Farmakologiya


Efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə25/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

1.2.Efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi vositalar
Efferent innervatsiyaning o‘zi vegetativ (ichki a’zolarni, qon tomirlarini va bezlarni innervatsiya qiluvchi) nervlardan va skelet mushaklarini innervatsiya qiluvchi harakatlantiruvchi nervlardan tashkil topgan.
Vegetativ innervatsiya neyroeffektorlarda ajralib chiquvchi mediator-larga bog‘liq holda xolenergik – parasimpatik (mediator – atsetilxolin) va adrenergik – simpatik (mediator – noradrenalin) nervtolalariga bo‘linadi.
Vegetativ nerv tolalarning efferent yo‘li 2 ta neyrondan iborat: preganglionar va postganglionar. Xolinergik innervatsiyasida neyronlarning tanalari kranio-sakral joylashgan. Kranial yadrolar o‘rta va uzunchoq miyada joylashgan. Bunda xolinergik nerv tolalari bosh miyaning 12 juft nerv tolalaridan quyidagilari juftlari tarkibida ajralib chiqadi: III (n.oculomotorius), VII (n.facialis), IX (n.glossopharyngeus)va X (n.vagus). Sakral qismda esa preganglionar nervlar yadrolari orqa miya kulrang qismi dumg‘aza sohasidagi 2-4 nervlarining yonaki shoxchalaridan boshlanadi va m kichik chanoq a’zolarini innervatsiyz
Adrenergik innervatsida neyronlarninng tanalari torakolyumbal joy-lashgan bo‘lib, ular orqa miya kulrang qismining bo‘yin sohasi 8 (C8), ko‘krak sohasi 1-12 (Th1-12) va bel sohasi 1-3 (L1-3) nervlarining yonaki shoxchalaridan chiqadi.
Parasimpatik nerv oxirlarida, presinaptik membranada, mediator sifatida atsetilxolin, simpatik nerv oxirlarida esa noradrenalin hosil bo‘ladi
Xolinergik va adrenergic nerv tolalarining preganglionar nerv aksonlari vegetative gangliylarda yakunlanadi. Parasimpatik nerv tolalarida gangliylar a’zolarga yaqin yoki ularning ichida, simpatik nerv tolalarida esa orqa miyadan chiqish joyida joylashgan bo‘ladi. Har ikkala gangliyda ham mediator vazifasini atsetilxolan bajaradi. Parasimpatik nerv tolalarida preganglionar tola uzun, postganglionar tola qisqa, simpatik nerv tolalarida esa preganglionar tola qisqa, postganglionar tola uzun bo‘ladi. Bulardan tashqari, embriogenetik jihatdan sipmatik nerv tolalariga o‘xshash bo‘lgan yana bir tola borki, u tola buyrak usti mediator vazifasini atsetilxolin bajaradi. Nerv impulse ta’sirida har bir bezining xromaffin hujayralarini innervatsiya qiluvchi tola bo‘lib, tashqi ko‘rinishi jihatidan harakatlantiruvchi nerv tolasiga, bajaradigan vazifasiga ko‘ra esa vegetative nerv tolasiga o‘xshaydi. Bunda faqat preganglionar tolalar mavjud bo‘lib, xromaffin
Ajralib chiqishiga olib keladi. Hosil bo‘lgan adrenalin qon oqimiga gormon sifatida
Hujayradagi n-xolinoretseptorlarga presinaptik membranadan atsetilxolin ajralib chiqishi yordamida retseptor qo‘zg‘aladi va xromaffin hujayralardan adrenalin tushadi va qon tomirlarining nerv bilan innervatsiya qilinmaydigan qismlari bo‘lmish intimasida joylashgan postsinaptik alfa-2 adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi va tomirlarning torayishiga sabab bo‘ladi.

Xolinergik va adrenergik innervatsiyaning umumiy sxemasi.
C, Th, L, S – orqa miyaning segmentlari 15–rasm. Efferent innervatsiyaning tuzilishi (sxema). PNT – parasimpatik nerv tolasi, SNT – simpatik nerv tolasi, HNT – harakatlantiruvchi nerv tolasi, BUBXHIQT – buyrak usti bezi xromaffin hujayralarini innervatsiya qiluvchi tola, Ax – atsetilxolin, Norad – noradrenalin, Ad – adrenalin, M-XR – m-xolinoretseptor, N-XR – n-xolinoretseptor, AdR – adrenoretseptor.
S

Ax,H-XP

PNT

Ax,M-XP

SNT

Ax,H-XP

Norad, AdP

Ax,H-XP

Ax,H-XP
hu bilan birga, ichki a’zolar innervatsiyasida purinergic tizim ham ishtirok etishi aniqlangan. Ma’lumki, xolinergik nerv oxirlarida va adrenergic nerv vezikulalarida ATF (adenozin uch fosfat kislotasi) saqlanadi va u ko‘pincha mediator (yoki komediator) vazifasini bajaradi. Periferik nerv oxirlarida (varikoz kengayishlarda) ATF va uning parchalanish mahsulotlari (jumladan, adenozin) ajralib chiqadi va u ichak silliq mushak-larga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, bronxial silliq mushaklarni ham bo‘shashtiradi, qovuq qisqarishiga hamda tomirlar kengayishiga olib keladi. Bundan tashqari, maxsus purinergic (posganglionar) tolalarning mavjudligi ham ehtimoldan xoliemas. 2 turdagi purin retseptorlari mavjud deb hisoblashadi: R1 (ATFga qaraganda adenozinga nisbatan yuqori sezgirlikka ega) va R2 (adenozinga qaraganda ATFga nisbatan yuqori sezgirlikka ega). O‘z navbatida R1 retseptorlar ham adenozinning A1 (adenilatsiklazani bloklaydi) hamda A2 (adenilatsiklazani faollashtiradi) retseptorlariga bo‘linadi. Adenozin presinaptik membranaga ta’sir qilib, mediatorlar ajralib chiqishini susaytiradi. Shuning dek, adenozinning efferent nerv oxirlaridagi notsitseptorlarni ham qo‘zg‘atishi aniqlangan.
Bulardan tashqari, periferik dofaminergik neyronlar ham bor. Dofamin retseptorlarining 5 ta kichik turi aniqlangan: D1-retseptorlar guruhi (D1, D5 kichik turlar) va D2-retseptorlar guruhi (D2, D3, D4 kichik turlar). D1-retseptorlar (adenilaksiklazani faollashtiradi va sAMFmiqdorini oshiradi) asosan postsinaptik tormozlanishni (ayniqsa MNSda) chaqiradi. D2-retseptorlar (adenilatsiklazani susaytiradi) esa pre- va post-sinaptik tormozlanishni chaqiradi.
Asosan katta miqdorda (90 foiz atrofida) xromaffin hujayralarda saqlanuvchi serotonin periferik innervatsiyada (va MNSda) ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. U ma’lum miqdorda neyronlarda ham aniqlangan (serotoninergik neyronlar). Serotonin retseptorlarining quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1) periferik neyronlardagi serotonin retseptorlari (5-NT3-retseptorlar);
2) serotoninning periferiyadagi va MNSdagi presinaptik retseptorlari (5-NT1-retseptorlar);
3) serotoninning MNSdagi va silliq mushaklardagi postsinaptik reseptorlari (5-NT2-retseptorlar).
Keyingi yillarda ichki a’zolar faoliyatini boshqarishda va moddalar alamshinuvida ishtirok etuvchi qator kimyoviy birikmalar ham nerv o‘tkazuvchanligiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan bo‘lib, bunday moddalarga azotoksidi (NO), R substansiyasi, neyropeptid Yva b. kiradi.
Skelet mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv tolalari xolinergik tolalarga mansubdir. Ularning yadrolari orqa miya kulrang qismining oldingi shoxlaridan hamda ayrim bosh miya nervlari yadrolaridan chiqadi va aksonlari gangliy hosil qilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri skelet mushaklariga borib, nerv-mushak sinapsi hosil qiladi. Ular uchun mediator atsetilxolin, retseptor esa n-xolinoretseptorlar hisoblanadi.



Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə