Farg'ona vodiysida istiqlolchilik xarakatim ularning namoyondalari mundarija



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#141761
  1   2   3   4   5   6   7   8
FARG\'ONA VODIYSIDA ISTIQLOLCHILIK XARAKATIM ULARNING NAMOYONDALARI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

FARG'ONA VODIYSIDA ISTIQLOLCHILIK XARAKATIM ULARNING NAMOYONDALARI

MUNDARIJA:


Kirish 2
I-Bob. ХХ asr boshlaridagi istiqlolchilik harakatlari va uning tarixiy ahamiyati. 4
I.1 ХХ asr boshlaridagi istiqlolchilik harakatining mazmun mohiyati. 4
I.2.Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatlari va uning tarixiy ahamiyati. 10
II.Bob. Amiral Muslimin Shermuhammadbek Farg’onadagi istiqlolchilik harakatining tashkilotchisi va rahbari 17
II.1.Shermuhammadbek-Turkiston o’lkasi musulmon qo’shinlari bosh qo’mondoni. 17
II.2.Shermuhammadbek boshchiligidagi istiqlolchi kuchlar 26
Xulosa 29
Foydalanilgan adabiyotlar 31


Kirish


Tarixiy manbalarda Turkiston o’lkasi xalqlarining Sho’ro boschiniga qarshi milliy-ozodlik va istiqlol harakatining boshlanishi va uni davrlashtirish bo’yicha har xil fikrlar ilgari surildi. Jumladan, Sho’ro tarixshunosligida o’lkamiz xalqlarining ozodlik va milliy mustaqillik uchun kurashi davrini ko’r-ko’rona fuqarolar urushi davri, deb qaraladi. Tarixiy haqiqatga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan Rossiyadagi fuqarolar urushi davridan aynan ko’chirib olindi va 1918-1920 yillar shunday belgilandi. Bu borada tarixiy voqealarga xolisona berilgan to’g’ri bahoni xorijda chop etilgan manbalardan topamiz. Jumladan, Boymirza Hayit ,,Bosmachilik: Turkistonda 1917-1934 yillardagi milliy kurash” kitobida o’lka xalqlarining milliy ozodlik va mustaqillik kurashi davrini to’g’ri va aniq belgilaydi. Uning fikricha, Turkiston xalqlarining milliy ozodlik jangovar kurashi 1934-yilning o’rtalariga qadar davom etgan. Bu katta davr ikki bosqichga bo’linadi: 1) 1918 yil fevraldan 1924 yilgacha; 2) 1924 yildan 1934 yilgacha1.
Turkiston o’lkasi xalqlarining milliy ozodlik va istiqlol harakatining sabablari to’g’risida ham tarixiy manbalarda har xil fikrlar bayon etiladi. Ayniqsa sho’ro davrida chop etilgan adabiyotlarda o’lka xalqlarining milliy ozodlik va istiqlol harakatining mohiyati buzib, soxtalashtirib ,,bosmachilik” deb ataladi va sabablari bir yoqlama yoki juda toraytirilib ko’rsatiladi. Qonuniy savol tug’iladi: ,,Bosmachi” degan mudhish uydirma iborasi qanday yuzaga kelgan? Jamiki arxivlarda saqlanayotgan 1918-1919 yillarga oid hujjatlarda ,,bosmachilik”, ,,bosmachilar” degan iboralar uchramaydi. ,,Talovchilar”, ,,dushmanlar” degan iboralar bolsheviklar, sho’ro , harbiy tashkilotlari hujjatlarida ko’zga tashlanadi. 1918-1920 yillarda bo’lib o’tgan Turkiston Kompartiyasi I-V qurultoylari, Turkiston Respublikasi Sho’rolarining I-V, IX syezdlari, shuningdek, boshqa hujjatlarda ham ,,bosmachilik” iborasi ishlatilmagan. ,,Bosmachilik harakati” doirasidagi qo’rboshilar, ,,bosmachilar” bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarda ham bu ibora yo’q. Axir, istiqlol yo’lida milliy ozodlik uchun kurash olib borgan xalq milliy qahramonlari o’zlarini ,,bosmachilar” deb atalmaganlar-ku? Aksincha, ular o’zlarini ,,Musulmonobodlik jangchilar”, “Vatan mudofachilari”, “Turkiston ozodligi askarlari”, ,,Millatni yurtni ajnabiy bosqinchilardan ozod etuvchilar”, ,,milliy qo’shin jangchilari” deb atashgan. Mazkur harakat sardorlari o’z nomlariga ,,bek” so’zini qo’shib, Madaminbek, Shermuhammadbek, Isroilbek, Ibrohimbek, Parpibek deb ataganliklari ham bejiz emas. Qariyalar hanuz u davrni ,,beklar zamoni” edi deb ham eslashadi1.

Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə