xotira kitobiga quyidagi tarzda tushirilgan:

  2. G’orbuvoda mustahkam qarorgoh vujudga keltirildi.

  3. Rahmonqulining qaytadan kurashga kirishishi bilan Sirdaryo bo’yi jabhasi yana faol holga keldi. Xususan, Toshkent va Namangan orqali keladigan bolshevik kuchlari oldida haqiqiy to’siq qo’yildi.

  4. Xolxo’ja Eshon o’z tashkilotidagi ba`zi bir anglashilmovchiliklarga qaramasdan vaziyatni nazorat qilib turibdi va o’tgan yilga qaraganda ham og’ir jang olib bormoqdalar.

  5. Ballibek qo’rboshining otryadida qaytadan jonlanish boshlandi.

  6. Shermuhammadbekning Muhiddinbek va Jonibek qozini shaxsan o’zi ziyorat qilishi va ularning fikrlarini eshittirish bu ikki mujohidning ruhlarini ko’tarib yubordi. Ularning Shermuhammadbekka bo’lgan ishonchi yanada ortdi.

  7. Muhiddinbek va Jonibek qozining kurashi davom ettirish haqidagi va`dalaridan keyin Oloy tog’lari hududi xavfsiz bo’lib qoldi.

  8. Qo’qonda milliy-ozodlik harakatining qaytadan tug’ilishi kutilmoqda.

  9. Buxoro amirligining muxolif vaziyatda turishga qaramay 1919 yilning dekabr oyida Afg’oniston millatparvarlari bilan o’rnatilgan aloqalar shu ikki mamlakat orqali tashqi dunyo bilan bog’lanish imkonini berdi. Bu-istiqlol e`lon qilgan da`vat uchun muhim ahamiyatga egadir.

  10. Mart-aprel oyi vujudga kelgan ,,Qo’rboshilar Buhroni”dan butunlay bo’lmasada, katta miqyosda hatlab o’tildi.

Nihoyat, 1920 yil 2 may kuni G’orbuvoda katta qurultoy chaqiriladi. Qurultoyda yangi muvaqqat hukumat masalasi ko’riladi. 3 may kuni Turkiston muvaqqat hukumati tuzilganligi rasman e`lon qilinadi, boshqaruv, harbiy va boshqa zaruriy tashkil etiladi. Yangi hukumat tuzilganligi haqidagi xabar Farg’ona vodiysining har tomoniga choparlar vositasida bildiriladi.
Shu o’rinda yana bir narsani ta`kidlab o’tishimiz joizki, mazkur hukumat tarkibi haqida manbalarda tafovut bor. Ali Bodomchi asarida ko’rsatib o’tilgan tarkib Boymirza Hayit asarlarida keltirilgan tarkibdan farq qiladi. Har ikki tomon ham o’z ma`lumotlarini ishonchli manbalardan olganliklariga shubha yo’q.
Ali Bodomchi asarida ,,Markazi G’orbuvo bo’lmish milliy hukumat quyidagi zotlardan tashkil topdi”.

  1. Shermuhammadbek-Bosh qo’mondon, hukumat raisi, amiri lashkari islom

  2. Nurmuhamadbek-Harbiy qismlar mufattishi, hukumat raisining vakili

  3. Mullajon Qori-Ichki ishlar vakili, militsiya mudiri

  4. Akbar Eshon-Shayxulislom

  5. Abdusalom Qori-Bosh kotib, Mirzaboshi

  6. Nazirjon-Moliya vakili

  7. Mulla Hoji Niyoziy-voqea navis

  8. Toshmuhammadbek-milliy hukumatning Afg’onistondagi vakili

Shuningdek, o’n ikki kishidan iborat bo’lgan maslahatchilar hay`ati ham saylandi. Bundan tashqari ozod qilingan va qilinajak mintaqa, qishloq va kentlarga qozi, amir va ellikboshilar tayinlandi1.


Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə